|
-§. Yoqilg‘i quyish shoxobchalarida yoqilg‘i quyish vaqtida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yo‘qotishlar hisobi
|
bet | 5/9 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 171,97 Kb. | | #249607 |
Bog'liq AYQSH ma\'lumotlari 3.6-§. Yoqilg‘i quyish shoxobchalarida yoqilg‘i quyish vaqtida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yo‘qotishlar hisobi
Yoqilg‘i quyish shoxobchasi joylashgan Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi aholi zichligi taxminan 10,500 kishi/km2. Ehtimoliy maksimal toʻkilishi mumkin bo‘lgan yoqilg‘i va moylash mahsulotlarining to‘kilishi 20 m3 hajmdagi sig‘im vayron bo‘lganida yuz berishi mumkin. To‘kilish maydoni (qatlam 0,04 m) 400 m2 ni tashkil qiladi.
To‘kilgan yoqilg‘ining yonayotgan issiqlik oqimini ma’lum masofada formula bo‘yicha aniqlaymiz.
g = 0,8∙Q0∙e-0,03X ,
bu yerda Q0 - olov yuzasidagi issiqlik oqimi, kVt/m2 (benzin va dizel yoqilg‘isi uchun Q0 = 130 kVt / m2);
X - olov oldigacha bo‘lgan masofa, m.
Alangagacha bo‘lgan masofaning uzoqligi 10 metr oraliq bilan tanlanadi va issiqlik oqimining qiymatini aniqlaymiz va bu ma’lumotlar 14-jadvalda umumlashtiriladi.
14-jadval
Alangagacha bo‘lgan masofa
t/r
|
Alangagacha bo‘lgan masofa, m
|
Issiqlik oqimining qiymati, kVt/m2
|
1
|
10
|
76,9
|
2
|
20
|
52,7
|
3
|
30
|
41,6
|
4
|
40
|
31,2
|
5
|
50
|
22,8
|
6
|
60
|
17,7
|
7
|
70
|
12,5
|
8
|
80
|
9,36
|
9
|
90
|
7,28
|
10
|
100
|
5,2
|
(2) formuladagi issiqlik oqimining qiymatlarini almashtirib, 15-jadvalga kiritilgan qiymatlarni olamiz.
Х = 33∙Ln(1,25∙Q0/g), (4)
15-jadval
Issiqlik oqimi kattaligining masofaga bog‘liqligi
|
| |