• Kalit soʻzlar
  • Ключевые слова
  • Key words
  • Asosiy qism.
  • SHARQ MUTAFAKKIRLARI ASARLARIDA RAHBARLIK VA BOSHQARUV




    Download 3,37 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet104/344
    Sana07.12.2023
    Hajmi3,37 Mb.
    #113345
    1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   344
    Bog'liq
    Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil

     
    SHARQ MUTAFAKKIRLARI ASARLARIDA RAHBARLIK VA BOSHQARUV 
    MUAMMOLARINING TALQINI 
     
    Maqolada Sharq mutafakkirlari ilmiy merosida rahbarlik va boshqaruv masalalarining yoritilganligi 
    bayon qilingan. Ularning asarlaridan bir qancha fikrlar keltirilgan.
    Kalit soʻzlar: Sharq mutafakkirlari, boshqaruvchanlik, rahbarlik, asar, ruhiy-ma’naviy kamolot, 
    insoniylik xislatlari. 
    В статье освещены вопросы лидерства и управления в научном наследии восточных 
    мыслителей. В статье приведены несколько идей из их работ.
    Ключевые слова: восточные мыслители, управляемость, лидерство, творчество, духовно-
    нравственное совершенство, человеческие качества. 
    The article covers the issues of leadership and management in the scientific heritage of Eastern 
    thinkers. A number of ideas are presented from their works. 
    Key words: Eastern thinkers, stewardship, leadership, work, spiritual-spiritual perfection, human 
    qualities. 
     
    Kirish. Odamlar jamoasi boshqaruvni talab qiluvchi ijtimoiy voqelikdir. Ushbu talab rahbarlik va 
    boshqaruvning uslubi hamda samarali vositalarini tadqiq qilish zaruratini vujudga keltiradi. Insoniyat 
    taraqqiyotining har bir davri, har qanday jamiyatda oʻzining ichki mohiyati va maqsadidan kelib chiqqan 
    holda ana shu zaruratni u yoki bu holda qondirish bilan xarakterlanadi. Ushbu ma’noda Sharq 
    mutafakkirlarining asarlari, nasihat va maslahatlari bundan mustasno emas. Biz buyuk ajdodlarimiz Abu 
    Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad Yassaviy, Amir Temur, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad 
    Bobur, Ahmad Donish kabilarning asarlarini misol qilib keltirishimiz mumkin.
    Asosiy qism. Sharq mutafakkirlaridan biri Abu Ali ibn Sino shunday yozadi: “Oliyjanoblik qilish 
    shunday bir ajoyib fazilat va shon-sharafni oshiradigan xislatki, hatto bunga erishgan odam undan ham 
    yuqori darajadagi shon-shuhrat maromiga erishishga intiladi, bunday intilish undaylarda cheklanmagan 
    boʻladi. Inson toki oʻzini maydakashlik, kek saqlash, gina saqlash, janjal, jinoyat, norozilik oh-vohlardan 
    ozod qilmaguncha, u iflos va tubanlik tabiatidan ozod bula olmaydi” [6]. 
    Abu Nasr Forobiy shahar aholisining stratometrik turlanishini ishlab chiqadi. Bunda jamiyat 
    a’zolarining oʻzlarini boshqarishlari jamiyatning oʻzini oʻzi boshqarishiga olib kelishi lozim, lekin bu bilan 
    bir vaqtning oʻzida har bir a’zoning ruhiy-ma’naviy kamoloti usul hamda yoʻnalishiga koʻra individual holda 
    mavjud boʻladi. “Shularning hammasini, - deb yozadi Forobiy, - ikki yoʻl bilan olish mumkin. Birinchidan, 
    yuqoridagi hodisalar aslida qanday mavjud boʻlsa, inson qalbiga, koʻngliga oʻshanday oʻrnashib qolsa, 
    boshqalarning koʻnglida bu bilimlar qiyosiy yoxud taqlid asosida vujudga keladi. Ba’zi odamlar oʻsha 
    narsalarni oʻzlari his etishlari tufayli koʻngillarida shu bilimlar vujudga keladi” [5].
    Ikkinchidan, ushbu sifatlarga ega boʻlmagan odamlar birikmasi esa adashgan shaharning va 
    jaholatdagi aholisini tashkil qiladi. Fikrlashlari g‘azab, hasad, nafratga asoslangan bunday shahar aholisi 
    doimo bir-birlariga qarshi kurashib, bir-birlariga dushmanlik qiladilar. 
    Oʻrta asrlarning yana bir buyuk qomusiy olimi Abu Rayhon Beruniy (973-1048) ham boshqaruvchi va 
    boshqaruv xususida oʻzining qator mulohazalarini yozib qoldirgan. Beruniy “Har bir odamning bahosi oʻz 
    ishini ajoyib bajarishidadir”, − deb shaxsning sifat va xislatlarining baholash mezonini koʻrsatadi [1]. 
    Shuningdek, oʻzining “Hindiston” asarida quyidagi fikrlarni ilgari suradi. “Tabiati jihatdan boshqarish va 
    siyosat ishlariga qiziquvchi, boshliq boʻlishga fazilat va kuchi bilan haqli, fikr va maqsadda sabotli, davlatni 
    oʻzidan keyingilarga qoldirib, ularning oʻz ota-bobolariga qarshi boʻlmasliklarini maqsad qilib olgan kishi 
    tomonidan berilgan har bir buyruq, buyurilgan kishi oldida turg‘un tog‘lar singari mustahkam boʻlib, bunday 
    buyruqqa keyingilar ham koʻp va uzoq zamonlar oʻrtasida buysunadilar” [2]. Amir Temur davlatni 
    boshqarish vositalari haqida toʻxtalib shunday yozadi − “Saltanat ishlarida toʻrt narsaga amal qilish lozim: 1. 
    Kengash. 2. Mashvaratu - maslahat. 3. Qat’iy qaror, tadbirkorlik, hushyorlik. 4. Ehtiyotkorlik”. 
    “Ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi, azmi qat’iy, tadbirkor va xushyor bir kishi ming − minglab tadbirsiz, 
    loqayd kishilardan yaxshidir” [4]. Bundan tashqari, Amir Temurning birovni lavozimga koʻtarishdan oldin 
    uni sinab koʻrish lozim, ya’ni oʻrganish lozim, degan g‘oyalari bugungi kunda ham juda dolzarbdir. Uning 
    oʻgit va nasihatlari hokimlarga qaratilgan boʻlib, boshqaruvchi, rahbar tevaragida tabiatan yaxshi niyatli, 
    https://buxdu.uz



    Download 3,37 Mb.
    1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   344




    Download 3,37 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    SHARQ MUTAFAKKIRLARI ASARLARIDA RAHBARLIK VA BOSHQARUV

    Download 3,37 Mb.
    Pdf ko'rish