|
Psixofiziologik qarshiliklarBog'liq pedagogik mahorat 2022 11. Psixofiziologik qarshiliklar. Kundalik kattalar o‘z o‘qish layoqatiga nisbatan ichki baryer yuzaga
keladi. Bu yosh o‘tgan sari anglash, eslab qolish, tushunish birmuncha qiyinlashadi, degan fikrdir. Aslida
insonning butun hayoti davomida uquvchanligi saqlanib qoladi. Faqat har qanday yoshda bilish
jarayonlarining turli xususiyatlari, turli motivlar ustunlik qiladi. Agar katta kishi o‘zini o‘qish subyekti
sifatida o‘z xususiyatlari haqida bilimlarga ega bo‘lsa bu ta’lim samarali bo‘ladi.
2. Ijtimoiy-psixologik qarshiliklar. Ko‘p kattalarga o‘quvchi pozitsiyasida bo‘lish juda yoqmaydi.
Ayniqsa, bu biror mansab egasi bo‘lsa, ayniqsa, yaqqol bilinadi. Ular pedagogik ta’sir obyekti bo‘lishga
tayyor emaslar.
3. Ijtimoiy qarshiliklar. Ijtimoiy jamiyat tomonidan uning yangi ta’lim darajasida ham talab
etiladigan inson bo‘la olmasligi. O‘qishni foydasi yo‘q deb hisoblanishi.
Shuningdek, andragog tinglovchida qanday motivlar ustunlik qilishini, ularning malaka oshirish
jarayoniga munosabatlarini kuzatish orqali ham aniqlashi mumkin.
Yosh o‘tgan sari katta odamda ta’lim olishga nisbatan layoqat kamayib bormaydimi? Olingan
bilimlarni kerakli hajmda va tempda o‘z faoliyatiga qo‘llay oladimi?
Aslida tabiat kishi hayotining barcha davrlarda atrof hayot, boshqa odamlar bilan bog’liq
informatsion-ta’limiy o‘z munosabatida bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan barcha biologik va neyrofiziologik
shart-sharoitlarni yaratgan. Kishi turli yoshida olayotgan bilimlari samarali bo‘lishi uchun ularga albatta
tafakkur jarayoni kerak bo‘ladi. B.G.Ananev, L.I.Ansiferova, Y.N.Kulyutkin, V.S.Rotenberg,
Y.N.Stepanova, G.S.Suxobskayalarning ko‘p yillik o‘tkazgan tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, tafakkur inson
hayotining barcha davrlarida faolligini yo‘qotmaydi, lekin uning sturukturasida, tizimida ma’lum bir kattalar
ta’limi bilan shug’ullanuvchi insonlar bilishi kerak bo‘lgan o‘zgarishlar sodir bo‘ladi.
Samaradorlik ko‘rsatkichlari kattalar auditoriyasining professor-o‘qituvchiga nisbatan ishonchi va
ochiqligi; tinglovchilarning ishga jalb etilishining yuqori darajasi; mashg’ulot davomida bilish faolliklarining
qat’iyligi; tinglovchilar orasida yuzaga keluvchi samimiy psixologik muhit; tinglovchilarning bir-biriga
hamda ma’ruzachi-trenerga yordam so‘rab samimiy murojaati; ta’lim jarayonida biron-bir tinglovchida
yuzaga keluvchi muammo va qiyinchiliklarga ijobiy munosabat; mashg’ulot davomida tinglovchilarning
hamkorlikda muhokama qilish uchun o‘z muammolarini izhor eta bilishlari; tinglovchilarning o‘z nuqtayi
nazarini erkin bayon eta bilishlari; hamkorlikdagi faoliyatning o‘rnatilganligi; andragog shaxsi va uning
kasbiy nuqtayi nazariga (pozitsiyasiga) bo‘lgan hurmat va qiziqish; ma’ruzachi-trener (andragog) o‘qituvchi
fikriga qo‘shilish istagi; kattalar ta’limi tajribalarining ta’lim sohasiga kiritilishi natijasida ta’lim mazmuni
samarasining namoyon bo‘lishi; ta’lim natijasiga qarab kasbiy va shaxsiy muammolarining hal etilishi
imkoniyati; tinglovchining ta’lim natijalaridan qoniqishi; tinglovchilarning ta’lim yakunidan so‘ng o‘zaro
aloqalarni davom ettirish istagining yuzaga kelishida namoyon bo‘ladi, hamda bu xususiyatlar
andragogikaning muhim jihatlaridir. Demak,
- andragogik bilimlar ta’lim jarayoni, maqsad va vazifalarini to‘g’ri belgilashda, ta’lim
texnologiyalarini to‘g’ri qo‘llashdagina yaxshi samara beradi;
- tinglovchilarning yosh xususiyatlarini va ularning ehtiyojlarini bilgan holda ta’lim berish ta’lim
sifatini oshirishga va ko‘zlangan natijalarga erishishga xizmat qiladi;
-
malaka oshirish jarayonida andragogik bilimlar qo‘llanilayotgan yangi ta’lim shakllarini mazmun
va mohiyatini to‘g’ri aniqlash hamda to‘g’ri tashkil etishga yordam beradi.
|
| |