-§. “UzMalOil” yoqilg‘i quyish shoxobchasining tavsifi




Download 171,97 Kb.
bet3/9
Sana22.05.2024
Hajmi171,97 Kb.
#249607
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
AYQSH ma\'lumotlari

3.4-§. “UzMalOil” yoqilg‘i quyish shoxobchasining tavsifi.


“UzMalOil” MChJ yoqilg‘i quyish shoxobchasi yengil avtomobillarga va boshqa turdagi transport yoqilg‘i quyish uchun mo‘ljallangan. Yoqilg‘i quyish shoxobchasi transport va tirbandlik yuqori bo‘lgan joylarda yoqilgʻi quyish shoxobchalari tarmog‘ini kengaytirishga imkon beradi.
Yoqilg‘i quyish shoxobchalari hududi asfalt va beton bilan qoplangan bo‘lib, avtotransport vositalarining kolonkalar va drenaj qurilmalariga qulay o‘tishini ta’minlaydi. Yoqilg‘i quyish shoxobchasining hududi qorong‘i vaqtlarda mavjud talablarga muvofiq yoritiladi. Shahar telefonlari, mahalliy hokimiyat bilan radio aloqasi va mahalliy dinamik ovoz kuchaytirgich mavjud.
“UZMALOIL” yoqilg‘i quyish shoxobchasi quyidagi manzilda joylashgan: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, 19-mavze. Yoqilg‘i quyish shoxobchasining umumiy maydoni 7800 m2, erkin maydoni 634 m2. Yoqilg‘i quyish shoxobchasining balandligi 4 m va bir qavatli. Yoqilg‘i quyish shoxobchasining tomi temir-beton profil bilan qoplangan.Yoqilg‘i quyish shoxobchasida avtomobillar uchun bitta kirish va bitta chiqish yo‘li mavjud. Mashinalarning kunlik tashrifi 2000 ta. GILBARCO VEEDER ROOT brendining 5 ta yoqilg‘i quyish uskunasi va 10 ta pistoleti mavjud. Yoqilg‘i quyish shoxobchasi xonasining ishchilar va xodimlar uchun yong‘inga bardoshlilik darajasi II.
Yoqilg‘i quyish shoxobchasi hududida quyidagilar mavjud:
- «UzMalOil» balansida bo‘lgan avtoulovlarni yuvish joyi;
- Operatorlar xonasi;
- 2 ta 60m3
-2 ta 50 m3
-7 ta 28 m3 hajmga ega gorizontal poʻlat yer osti rezervuari;
- yoqilg‘i quyish kolonkasi;
- yong‘in uskunalari uchun platforma (qum qutisi bilan yong‘in qalqoni);
-yo‘laklar;
-yashil hudud;
Operator joylashgan bino yong‘inga chidamlilik darajasi II. Binoning ichida: yoqilgʻi quyish shoxobchasining operatorining xonasi, elektr paneli xonasi mavjud. Yoritishda lyuminestsent lampalaridan foydalaniladi. Isitish moslamalari sifatida elektr isitgichlar ishlatiladi.
Yoqilg‘i tarqatish kolonkalari ustida soyabon bo‘lib: metal ustun va qatorli ramka, qoplama sifatida galvanizli metall profilli tom mavjud.
Yoqilg‘i quyish oroli - bu beton platformaga o‘rnatilgan har xil turdagi beshta yoqilg‘i tarqatish moslamalari bo‘lib ularda yoqilg‘i narxi xisoblagich o‘rnatilgan.
Yoqilg‘i tarqatish kolonkalari: qo‘lda ishlaydigan sharli joʻmraklar, avtomobil baki to‘lgandan so‘ng yoqilg‘i toshib to‘kilishini oldini oluvchi avtomatik muftalar bilan ham jixozlangan. Yoqilg‘i tarqatish moslamalari operator tomonidan nazorat kassa mashinalarini boshqarishning zamonaviy tizimidan foydalaniladi.
Neft mahsulotlarini saqlash uchun yer osti rezervuarlari nazarda tutilgan (qoplamaning yuqori qismidan rezervuar silindrigacha bo‘lgan chuqurlik 1,8 metr) va rezervuarlarda texnologik quduqlarining qopqoqlari joylashtirilgan asphalt qoplamali platforma bo‘lib, 3 metr chuqurlikka payvandlanadi. Rezervuarlar ustidan qatlami 1 metr qalinlikda tuproq va qum shag‘al qoplamasi bilan qoplangan. Yoqilg‘i rezervuarlari favqulodda girmetikligi buzilgan taqdirda tuproq va yer osti ifloslanishini oldini olish uchun monolit temir-beton sxemasidan o‘rnatilgan. Sig‘im amaldagi qoidalarga muvofiq uskunalar bilan jihozlangan. Rezervuarning bo‘ynidan yuqorida texnologik quduq tashkil etilgan bo‘lib, u o‘lchash, berkituvchi va nafas olish uskunalariga ega.
Avtosisternalardan yoqilg‘ini to‘kish uchun platforma – rezervuar parki yaqinida asfaltlangan maydon tagida joylashgan bo‘lib yoqilg‘i quyish paytida drenaj moslamalari bilan jihozlangan va yashindan himoyalangan. Yuqori bosimli drenaj muftalar plastik qopqoqli beton quduqda joylashgan.
Yong‘in oʻchirish qalqonlari, qum uchun quti va chiqindi idishlari - yer osti suv ombori yaqinida va to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoqilg‘i quyish moslamalarida joylashgan va amaldagi standartlarga muvofiq jihozlangan.
Asfaltlangan texnologik platformalar- barcha turdagi transport vositalarining o‘tishi, xizmat va maxsus texnikalarning to‘xtab turishi, tuproqni neft mahsulotlari bilan ifloslanishidan himoya qilish uchun mo‘ljallangan.
Yong‘inga qarshi suv ta’minoti: Yoqilg‘i quyish shoxobchasida diametri
150 mm bo‘lgan 1 dona gidrant va 1 ta 10 m3 li suv zaxirasi mavjud.

Download 171,97 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 171,97 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-§. “UzMalOil” yoqilg‘i quyish shoxobchasining tavsifi

Download 171,97 Kb.