|
3. 3-§. Yong‘in xavfini baholash va hisoblash
|
bet | 8/9 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 171,97 Kb. | | #249607 |
Bog'liq AYQSH ma\'lumotlari
Yoqilg‘i quyish shoxobchalarining mavjud turlari tuzilmaviy va joylashuvi bo‘yicha qarorlar va atrofdagi obyektlarga nisbatan ularni joylashtirish xususiyatlari tufayli turli darajadagi yong‘in xavfi bilan ajralib turadi. Eng asosiy muammo bo‘lib har xil turdagi yoqilg‘i quyish shoxobchalari uchun zarur bo‘lgan yong‘in xavfsizligini ta’minlash uchun yetarli va oqilona chora-tadbirlarni aniqlash zarur hisoblanadi. Ushbu muammoni hal qilish uchun obyektlarning yong‘in xavfini baholashni talab qiladi, bu ma’lum bir obyektning hususiyatlarini va yong‘in xavfsizligini ta’minlash uchun kerak bo‘lgan tadbirlarning samaradorligini oshirish imkonini beradi. Yoqilg‘i quyish shoxobchalarida yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqish faqat yong‘in xavfini o‘rganishdan iborat emas balki xavflarni baholashga aloqador bo‘lib, yong‘in bilan bog‘liq barcha asosiy jarayonlarni hisobga olgan holda, normal ishlash bosqichidan tortib rivojlanayotgan yoki o‘chirilayotgan yong‘inlarning yakuniy natijalariga qadar kompleks yondashuvlar bilan amalga oshirish imkoniyatini beradi.
Aslida, yoqilg‘i quyish shoxobchasining mukammal ishi quyidagicha ifodalanishi mumkin: yoqilg‘i quyish shoxobchasida neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash va tarqatish uchun ishlab chiqarish jarayonida ishchilarning xavfsizligini ta’minlagan holda neft mahsulotlari bilan germetik uskunalarda uzluksiz ish jarayoni amalga oshiriladi; neft mahsulotlari saqlanadigan barcha rezervuarlar yoqilg‘i quyish shoxobchasining yer ostida joylashadi; elektr jihozlari portlashdan himoyalangan holda o‘rnatiladi; jarayonlarni boshqarishda qisman qo‘l rejimida yoki qisman avtomatik ravishda operatorning boshqaruv panelidan amalga oshiriladi; texnologik rejimning buzilganligi haqida ma’lumot berish uchun xavf haqida signal uzatuvchi moslamalar o‘rnatiladi; yoqilg‘i quyish shoxobchasida nutqli xabarlarni uzatish uchun karnay o‘rnatiladi; yoqilg‘i quyish shoxobchasida ishlash uchun maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan va mustaqil ishlash uchun sinovdan o‘tgan shaxslarga ruxsat beriladi.
Hisob-kitoblar shuni ko‘rsatdiki, avtosisternada avariya sodir bo‘lganida va YAS to‘kilishi natijasida portlovchi konsentratsiya hosil bo‘ladi. Yoqilg‘i quyish shoxobchasida YAS bug‘larining aralashmasi portlashida hatto 100 metr masofada bosimi 6,03 kPa bo‘lgan zarba to‘lqini hosil bo‘ladi va 10 metr masofada bosimi 264,57 kPa zarba to‘lqini hosil bo‘ladi.
Shundan kelib chiqadiki yoqilg‘i quyish shoxobchalarini qurishda binolargacha bo‘lgan masofa 100 metrdan kam bo‘lmasligi kerak, chunki shu masofada ortiqcha bosimning shikastlovchi kuchi (6,03 kPa) saqlanib qoladi.
Yoqilg‘i quyish shoxobchalaridagi baxtsiz hodisalarning vujudga kelishi va rivojlanish shartlari tahlil qilindi. Bundan tashqari, baxtsiz hodisalarning sabablari va ularning atrof muhitga ta’siri batafsil oʻrganildi. Yoqilg‘i quyish shoxobchasida yong‘inlar vujudga kelishining yuqori ehtimoli yondirish manbaining (birinchi navbatda, avtomobilning chiqish trubkasi) vujudga kelish ehtimoli yuqori bo‘lgan joylarda tez-tez yoqilg‘i yoki uning bug‘lari hosil boʻlishi natijasida yuzaga kelishi aniqlanadi.
Yoqilg‘i quyish shoxobchalarining ishlashi yong‘in, baxtsiz hodisalar va favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi mumkinligi bilan bog‘liq bo‘lib, ular insonlar hayotiga xavf tugʻdiradi va sezilarli moddiy zararga olib kelishi mumkin, asosiy e’tiborni yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar bo‘lgan neft mahsulotlarini katta hajmlarda qabul qilish, saqlash va tarqatish (boʻshatish) uchun yoqilg‘i quyish shoxobchalarining texnologik operatsiyalarini xavfsiz amalga oshirilishini ta’minlash kerak.
Suyuq yoqilg‘i bilan ishlaydigan yoqilg‘i quyish shoxobchalarining yong‘in xavfsizligini tahlili o‘rganib chiqilganidan so‘ng, suyuq yoqilg‘ida ishlaydigan dvigatelar yoqilg‘i quyish shoxobchalari hali ham keng qo‘llanilishini va u yerda saqlanadigan avtomobil yoqilg‘isining katta miqdori, qabul qilish, saqlash va texnologik xususiyatlar tufayli portlash xavfi yuqori bo‘lgan obyektlar ekanligi aniqlandi.
Yoqilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in xavfsizligi qoidalarining buzilishi odamlarning hayoti va sog‘lig‘iga tahdid soladi hamda iqtisodiyot va atrof-muhitga zarar yetkazadi. Shuning uchun, birinchi navbatda, xodimlarni, ayniqsa shoxobchaga tashrif buyuruvchilarni o‘zini tutish qoidalari bilan tanishtirish va eng so‘nggi yong‘inni aniqlash vositalaridan foydalanish kerak, chunki yong‘inlarning sabablari ko‘pincha yoqilg‘i quyish shoxobchalari va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar tomonidan yong‘in xavfsizligi qoidalariga loqaydlik bilan munosabatda bo‘lish va yoqilg‘i quyish paytida shlangning yorilishi tufayli yuzaga keladi.
Shuningdek “xavf” tushunchasidan foydalanildi, bizning fikrimizcha sanoat va yong‘inga xavfli obyektlarning yong‘in xavfsizligini ta’minlash uchun bu tushunchani qo‘llash zarur bo‘lib hisoblanadi.
Yong‘in xavfini baholash obyekt va unga tutash hududda xavfli yong‘in omillari dinamikasini modellashtirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar va inson hayoti va salomatligi uchun xavfli yong‘in omillarining kritik qiymatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqqoslash asosida amalga oshirildi. Buning uchun odamlarni yong‘inning xavfli omillari bilan zararlanish mezonlaridan foydalanildi.
Yong‘indan xavfli vaziyatlar rivojlanishining turli xil senariylari uchun odamlarga yong‘indagi xavfli omillar ta’sirining oqibatlarini baholashda xavfli yong‘in omillari ta’sirlangan hududga tushgan odamlarning sonini aniqlash ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, yong‘in xavfi qiymatlari hisoblab chiqilganidan so‘ng, biz yong‘in xavfining hisoblangan qiymatlari obyektning yong‘in xavfini va odamlar uchun qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini miqdoriy o‘lchov ekanligiga amin bo‘ldik.
Yoqilg‘i quyish shoxobchalarining xavfsiz ishlashi uchun avtohalokatlar ehtimolini kamaytirish va ehtimoliy rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Yoqilg‘i quyish shoxobchalari uchun bu birinchi navbatda texnologik uskunalarga va uning ishonchliligiga yuqori talablarni qo‘yish kerakligini anglatadi. Bunday holda, nafaqat xavfni kamaytirishning ma’lum bir usulining samaradorligini, balki uning oqilona va maqsadga muvofiqligini ham hisobga olish kerak.
Yong‘in xavfini baholash alanga natijasida hosil boʻlgan zararlovchi omillarining odamlarga ta’sirini va ularning chastotasi va oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha ko‘rilgan choralarni hisoblash asosida amalga oshiriladi. Umumiy foydalanishdagi yong‘in xavfsizligi boʻyicha ruxsat etilgan maksimal qiymatdan oshmaydigan yong‘in xavfi koʻrsatkichlari ta’minlashi kerak.
Bizga ma’lumki, yoqilg‘i quyish shoxobchalarining ko‘lami bo‘yicha xavflilik kattalashtirilgan bo‘linmalar tomonidan amalga oshirildi. Ko‘rinishidan, ushbu usullarning yoqilg‘i quyish shoxobchalari kabi ixcham texnologik tizimlarga moslashtirilmasdan topshirilishi xavflarni boshqarish samaradorligini pasaytiradi.
Yong‘in xavfini baholashda tahlil qilish usulidan foydalanib “UzMalOil” yoqilg‘i quyish shoxobchasidagi yong‘in xavfini tahlil qilish va ushbu vaziyatlarni aniqlash va ularni amalga oshirish chastotasini aniqlash uchun foydalanildi. Yoqilg‘i quyish shoxobchasi kabi obyekt uchun yong‘in xavfi ikki asosiy guruhga bo‘linadi: yoqilg‘i uskunalarining germetikligining buzilishi va texnologik qoidalarga rioya qilmaslik (sig‘imlarni haddan tashqari to‘ldirish, yoqilg‘i quyish moslamasining germetekligini buzilishi va undan yoqilg‘ining to‘kilishi va boshqalar).
Yong‘in xavfi mavjud bo‘lgan holatlar aniqlangandan so‘ng, mavjud statistik ma’lumotlarga muvofiq ularni amalga oshirish chastotalarini aniqlash kerak. Hozirgi vaqtda MDH va O‘zbekiston Respublikasida baxtsiz hodisalar to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni to‘plashning yagona, ilmiy asoslangan, obyektiv tizimi mavjud emas. Shu sababli, yoqilg‘i quyish shoxobchalaridagi texnologik jihozlarning ishlamay qolish darajasi amaliyotda mavjud bo‘lgan turli xil obyektlar, shu jumladan chet elda ishlatiladigan statistik ma’lumotlar va hisoblash va tahlil usullari bo‘yicha keltirilgan ma’lumotlar asosida olingan. Shu sababli, jadvallar bo‘yicha ma’lumotlarga ko‘ra yer osti rezervuariga yaqin joydagi zarba to‘lqinidagi ortiqcha bosim Pf = 264,57 kPa bo‘lgan, ya’ni yengil metall konstruksiya bilan jihozlangan “Milliy Taomlar” kafesi - to‘liq vayron bo‘ladi . Zarar - binoning 90-100% ni tashkil etadi; zarba to‘lqini oldida ortiqcha bosim bo‘lgan boshqa barcha binolar Pf = 6,03 kPa yaqin atrofdagi bino va inshootlarga o‘rtacha zarar yetkazadi, ya’ni tomlar, derazalar, to‘siqlar, chordoqlar, yuqori qavatlar vayron bo‘ladi. Zarar - binoning 30-40 % ni tashkil etadi (masofa 100 m).
Gaz-bug‘ aralashmasining 30 metr masofada yonishi natijasida hosil bo‘lgan ortiqcha bosimning qiymati ∆P = 861,52 kPa. 30 m masofada termal nurlanishning intensivligi q = 392,0616kVt/m². Hisob-kitoblar shuni ko‘rsatadiki, 39 m radiusda yoqilg‘i quyish mashinasiga shikast etishi natijasida barcha jihozlar butkul shikastlanadi.
Yong‘in xavfini tahlil qilish “UzMalOil” yoqilg‘i quyish shoxobchasi odamlar va binolarga yong‘inning zararlovchi omillari ta’sirini va ularning chastotasi va oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha ko‘rilgan choralarni hisoblash asosida amalga oshiriladi. Umumiy foydalanishdagi yong‘in xavfsizligi tizimi ruxsat etilgan maksimal qiymatdan oshmaydigan yong‘in xavfini ta’minlashi kerak. Shu munosabat bilan yoqilgʻi quyish shoxobchalarining yongʻin xavfsizligini ta’minlash va faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida tegishli takliflar ishlab chiqildi.
|
| |