|
PEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021Bog'liq Pedagogik mahorat 3-son 2021 yilPEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021
78
Bahodirjon SHERMUXAMMEDOV
Toshkent kimyo-texnologiya instituti
kasb ta’limi kafedrasi dotsenti,
pedagogika fanlari doktori
YOSHLARGA G’OYAVIY TARBIYA BERISHNING MOHIYATI VA VAZIFALARI
Maqola uzluksiz ta’lim tizimida, mahallalar, korxonalar, shuningdek, uyushmagan yoshlarning
faoliyatlarida yoshlarga g’oyaviy tarbiya berishning mohiyati va vazifalariga bag’ishlangan dolzarb
masalalarni qamrab oladi. Muallif g’oyaviy tarbiya jarayonini tashkil etish bo‘yicha o‘z taklif va
mulohazalarini berib o‘tgan.
Kalit so‘zlar: g’oya, ma’naviyat, e’tiqod, dunyoqarash, dahldorlik, ilm, bilim, ijtimoiy faollik.
В статье освещаются актуальные вопросы, связанные с сущностью и задачами
идеологического воспитания молодежи в системе непрерывного образования, сообществ,
предприятий, а также с деятельностью неорганизованной молодежи. Автор дает свои
предложения и комментарии по процессу идеологического воспитания.
Ключевые слова: идея, духовность, вера, мировоззрение, вовлеченность, наука, знания,
образование, воспитание, социальная активность.
The article covers topical issues related to the essence and tasks of ideological education of young
people in the system of continuing education, communities, enterprises, as well as the activities of
unorganized youth. The author gives his suggestions and comments on the process of ideological education.
Key words: idea, spirituality, belief, worldview, involvement, science, knowledge, education,
upbringing, social activism.
Kirish: Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha amalga
oshirilayotgan islohotlarning asosiy mazmuni yangi jamiyat barpo etish jarayoni bilan chambarchas
bog’liqdir. Davlat va jamiyat taraqqiyoti uchun bilimli, keng dunyoqarashga ega, vatanparvar yoshlar “suv
va havodek” zarur. Zero, Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Yoshlar forumida so‘zlagan nutqida
“Dunyoda globallashuv va raqobat tobora kuchayib borayotgan bugungi vaziyatda barcha sohalarda yuksak
bilimli kadrlarni tayyorlamasak, taraqqiyotdan ortda qolib ketishimiz mumkin”, deb ta’kidladi. Davlat
rahbari yosh avlod vakillariga qilgan murojaatda yoshlar ta’lim-tarbiyasiga, ularning kamol topishiga doir
masalalarni isloh qilishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab berdi. Shu jihatdan sog’lom e’tiqodga ega bo‘lgan
avlodni voyaga yetkazish masalasiga barcha soha rahbarlarining mas’ul ekanligi qayd edi. Amalga
oshirilayotgan tub islohotlarning negizida g’oyaviy yetuk yoshlarni tarbiyalash zaruriyati asosiy vazifa
sifatida belgilandi.
|
| |