|
-§. “UzMalOil” yoqilg‘i quyish shoxobchasi uchun yong‘in xavfini baholash
|
bet | 4/9 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 171,97 Kb. | | #249607 |
Bog'liq AYQSH ma\'lumotlari 3.5-§. “UzMalOil” yoqilg‘i quyish shoxobchasi uchun yong‘in xavfini baholash
Yong‘in xavfi holatlarini tahlil qilish ushbu vaziyatlarni aniqlash va ularni amalda oʻchirish davriyligini aniqlash uchun amalga oshiriladi. Yoqilg‘i quyish shoxobchasi kabi obyektlar uchun yong‘in xavfi holatlari ikki asosiy guruhga bo‘linadi: yoqilg‘i uskunalari butunligining buzilishi va texnologik qoidatalablarga rioya qilmaslik (yoqilg‘i quyish moslamasining germetik uskunalarini ortiqcha to‘ldirish, yoqilg‘i quyish uskunasi joʻmragidan yoqilg‘ining to‘kilishi va boshqalar).
Yong‘in xavfiga ega vaziyatlar aniqlaganidan so‘ng, mavjud statistik ma’lumotlarga muvofiq ularni amalga oshirish chastotalarini aniqlash kerak.
Hozirgi vaqtda MDH va O‘zbekiston Respublikasida baxtsiz hodisalar to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni to‘plashning yagona, ilmiy asoslangan, obyektiv tizimi mavjud emas. Shu sababli, yoqilg‘i quyish shoxobchalaridagi texnologik jihozlarning ishlamay qolish ehtimolining darajasi amaliyotda mavjud bo‘lgan turli xil obyektlar, shu jumladan chet elda ishlatiladigan statistik ma’lumotlarni hisoblash va tahlil usullari bo‘yicha olingan ma’lumotlar asosida jamlangan.
Quyida xavfning asosiy turlarini (yakka tartibdagi va ijtimoiy) baholash uchun iboralar keltirilgan.
Ishchilar va mijozlar uchun yakka tartibdagi xavf qiymati xavfning fazoda taqsimlanishini tavsiflaydi. Yoqilg‘i quyish shoxobchasi uchun yong‘inlar va portlashlar bilan sodir bo‘lgan avariya R (yil-1) individual xavfining qiymati quyidagi nisbatda aniqlanadi:
R= (1)
Bu yerda Njabr - yil davomida odatdagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida sodir bo‘lgan yong‘in yoki portlash oqibatida yaralanganlarning o‘rtacha soni;
(2)
bu yerda N - odatdagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in yoki portlashda jarohatlanganlarning umumiy soni;
No‘ – soatiga yoqilgʻi quyish shoxobchasiga kiradigan odamlar soni (yoqilgʻi quyish shoxobchasining o‘tkazishi soatiga 50 ta mashina), agar haydovchi yoqilgʻi quyish shoxobchasiga kirishdan oldin yo‘lovchilarini kirish darvozasi oldida qoldirib ketsa;
Nishchi - ish smenasidagi odamlar soni.
Xisobotlar O‘zbekistondagi o‘xshash yoqilgʻi quyish shoxobchalari uchun shaxsiy xavf-xisoblar va 2015 - 2022 yillar statistikasi asosida amalga oshirildi.
.
S (yil-1) - yoqilgʻi quyish shoxobchasida yong‘inlar va portlashlar bilan sodir bo‘lgan avariyaning ijtimoiy xavfi quyidagi formula bilan belgilanadi:
, (3)
bu yerda No‘r.jabr. - har yili yoqilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in yoki portlash natijasida yaralangan yoki halok bo‘lganlarning o‘rtacha soni;
Nyashov - yoqilg‘i quyish shoxobchasining atrofida yashaydigan odamlarning taxminiy soni.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, yil davomida O‘zbekistondagi yoqilg‘i quyish shoxobchalarida sodir bo‘lgan yong‘inlar va portlashlar oqibatida yaralangan va halok bo‘lganlarning o‘rtacha soni 5 kishini tashkil etadi.
Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi UzMalOil yoqilg‘i quyish shoxobchasi yaqinida yashovchi aholining o‘rtacha soni 10500 km2/odam kishini tashkil etadi.
|
| |