|
3 (79) 2021 pedagogik mahorat Pdf ko'rish
|
bet | 199/344 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 3,37 Mb. | | #113345 |
Bog'liq Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil3 (79) 2021
PEDAGOGIK MAHORAT
149
Nargiza G‘ULOMOVA
Navoiy viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash
va ularning malakasini oshirish hududiy markazi
tillarni oʻqitish metodikasi kafedrasi katta oʻqituvchisi
ALISHER NAVOIY IJODINI OʻRGANISHDA MUALLIFLIK KORPUSINI TUZISHNING
AFZALLIKLARI
Maqolada Navoiyning mualliflik elektron korpusini tuzishning oʻziga xos jihatlari toʻg‘risida
yozilgan. Mutafakkir ijodida qoʻllanilib, bugunda tushunish qiyin boʻlgan soʻzlarni qiyosiy - tahlil etish,
ularning semantik teglari bazasini yaratishning ilmiy va amaliy ahamiyati haqida mulohazalar yuritilgan.
Kalit soʻzlar: intellektual, texnologiya, korpus lingvistikasi, matn, milliy korpus.
В статье указаны особенности создания авторского электронного корпуса Навои.
Применительно к творчеству мыслителя были сделаны рассуждения о научном и практическом
значении сравнительного анализа слов, трудных для понимания по слогам, создания базы их
смысловых обозначений.
Ключевые слова: интеллектуал, технология, корпусная лингвистика, текст, национальный
корпус.
The article describes the features of creating the author’s electronic case of Navoi. In relation to the
work of the thinker, arguments were made about the scientific and practical significance of the comparative
analysis of words that are difficult to understand by syllables, and the creation of a base for their semantic
designations.
Key words: intellectual, technology, corpus linguistics, text, national corpus.
Kirish. Mamlakatimizda ta’lim tizimini isloh qilish orqali yosh avlodni har tomonlama barkamol
insonlar etib voyaga yetkazish bosh vazifa sifatida qoʻyilmoqda. Ta’limning maqsadi, eng avvalo, inson
ongini rivojlantirishdir. Chunki har qanday mamlakatning kelajagi, ertangi kuni uning tabiiy boyliklariga
emas, balki kelajak avlodlarining saviyasiga bog‘liqdir. Oʻzgarishlar davrida ta’lim tizimi ijtimoiy
jarayonlardan kelib chiqqan holda shiddat bilan rivojlanishni taqozo etadi. Ta’lim orqali jamiyatda
kelajakdagi vazifalarni bajarishga qodir boʻlgan yangi avlod shakllantirilganligi bois ham ta’lim sohasi
mamlakat taraqqiyotining muhim strategik yoʻnalishi hisoblanadi. Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan,
yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega boʻlib, dunyo miqyosida oʻz tengdoshlariga hech qaysi
sohada boʻsh kelmaydigan insonlar boʻlib kamol topishi, baxtli boʻlishiga erishishda ilg‘or kommunikatsion
texnologiyalar, shuningdek zamonaviy soha hisoblangan komputer lingvistikasi sohasi ham muhim
hisoblanadi.
|
| |