3 (79) 2021 pedagogik mahorat




Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/344
Sana07.12.2023
Hajmi3,37 Mb.
#113345
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   344
Bog'liq
Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil

3 (79) 2021 
 PEDAGOGIK MAHORAT 
79 
g’oyaviy e’tiqod ularning faoliyatlarini to‘g’ri o‘zanga yo‘naltirib turadi. Ijtimoiy hayotdagi (ayniqsa 
ijtimoiy tarmoqlarda ro‘y berayotgan) hodisalarga baho berishda kuchli mafkuraviy qalqon vazifasini 
bajaradi. 
G’oyaviy e’tiqod shaxsning yurish-turishiva faoliyatini boshqarib, inson xatti-harakatlari va 
faoliyatining motivi sifatida namoyon bo‘ladi. Qat’iy g’oyaviy e’tiqodga ega bo‘lgan kishilar har qanday 
murakkab vaziyatda, har qanday sharoitda to‘g’ri yo‘l topa oladilar, o‘z bilim va e’tiqodlariga tayangan 
holda ijtimoiy munosabatlarning keskin jarayonida undan mohirona foydalana oladilar. G’oyaviy e’tiqodni 
shakllantirish yoshlarning ilm va bilimni ongli ravishda o‘zlashtirishga bo‘lgan ishtiyoqini oshiradi.
Mazkur masalaning mohiyati xususida Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlarga murojaatida “O‘z 
tajribamdan kelib chiqib, sizlarga aytadigan maslahatim shu: ilmni qadrlang! Bir soniya vaqtingiz ham bekor 
o‘tmasin! Yoshlik – umrning bebaho davri. Ilm va bilim – o‘tda yonmaydigan, suvda cho‘kmaydigan, hech 
kim sizdan tortib ololmaydigan boylik ekanini unutmang!”, deb ta’kidladi. Demak, yoshlarni avvalo aniq, 
ilmiy asoslangan bilimlar bilan qurollantirish talab etiladi. Albatta, yoshlarga yaratilgan keng imkoniyatdan 
to‘g’ri foydalangan holda bilim va ilm olishga sobitqadamlik bilan intilishlari zarur. Ular olgan bilimlarni 
chuqur o‘zlashtirishlari,haqqoniy va astoydil egallashlari hamda har qanday vaziyatda qat’iy turib intilishni 
kuchaytirishlari kerak. Agar yoshlarning bilimlari sayoz, mavhum yoki xato bo‘lsa, bu holat ularning xulosa 
chiqarishlariga, yuz berayotgan voqea va hodislarga xolisona baho berishlariga to‘sqinlik qiladi.
Shu tarzda, bilim olishga asoslangan g’oyaviy tarbiya yosh avlodda mustahkam g’oyaviy e’tiqod, 
sog’lom dunyoqarash, ilmga intilish, yuksak ma’naviy fazilatlar, ijtimoiy faollikni tarkib toptirib, mafkuraviy 
tahdidlarning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasizlikni shakllantiradi.

Download 3,37 Mb.
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   344




Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish