3 (79) 2021 pedagogik mahorat




Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/344
Sana07.12.2023
Hajmi3,37 Mb.
#113345
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   344
Bog'liq
Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil

Asosiy qism: Mamlakatimizda olib borilayotgan yangilanish jarayoni keskin ichki va tashqi 
mafkuraviy tahdidlar, murakkab va jiddiylashgan ma’naviy kurash sharoitida amalga oshirilmoqda. Shu 
sababli davlat va mamlakatimiz hukumati farzandlarimizning g’oyaviy tarbiyasiga ustuvor yo‘nalish sifatida 
e’tibor berib kelmoqda.
Mazkur masala xususida Prezident o‘zining qat’iy fikrlarini bayon etar ekan “biz yoshlar tarbiyasi 
bo‘yicha o‘zimizga xos va ta’sirchan, bugungi kunga hamohang usullarni izlab topishimiz kerak”, deb 
ta’kidladi. Ta’kidlash zarurki yoshlarni tarbiyalash jarayonida g’oyaviy tarbiya juda muhim o‘rin tutadi. 
Bugungi kunda uzluksiz ta’lim tizimida uyg’unlashgan ravishda g’oyaviy tarbiyani yo‘lga qo‘yish, 
yoshlarning g’oyaviy qarashlarini shakllantirish, sog’lom e’tiqod, siyosiy ong‚ tarixiy xotirani singdirishga 
qaratilgan yaxlit tarbiyaviy jarayoni yo‘lga qo‘yish borasida katta ishlar amalga oshirilmoqda. 
Biroq shu bilan birgalikda yoshlarga g’oyaviy tarbiya berishning mohiyatini doimiy ravishda 
takomillashtirib borish talab etiladi. Qayd etish zarurki, yosh avlodga g’oyaviy tarbiya berish jarayonida ular 
yashaydigan muhit, yaratilgan shart-sharoit va ijtimoiy munosabatlar jarayonini hisobga olishni taqozo etadi. 
G’oyaviy tarbiya umumbashariy va milliy an’analar tamoyili asosiga quriladi-ki, bu tamoyil yoshlarda 
ijtimoiy-siyosiy hayotda ro‘y berayotgan voqea va hodislarga xolis baho bera olishga qaratilgan mustahkam 
g’oyaviy qarashni shakllantirishni taqazo qiladi. G’oyaviy tarbiyaning yana bir muhim jihati dahldorlik 
tamoyili bo‘lib, u voqea va hodisalarga butun xalq manfaatlari nuqtayi nazaridan baho berishni aks ettiradi.
Ma’lumki, g’oyaviy tarbiya bugun jamiyat talab etayotgan ma’naviy tarbiyaning asosiy tarkibiy 
qismini tashkil etadi. G’oyaviy tarbiyani tashkil etish fidoiylik fazilatining yaxlit ko‘rinishini aks ettirib, 
vatanparvarlikni o‘zida namoyon etadigan jihat ekanligini doimo yodda saqlash zarur. G’oyaviy tarbiya 
asosida qaror topgan kuchli e’tiqodni oddiy ta’sir vositalari bilan chalg’itib yuborish mumkin emas. Zero, 
g’oyaviy e’tiqod shaxsning ichki his-tuyg’ulariga aylangan bilimlar tizimidir. Yoshlarda tarkib topgan 
https://buxdu.uz



Download 3,37 Mb.
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   344




Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish