• 2022, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal
  • Kattalar ta’limining prinsiplari




    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet94/347
    Sana10.01.2024
    Hajmi6,23 Mb.
    #133952
    1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   347
    Bog'liq
    pedagogik mahorat 2022 1

    Kattalar ta’limining prinsiplari 
    1. Mustaqil ta’limning ustuvor bo‘lishi. Katta o‘quvchilarning mustaqil faoliyati o‘quv ishlarining 
    asosiy turi bo‘lib hisoblanadi. Mustaqil faoliyat deganda bu borada o‘quv faoliyati sifatida mustaqil 
    ishlarning bajarilishi emas, balki o‘z o‘quv jarayonini mustaqil ravishda o‘zi tashkil etishi tushuniladi. 
    2. Hamkorlik faoliyati prinsipi. Ushbu prinsip o‘quvchi va o‘qituvchining, shuningdek, boshqa 
    o‘quvchilar bilan o‘quv jarayonini rejalashtirish, tatbiq etish, baholash va korreksiya qilish bo‘yicha 
    https://buxdu.uz


    2022, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 
    69 
    hamkorlikdagi faoliyati tushuniladi. 
    3. Katta o‘quvchining tajribasiga tayanish prinsipi. Bu prinsipga ko‘ra o‘quvchining hayotiy tajribasi 
    o‘zi va o‘rtoqlari ta’limining asosiy manbasi bo‘lib hisoblanadi. 
    4. Ta’lim individualizatsiyasi. Bu prinsipga muvofiq har bir o‘quvchi o‘qituvchi bilan ayrim holatlarda 
    boshqa o‘quvchilar bilan aniq bir o‘quv ehtiyojlari va maqsadlariga yo‘naltirilgan, har bir o‘quvchining 
    tajribasi, tayyorgarlik darajasi, psixofiziologik, kognitiv xususiyatlarini hisobga olingan o‘qishning 
    individual dasturini tuzadi. 
    5. Ta’limning tizimliligi prinsipi. Ushbu prinsip ta’limning maqsadi, mazmuni, shakli, metodlari
    vositalari va ta’lim natijalarini baholashning o‘zaro bog’liqligini nazarda tutadi. 
    6. Ta’limning kontekstligi. Shunga ko‘ra ta’lim prinsipi bir tomondan o‘quvchi uchun hayotiy muhim 
    bo‘lgan maqsadlarni nazarda tutib, ular tomonidan ijtimoiy rollarni bajarishni yoki shaxslarini 
    shakllantirilishiga yo‘naltirilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan o‘quvchilarning kasbiy, ijtimoiy, maishiy 
    faoliyatlari va ularning makoniy, vaqtli, kasbiy, maishiy omillarini hisobga olgan holda bajarishga 
    yo‘naltirilgan.
    7. Ta’lim natijalarining aktualizatsiyasi prinsipi. Ushbu prinsip o‘quvchilar tomonidan egallangan 
    bilimlar, ko‘nikma, malakalarni darhol hayotga joriy etishni nazarda tutadi. 
    8. Ta’limning elektivligi prinsipi. Bu prinsip o‘quvchilarga o‘qish maqsadi, o‘qish mazmuni, o‘qish 
    shakli, metodlari, manbalari, muddati, vaqti, joyi, ta’lim natijalari hamda o‘quvchilarning o‘zlarini ham 
    baholash bo‘yicha ma’lum bir erkinlikni berilishini ko‘zda tutadi. 
    9. Ta’lim olish ehtiyojlarini rivojlantirish prinsipi. Bu prinsipga muvofiq, birinchidan, ta’lim 
    natijalarini baholash o‘quvchi tomonidan o‘zlashtirilgan o‘qish maqsadlariga ularsiz erishib bo‘lmasligini 
    anglanilgan real o‘quv materiali darajasini aniqlash orqali, ikkinchidan, o‘qish jarayoni o‘quvchilarda yangi 
    ta’lim ehtiyojlarini shakllantirish maqsadini ko‘zda tutgan holda tashkil etiladi. 
    10. O‘qishni anglangan bo‘lishi prinsipi. Bu prinsip o‘quvchi va o‘qitayotgan kishi tomonidan o‘qish 
    jarayoni barcha parametrlarini va o‘qish jarayonini tashkil etish bo‘yicha o‘z xatti-harakatlarini anglab 
    olishni bildiradi. 
    Shunday qilib, o‘qitishdagi andragogik prinsiplar o‘qishning andragogik modeli singari o‘qitishning 
    pedagogik prinsiplari va o‘qitish modelidan tubdan farq qiladi. Lekin shuni ta’kidlash mumkinki, dars 
    berishning pedagogik prinsiplaridan kattalar ta’limi sohasida ham foydalanish mumkin. Pedagogik modelda 
    o‘quvchi to‘liq holda o‘qituvchiga qaram bo‘ladi. O‘qituvchi o‘quvchiga nimani o‘rganish kerak, qanday 
    o‘rganish kerakligini, ya’ni ta’lim maqsadini, mazmunini va ta’lim natijalarini belgilab beradi. 
    Xulosa sifatida aytish mumkinki mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy yangilanishlarni joriy etishda 
    mutaxassis shaxsining kasbiy tayyorgarligi muhim omil bo`lib xizmat qiladi. Shunday ekan, u zarur kasb 
    mahorati va nazariy bilimlarga ega bo‘lmog’i shart, kattalar ta’limi asosini kattalarning psixologik 
    xususiyatlari va o‘quv-bilish motivlari tashkil etadi. 

    Download 6,23 Mb.
    1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   347




    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish