|
PEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021 Pdf ko'rish
|
bet | 105/344 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 3,37 Mb. | | #113345 |
Bog'liq Pedagogik mahorat 3-son 2021 yilPEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021
82
yuksak axloq sohibi boʻlgan kishilar boʻlgandagina, u toʻg‘ri ishlar qilishi, toʻg‘ri farmonlar chiqarishi
mumkin, shundagina mamlakat farovon boʻlib ravnaq topadi.
Ahmad Yassaviy (1041-1166) oʻzining “Devoni hikmat” asarida jamiyatni boshqarishning toʻg‘ri
yoʻllari, hamda boshqaruvchining odobi, xulqi, halolligi, madaniyatiga tegishli boʻlgan qator oʻgit-
nasihatlarni bayon qilgan” [7].
Oʻzbek klassik adabiyotining yirik namoyondasi mutafakkir davlat arbobi Alisher Navoiy (1441-1501)
vazirlik lavozimida adolat yoʻlida sabot va matonat, xalq bilan hamdam va hamnafas boʻlish, xalqchillik,
halollik va poklik vatan dardi bilan yashash, xalq osoyishtaligi uchun fidoiylik kabi sifatlar mujassamlanishi
zarur, deb hisoblanadi. Shuningdek, “Saddi Iskandariy” dostonidagi Iskandar obrazida komil insonga xos
xususiyatlar tasvirlanadi u dili, niyati pok xayr-saxovatli, kamtarin va muloyim shaxs, dono podshoh va
dunyo sirlarini bilishga qiziquvchi aql zakovat egasi. Bu bilan Alisher Navoiy oʻzining ezgu maqsadi -
jamiyat hikmat, adolat va insonparvarlik asosida boshqarilishi kerak degan fikrni ilgari suradi.
A.Donish (1827-1897) fikricha, davlatni boshqaruvchi odil va donishmand boʻlsa, xalqni
qashshoqlikdan qutqarish mumkin. A.Donish davlat bir kishiga xos boʻlmay, balki xalq manfaatlariga xizmat
qilishi kerak degan g‘oyani ilgari suradi. Buning uchun hukmdor bilimdon, odil, donishmand boʻlmog‘i
shart. Oʻz fuqarolariga oid masalalarni hal qilishda oʻzini ular oʻrnida, ularni esa oʻz oʻrnida tasavvur qilishi
kerak, mamlakatni idora qilishda hukmdor muhim davlat arboblari bilan maslahatlashishi lozim. Hukmdor
ularning maslahatlari bilan hisoblashishi kerak, chunki koʻpchilikning aqli bir kishining aqliga qaraganda
koʻproqdir. Uningcha, bu xislatlar davlat boshlig‘igagina emas, uning atrofidagi barcha davlat amaldorlariga
ham xos bulmog‘i shart [3].
Xulosa. Buyuk allomalarimizning rahbarlik va rahbar uchun zarur boʻlgan fazilatlar borasidagi hamda
davlatni idora qilish uslubi, el bilan goʻzal muomalada boʻlish va xilma-xil muloqot vositalaridan
foydalanish rahbarlik odobi talablari kabi masalalar yuzasidan bildirgan fikrlari juda katta pedagogik va
psixologik ahamiyatga ega boʻlib, ularni oʻqish va ularga rioya qilish faoliyatimizning ravnaqi va istiqboliga
ta’sir koʻrsatadi.
Adabiyotlar
1. Беруний А. Определение границ расстояний между населенными пунктами (геодезия).
Исслед. пер.с. араб.и примеч. Н.Г.Булгакова. Изб. Произв.1996. С-3.
2. Beruniy A. Tanlangan asarlar. 2-jild. -Toshkent, 1995. 8-25 bet.
3. Donish A. Navodir-ul vaqoyi. (Nodir voqealar). - T., 1994. 8-165 b.
4. Temur tuzuklari. –Toshkent: “G‘ofur G‘ulom”, 1991.
5. Forobiy A.N. Fozil odamlar shahri (Tanlangan asarlar). -Toshkent “Abdulla Qodiriy” nomidagi
xalq merosi nashriyoti, 1993. -7 b.
6. Oʻzbek pedagogikasi antologiyasi. –Toshkent: “Oʻqituvchi”, 1995. -136 b.
7. Yassaviy A. Devoni hikmat. –Toshkent: “G‘ofur G‘ulom”, 1992.
https://buxdu.uz
|
| |