|
3 (79) 2021 pedagogik mahorat Pdf ko'rish
|
bet | 203/344 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 3,37 Mb. | | #113345 |
Bog'liq Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil3 (79) 2021
PEDAGOGIK MAHORAT
151
Soʻz (shakl)
Izoh, ma’nodoshi
Misra (shakl)
noʻsh
shirin
Noʻshi visoling yetmasa, Iso anga topmas davo
noʻsh aylamoq
ichmoq
Noʻshi jon har bodakim ahbob ila noʻsh aylading
noʻshi la’l
lab suvi
Noʻshi la’lingdin agar jon istadim
noʻsh
soʻzlar
La’li noʻshi birla yuz yillig‘ oʻlukka ruh baxsh
noʻsh etmoq
ichmoq
Noʻsh etib jomi fano, qoʻysam riyo, ayb etmakim
noʻsh
bahra
Soqiyo, jomi visoling noʻshidin tirguz meni
noʻsh
yoqimli
Siz cheking noʻshi visol, ey ahli ayshu nozkim
noʻshi la’l
lab suvi
Noʻshi la’lingdin manga chun zahri hajr oʻldi nasib
noʻsh
bahra
Hajridin oʻlmay visoli noʻshidin topsam umid
G‘azallarda juda koʻp uchraydigan “sarv” soʻzi badiiy tasvir vositasi sifatida qoʻllanilib, bir qarashda
bir xil ma’noda kelayotgandek koʻrinsa-da, shakldoshlik xususiyatiga ega hisoblanadi. Biz shunday
soʻzlardagi oʻta nozik ma’no farqlarini anglagan holda, oʻquvchiga ham anglata, tushuntira olsak,
oʻylaymanki, turkiy tilimiz imkoniyatlarini yanada kengroq oʻrgatish imkoniyatga ega boʻlamiz.
Soʻz (shakl)
Izoh, ma’nodoshi
Misra (shakl)
Sarv
tik oʻsuvchi daraxt
Telbalik koʻrkim, qucharmen bog‘ aro har sarvni
Sarv
qomati kelishgan goʻzal ma’shuqa Birisi ul sarv qaddi siymbar boʻlg‘aymu deb
Sarv
xushqad goʻzal
Dema sarvu gul bila bir lahza koʻnglungni ovut
Sarv
qomati kelishgan goʻzal
Chamanda qilg‘usi gulgasht goʻyiyo ul sarv
Sarv
tik oʻsuvchi, xushqomat daraxt
Qomatingg‘a sarv taqlid aylabon topti shikast
Sarv
kelishgan qomatli mahbuba
Ki, ra’no sarvig‘a gulbargdin xil’at yaroshibdur
Sarv
qomati kelishgan goʻzal
Kimki olam bog‘ida bir sarvi gulruxsori bor
Sarv
tik oʻsuvchi, xushqomat daraxt
Ohim samumi sarvu sanovbarni kuydurur
Hech mubolag‘asiz aytishimiz mumkinki, “Badoy’e ul-vasatda” devonida jamlangan nazmiy asarlarda
bugungi zamon g‘azalxoni uchun tushinish qiyin boʻlgan soʻzlar juda koʻp uchraydi. Bu esa g‘azal
mazmunini toʻla tushunmaslikka olib keladi. Masalan, devondan oʻrin oldan “Anga” radifli g‘azalda juda
koʻplab izohi talab etiladigan, bugungi kunda talaffuzimizdan chiqqan soʻzlar uchrashi koʻrishimiz mumkin.
Quyida mazkur g‘azalning 8-baytidagi soʻzlarning izohi bilan berilgan. G‘azalda shoir aytmoqchi boʻlgan
fikrlarni anglasak, uni yod olish ham, xotirada saqlab yod olish ham, ifodali aytish ham mumkin boʻladi.
|
| |