“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1
68
Katta yoshdagilarning bilish motivlari. Bilish motivlari erkaklar va ayollarda turlicha bo‘ladi.
Shuningdek, inson yosh davrlariga mos ravishda unda motivlarning biron-bir turi ustunlik qiladi.
Rossiya
kattalar ta’limi institut olimlarining natijalarining ta’kidlashicha, 18-25 yosh kasb tanlash zaruriyati, mehnat
faoliyatiga moslashish bilan xarakterlanadi. Bu borada erkaklar va ayollarda farq mavjud.
Erkaklar mehnat
faoliyati bilan bog’liq yangi ma’lumotlarni olishni istaydilar. Shuningdek, o‘z
karyeralari uchun zarur
bilimlar egallashni istaydilar chet tili, kompyuter, iqtisod, mehnatni tashkil etilishi, hamkasblar bilan o‘zaro
munosabat masalalariga tegishli bo‘lgan bilimlar erkaklarni ko‘proq qiziqtiradigan bilish sohalariga kiradi.
Diplom olingandan keyingi ta’lim motivi bu iqtisodiy sharoitni yaxshilab olish motividan keyin albatta
kasbiy muvaffaqiyatga erishish, ijtimoiy hurmat va tan olishga erishish bo‘lsa ayollarda esa o‘zini namoyon
etishga, rivojlantirishga nisbatan harakat ustunlik qiladi. Insonning yoshi qancha katta bo‘lgani sari ta’lim
jarayoniga kirishishda ko‘p qiyinchiliklar, ichki qarshiliklar yuzaga keladi.