3. 3-§. Yong‘in xavfini baholash va hisoblash




Download 171,97 Kb.
bet9/9
Sana22.05.2024
Hajmi171,97 Kb.
#249607
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
AYQSH ma\'lumotlari

Takliflar

  1. Olib kelingan yoqilg‘ini yer osti rezervuariga quyish vaqtida sodir bo‘ladigan yong‘in va boshqa avariya holatlarini bartaraf etish o‘ziga hos murakkabliklarga egaligi, yong‘in-qutqaruv qismi shaxsiy tarkibining yetib kelishi va yong‘inni o‘chirishni amalga oshirish uchun ko‘p vaqt talab etilishi yong‘inning jadallashuviga olib keladi. Bu holatlarning oldini olish maqsadida yoqilg‘i mahsulotlari saqlanadigan sig‘imlar hududi va yoqilg‘i quyilayotgan transport vositalarining himoyasini ta’minlash maqsadida statsionar o‘rnatiladigan lafet dastaklar o‘rnatilishini nazarda tutish va ishchi xizmatchilarni yong‘in vaqtida ulardan foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalarini shakllantirish.

  2. Olib kelingan yoqilg‘ini rezervuarga bo‘shatish davrida bug‘-havo aralashmasining portlash xavfida ega konsentratsiya hosil qilishini nazorat qilish va sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan portlash va yong‘inlarning oldini olish maqsadida olib yuriladigan yoki statsionar gaz analizatorlardan foydalanish.

  3. Yoqilg‘i quyish shoxobchalarida yong‘in va avariyalar sodir bo‘lganda ishchi xizmatchilar sarosimaga tushib qolishi va yong‘inning boshlang‘ich vaqtida bartaraf qila olmasliklari va boshqa holatlarni inobatga olib yong‘in-qutqaruv qismi hamda yoqilg‘i quyish shoxobchasining ishchi xizmatchi hodimlari bilan birgalikda yong‘in o‘chirish amaliy-taktik mashg‘ulotlarini doimiy ravishda o‘tkazish.

  4. Yoqilg‘i quyish shoxobchasi hamda aholi yashash uylari va maishiy xizmat ko‘rsatish binolari o‘rtasidagi oraliq masofalar bo‘yicha mavjud talablarning buzilishi bilan bog‘liq holatlar uchun faqatgina yoqilg‘i quyish shoxobchasining ma’sullari emas, balki ushbu qoidalarni buzgan har qanday yuridik va jismoniy shaxslarni ham qonuniy javobgarlikka tortish.

  5. Yoqilg‘i quyish shoxobchasining ishchi xizmatchilarini, xaydovchilarini yong‘in texnik minimumiga o‘qitish va doimiy ravishda malakasini oshirib borishlarini ta’minlash.

  6. Yangi qurilayotgan, rekonstruksiya qilinayotgan, qayta ta’mirlanayotgan avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari uchun zararlovchi omillarning ta’sir hududi va chegaralarini aniqlash orqali yaqin atrofda joylashga binolargacha boʻlgan masofalarni aniqlash masalalarini koʻrib chiqish talab etiladi.

  7. ShNQ 2.09.20-08 Avtomobillarga yoqilgʻi quyish stansiyalari hujjatining 1-6-jadvallarida keltirilgan oraliq masofalarni qayta koʻrib chiqish va har bir AYQSh uchun hisobiy yoʻl orqaliq masofalarni aniqlash amaliyotini joriy etish talab etiladi.




Download 171,97 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 171,97 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



3. 3-§. Yong‘in xavfini baholash va hisoblash

Download 171,97 Kb.