26 may 2022 3-to’plam 16-bet Kichik maktab




Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/210
Sana25.01.2024
Hajmi2,85 Mb.
#145888
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   210
Bog'liq
26-11-PB

Kalit so'zlar: Innovatsiya,samaradorlik metodlar, puxta, pedogog, ma'sulyat, 
kadrlar. 
Innovatsiya – (inglizcha “Innovation” – yangilik kiritish) – tizim ichki tuzilishini 
o’zgartirish, amaliyot va nazariyaning muhim qismi. Innovatsion jarayonning 
mazmuniy tomonini o’z ichiga oladi (ilmiy g’oyalar va ularning texnologiyalarini 
amaliyotga kiritish) 
Ta`lim jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni faol qo‘llash, ta`lim 
samaradorligini oshirish, tahlil qilish va amaliyotga joriy etish bugungi kunning 
muhim vazifalaridan biridir. O‘quvchilarning fikr doirasi, ongi, dunyoqarashlarini 
o‘stirish, ularni erkin tinglovchidan erkin ishtirokchiga aylantirmoq nihoyatda 
muhimdir. O‘qituvchi darsda boshqaruvchi o‘quvchilar esa, ishtirokchiga 
aylanmog‘i lozim. Ana shu vazifani uddalashda innovatsion faoliyat ustunligi ko‘p 
qirrali samara keltiradi. 
Boshlang‘ich ta`lim umumta`lim maktablarining bosh bo‘g‘ini bo‘lgani sababli ana 
shu jarayonda o‘quvchi shaxsining mukammal rivojlanib borishiga ko‘proq e`tibor 
berish lozim. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mas`uliyatlari cheksizdir. Ular 
maktab ostonasiga endigina qadam qo‘ygan o‘quvchilarni maktab hayotiga 
ko‘niktirib, zamonaviy bilim olishlariga yo‘l ochib beradilar. Bolalarning o‘qishga 
munosabatlari, aqliy salohiyatlari ana shu davrda shakllanadi. Bu ham 
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining vazifasi mas`uliyatli ekanligini ko‘rsatadi. 
Pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilgan darslar tashkiliy usullari, 
o‘tkazish metodlariga ko‘ra o‘quvchi ehtiyojiga mos tushishi kerak. Chunki 
bunday darslar bola ruhiyatiga yaqinroq bo‘ladi. O‘quvchilarning o‘quv 


www.pedagoglar.uz
26-son 3 –to’plam may 2022 
Sahifa: 179 
materiallarini o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqish, xohish va istaklarini qo‘zg‘otish 
asosida maqsadga erishish motivatsiya bo‘lib, bu o‘qituvchi va o‘quvchilarning 
o‘zaro ichki yaqinlashuvidir. 
Boshlang‘ich sinfda ta`lim jarayonida o‘quvchilarning o‘qish motivini 
rivojlantirish katta ahamiyatga ega. Chunki motiv o‘quvchilarni ta`lim jarayoniga 
qiziqtiradi, darsga faol qatnashishga, bilimlarni egallashga undaydi. Interfaol 
metodlar o‘qish motivini rivojlantirishga katta yordam beradi. 
Boshlang‘ich sinflarda ko‘proq bolalarning yoshini, bilim saviyasini hisobga olish 
lozimligini unutmaslik kerak. Ularga oddiy, oson va vaqt kam sarflanadigan o‘yin 
mashqlardan foydalanib, darslar o‘tish yaxshi samara beradi. Ko‘proq atrof-muhit 
bilan bog‘lab o‘tilgan mashg‘ulotlar bolalar ongini, dunyoqarashini, erkin fikrlash, 
bayon etish qobiliyatini, mustaqil ishlash ko‘nikmasini rivojlantiradi 
Innovatsion texnologiyalardan dars jarayonida foydalanishning o‘ziga xosligi 
shundaki, ular o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyati orqali amalga 
oshiriladi. O‘qitish jarayoni o‘qituvchi hamda o‘quvchilar faoliyatini o‘z ichiga 
oladi. O‘qituvchining faoliyati o‘quv materialini bayon qilish, o‘quvchilarning 
fanga bo‘lgan qiziqishini orttirish, fikrini teranlashtirish va e`tiqodini 
shakllantirish, o‘quvchilarning mustaqil mashg‘ulotlariga rahbarlik qilish, ularning 
bilim, ko‘nikma va malakalarini tekshirish hamda baholashdan iborat. O‘z ishiga 
ixlos bilan qaragan o‘qituvchida chinakkam ehtiros bo‘ladi. 
Ma`lumki, har bir dars mavzusini o‘rganishda o‘ziga xos texnologiya, usul va 
vositalarni tanlashga to‘g‘ri keladi. O‘qitish jarayonida yuqori natijaga erishish 
uchun dars jarayonini oldindan ketma- ketligini mo‘ljallash kerak bo‘ladi. Bunda 
o‘qituvchi predmetning o‘ziga xos tomonlarini, o‘quv jarayonini va sharoitini, 
o‘quvchilarning ehtiyojini va imkoniyatlarini, bilim saviyasini, sharoitga qarab 
ishlatiladigan texnologiyalarni tanlashi lozim. 

Download 2,85 Mb.
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   210




Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



26 may 2022 3-to’plam 16-bet Kichik maktab

Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish