|
3 (79) 2021 pedagogik mahorat Pdf ko'rish
|
bet | 211/344 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 3,37 Mb. | | #113345 |
Bog'liq Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil
Adabiyotlar
1. Mahmud Qoshg’ariy. Devonu lug’otit turk I tom.
2. Mahmud Qoshg’ariy. Devonu lug’otit turk II tom.
3. Mahmud Qoshg’ariy. Devonu lug’otit turk III tom.
4. Isxoqov. B.B. Bolalar o‘yinlarining etnografik xususiyatlari.
5. Ismoilov H. O‘zbek to‘ylari. –T.: “O‘zbekiston”. 1992.
6. Isxoqov. B.B. Bolalar o‘yinlarining etnografik xususiyatlari// O‘zbekiston etnologiyasining dolzarb
muammolari. –Toshkent: “Namangan”, 2007.
7. Safarov O, Jahongirov G’. Bolalar folklori // O‘zbek folklorlari ocherklari. -T.: “Fan”, 1988.
8. Джахангиров Г. Узбекский детский фолклор. -С 393.
9. Mahmud Sattor. O‘zbek udumlari. –T.: “Fan”. 1993. 23-24-b.
10. O‘zbek tilining izohli lug’ati. II tom. M. “Rus tili nashriyoti”, 1981. -251 b.
11. O‘zbek tilining izohli lug’ati. I tom. M. “Rus tili nashriyoti”, 1981. – 361 b.
12. Шаниязов.К.Ш. Узбеки-карлуки. Историо етнографической очерк. -Т., 1964.
13. Jahingirov G’. O‘zbek bolalar folklori. -T.: “O‘qituvchi”, 1978.
https://buxdu.uz
PEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021
156
Sulaymon HALIMOV
Samarqand davlat universiteti
tadqiqotchisi
G’ARIBIY IJODINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Ushbu maqolada temuriylar davri adabiy muhiti namoyondalaridan biri shoir Shohg’arib Mirzo-
(G’aribiy)ning ijodiy faoliyatini o‘rganishga e’tibor qaratilgan. Tadqiqotchi temuriylar davri adabiy muhiti
namoyondalaridan birining ijodini o‘rganar ekan, G’aribiy ijodida tasavvufiy g’oyalar, haqiqiy va majoziy
ishq, vasl va hijron, umidvorlik va umidsizlik, muhabbat va shikoyat, do‘st va raqib, ishonch va rashk, yorga
iltijo, sog’inch, vafo va jafo, yorga sadoqat, ko‘ngil, iyd, may kabi tushunchalar asosiy mavzular
hisoblanadi.
Shoh G’arib Mirzo G’aribiy ruhiyat musavviri ekanligi, uning ijodida insoniy munosabatlar, ko‘ngil
deb atalgan ruhiy olam va unda hukmronlik qiluvchi insoniy tuyg’ular o‘ziga xos tarzda yuzaga chiqadi.
G’aribiy g’azallarida bundan tashqari dunyo, insoniy munosabatlarga shoirning munosabati o‘zgacha
qiyofada namoyon bo‘ladi, shunga bog’liq holda yor, boda, ishq kabi ko‘plab so‘zlar keng ma’noda, ya’ni
bir o‘rinda o‘z ma’nosida, boshqa o‘rinda esa majoziy ma’noda qo‘llanilganligi, uning g’azallaridagi
timsollar ma’nosini anglash uchun masalaga o‘sha davr nuqtayi nazaridan yondashish lozim bo‘ladi.
Bundan tashqari, Shoh G’arib Mirzo G’arbiyning ijodiy mahsuli bo‘lgan g’azallarning tahliliga alohida
e’tibor qaratilgan. Tadqiqotchi mazkur maqola orqali yana bir temuriy shahzoda va shoirning ijodi
namunalarini keng o‘rganishimizga imkoniyat yaratmoqda.
|
| |