|
3 (79) 2021 pedagogik mahorat Pdf ko'rish
|
bet | 102/344 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 3,37 Mb. | | #113345 |
Bog'liq Pedagogik mahorat 3-son 2021 yilMuhokamalar va natijalar. G’oyaviy tarbiyaning yana bir muhim jihati - yosh avlodning
jamiyatimiz hayotida ro‘y berayotgan yangilanish jarayonlarini tahlil eta olishi, islohotlar mohiyatini chuqur
anglashi hamda mustaqillik mohiyatini tushuna olish kabi ko‘nikmalarni tarbiyalashdan iboratdir.
Yoshlarning g’oyaviy tarbiyasi jamiyat talablaridan kelib chiqib, oldimizda paydo bo‘layotgan bir
qator vazifalarni hal etish orqali amalga oshiriladi. Jumladan:
xalqimizning shonli tarixi, milliy qadriyatlar va umurboqiy an’analarimizga sadoqat ruhini
shakillantirish;
yangi jamiyat barpo etish, mustaqillik davri tarixi, ma’naviy-ma’rifiy islohotlar mohiyati kabi ilmiy
bilim asoslari bilan qurollantirish;
yoshlarga xalqaro hayotda ro‘y berayotgan siyosiyjarayonlar va mamlakatimiz davlatining mazkur
voqealarga mafkuraviy-siyosiy pozitsiyalardan baho berish malakasini tarbiyalash;
jamiyatimiz hayotida ro‘y berayotgan ichki siyosatni tahlil eta olish masalalariga qiziqishni, ijtimoiy
faoliyatga barqaror ehtiyojni shakllantirish;
g’oyaviy jihatdan yetuk, vatan ravnaqi, xalq farovonligi yo‘lida fidoiylik ko‘rsatish yo‘lida
vatanparvarlik tuyg’ulari va fazilatlarini tarbiyalash.
Yoshlarni jonli hayotiy munosabatlar uchun zarur bo‘lgan ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish.
Yosh avlodni g’oyaviy jihatdan tarbiyalash ongni shakllantirish orqali ijtimoiy faoliyatni tarkib
toptirish jarayoni bilan uyg’unlashgan holda amalga oshirishni taqozo etadi. Mamlakatimiz hamda jahon
maydonida ro‘y berayotgan voqealarni yoshlarga tushuntirish, ularni jamiyatning siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy
va madaniy hayotida bevosita jalb etishni taqozo etadi.
Yoshlarning g’oyaviy tarbiyasi mazmunini belgilashda tarbiyaning quyidagi tamoyillariga:
mafkuraviy sobitqadamlik va g’oyaviy e’tiqod, tarbiyani hayot bilan, yangilanish, bunyodkorlik jarayoni
bilan bog’lash hamda, eng muhimi, yoshlarning yosh va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish talabini keltirib
chiqaradi.
Yoshlarning jismoniy, ma’naviy rivojlanishlarida bir qadar umumiylik bo‘lsada, biroq ularning xislat,
xarakter, mijoz, irodaviy sifat, qiziqishlari turlicha bo‘ladi. Yoshlarning voqea va hodisalarga bo‘lgan
munosabatlari, orzu umidlari, dunyoqarashlari va e’tiqodlari ham bir xil bo‘lmaydi. Muayyan bir yosh
davrida qo‘llaniladigan tarbiya metodlarini boshqa bir yoshdagi talabalarni tarbiyalashda qo‘llash kutilgan
samarani bermasligi mumkin. Shuning uchun g’oyaviy tarbiya jarayonida har bir yoshning xarakter
xususiyatlarini o‘rganish lozim.
Bu holat ularning qiziqish va qobiliyatlari, g’oyaviy e’tiqodining zaif va kuchli tomonlarini
baholashga imkon beradi.
Yoshlik davrining yana bir muhim xususiyati ijtimoiy foydali mehnatga intilishda namoyon bo‘ladi.
Shu xususiyatdan kelib chiqqan holda ishlab chiqarishga asoslangan faoliyatni yo‘lga qo‘yish ularning
mehnatga bo‘lgan mehr-muhabbatlarini orttiradi. O‘z mehnatini qadrlash, boqimandalik illatidan qutulishga
yordam beradi. Mehnat jarayonida yoshlar o‘zlarini tarbiyalaydilar, o‘z ustilarida mustaqil ishlaydilar,
muayyan sifat va fazilatlarni egallaydilar, irodalarini mustahkamlaydilar.
https://buxdu.uz
|
| |