3 (79) 2021 pedagogik mahorat




Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet200/344
Sana07.12.2023
Hajmi3,37 Mb.
#113345
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   344
Bog'liq
Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil

Asosiy qism. Kompyuter lingvistikasi tilshunosligining mustaqil boʻlimi – korpus lingvistikasi 
zamonaviy amaliy tilshunoslikning asosiy va bugungi kun ilmi uchun muhim istiqbolli yoʻnalish ekanligi 
jahon tajribasidan ma’lum. Oʻzbek tili milliy korpusini yaratish fan oldida turgan dolzarb vazifalardan biri 
ekanligi ta’kidlangan. Tilni oʻrgatishda lug‘at boyligining kattaligini koʻrsata olish, soʻzning qoʻllanish 
imkoniyatini u yoki bu grammatik konstruksiya orqali tushuntirish uchun misollar massivini koʻrsatishda 
korpus juda qoʻl keladi. Til ta’limi uchun muhim boʻlgan misolning doimiy yangilanib borishi, buni aks 
ettirib turish xususiyati hamda imkoniyati faqat korpusda mavjud. Oʻqituvchi yangi, ishonarli, cheksiz 
hamda xilma-xil misollarni shu yerdan topa oladi hamda topshiriq, mashqlarni belgilashda qiynalmaydi va 
bir necha daqiqada mavzu boʻyicha yangi-yangi misollardan iborat topshiriqlarni tayyorlay oladi. Korpusda 
mavjud matnlarni saralash imkoni bor, misolni barcha matnlardan emas, balki tadqiqotchi uchun kerakli 
boʻlganini ajratish mumkin. Zero, korpus matnlarini belgilangan davr (hatto aniq yiligacha), matnning aniq 
bir turini tanlab olish imkoniyati mavjud. Turli mavzu va janrdagi matnlar bilan korpusning doimiy 
boyitilishi korpusning asosiy xususiyatidan biri hisoblanib, u yoʻnaltirilgan ta’lim imkoniyatlarini kengroq 
ochadi. 
Aslida, juda katta imkoniyatni boy beryapmiz. Korpus juda katta hajmdagi matnlar yig‘indisi, 
ekanligini inobatga oladigan boʻlsak, Navoiy korpusini yaratish ayni muddao va hatto oʻta dolzarb 
hisoblanadi. Sababi millatimiz oʻzligini anglashi, oʻz ma’naviyatiga, madaniyatiga ega boʻlishi uchun 
Navoiyni anglashi, qolaversa, Navoiydan ibrat olishi muhim hisoblanadi. Navoiyni anglash oʻzlikni anglash 
demakdir. Sababi Navoiy - butun umrini turkiy til mavqeyini koʻtarish, turkiy adabiyot imkoniyatlarini 
dunyoga tan oldirish, turkiy davlatchilik asoslarini mustahkamlash, jamiyatda haqiqat va adolat mezonlarini 
qaror toptirishga bag‘ishlagan bobokalonimizdir. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta’biri bilan 
aytganda, inson qalbining quvonch-u qayg‘usini, ezgulik va hayot mazmunini Navoiydek teran ifoda etgan 
https://buxdu.uz



Download 3,37 Mb.
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   344




Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish