3 (79) 2021
PEDAGOGIK MAHORAT
155
shoxi yo‘q ismini aytib chalg’itadi. Bolalardan birontasi uning ketidan shoxsiz hayvon nomini aytib yuborsa,
u suvga itarib yuboriladi [12]. Mahmud Qoshg’ariyga ko‘ra, suv bilan bog’liq “Mo‘nguz-mo‘nguz”
o‘yinidan tashqari suvga sho‘ng’ishda bahslashish ham bo‘lgan [3, 375].
Folklorshunos G.Jahongirov “Mo‘nguz-mo‘nguz” o‘yini shu kunlarga qadar saqlanib qolgan “Qushim
boshi” o‘yiniga qiyoslanadi [2, 241]. Shuningdek, u Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’otit turk” asarida
tilga olingan “O‘tush-o‘tush” o‘yinini hozirgi “Musht ketti” o‘yiniga o‘xshash ekanligini ta’kidlaydi [8].
8. G’ildirak bilan bog’liq o‘yinlar. Mahmud Qoshg’ariy bu o‘yinni quyidagicha izohlaydi: “Tebuk-
qo‘rg’oshin eritilib g’ildirak, g’altak shakliga keltiriladi, so‘ng unga bolalar ip shaklidagi echki yungini
aylantirib bog’lab tepib o‘ynaydi”.
9. Qiz bolalar o‘yinlari. Mahmud Qoshg’ariyga ko‘ra o‘yinlari orasida qizlarga xos o‘yinlar ham
bo‘lgan. Shu o‘rinda u qiz bolalarning sevimli qo‘g’irchoq o‘yinlari haqida quyidagilarni keltiradi:
“Quzurchuq- qo‘g’irchoq. Qiz bolalarning odamga o‘xshatib yasatib o‘ynaydigan o‘yinchoqlari” [13].
Mahmud Qoshg’ariy qiz bolalar o‘yinlari xususida ma’lumot berar ekan, hozircha dunyo xalqlarida
keng tarqalgan arg’imchoq o‘yini haqida to‘xtalib o‘tadi: “ Jalnu- joriyalar o‘ynaydigan bir xil o‘yin nomi.
Shundayki, arqonning ikki uchi bir daraxtga yoki ustunga bog’lanadi, so‘ng ularning biri arqonning o‘rtasiga
o‘ltiradi oyoqlarini sakratib, ba’zan yuqori, ba’zan quyi tushib uchadi (arg’imchoq)” [1, 367].
Mahmud Qoshg’ariy qizlar bilan bog’liq o‘yinlar haqida ma’lumot keltirar ekan, turkiy xalqlar orasida
qizlarning har sohada yigitlardan qolishmas ekanligini ta’kidlab o‘tadi. Chunonchi bu haqida quyidagi
misollarni keltiradi:
“Qiz bilan o‘ynashma, chunki ular kuchli va seni yengadi, yosh qisir biyalar bilan poyga qilishma, u
ayg’irdan kuchlidir, u ham sening ustingdan g’alaba qiladi. Bu maqol Xoqoniya qizlaridan biri Sulton
Ma’sudning nikoh kechasi o‘z erini oyog’i bilan chalib yiqitganidan keyin xoqoniylarda yuzaga kelgandir”
[3, 390].
U men bilan marvarid tizishda va she’r tuzishda bahslashdi.
Qizlar ud sozini chalishda bir-biri bilan bahslashdi.
Ular ikkovi sut sog’ishda bahslashdi [1, 439].
E’tibor bergan bo‘lsangiz bundan ming yil muqaddam qizlar tarbiyasida ular o‘rtasidagi she’r tuzish,
ud cholish bo‘yicha bahsli bellashuvlar alohida o‘rin tutgan. Ular bunday bahslar orqali o‘z iste’dodlarini
namoyon etishga qodir bo‘lganlar. Qoraxoniylar davridagi o‘yinlar bolalarni jismoniy va aqliy kuchini
hamda uning tafakkurini takomillashtirib, irodasini tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etgan ko‘rinadi.
Xulosa. Biz X-XII asrlardagi Movorounnahrda mavjud bolalar o‘yinlari xuxusida bejiz so‘z
ochmadik. Chunki o‘quvchilarimizni Qoraxoniylar davri madaniyati va tarixi bilan yaqindan tanishtirishda,
o‘quvchilarning tafakkurini boyitishda ushbu ma’lumotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, M.Mahmudov
ta’kidlaganidek: “Bolalarimiz - go‘zal ertamizdir. Ertaga ular bizning o‘rnimizni egallaydilar. Bolalarimiz
qadimgi tarix, qadim madaniyatga ega bo‘lgan xalqimizning munosib avlodlari bo‘lib yetishishlari kerak.
Zero, millat shunchaki soniga qarab emas, yetuk farzandlarining ko‘pligiga qadrlanadi. O‘z millatini, o‘z
yurtini sevgan har bir o‘g’il-qiz bu yo‘lda butun kuch-g’ayrati bilan kurashmog’i zarur. Millat qancha
ma’naviy boy bo‘lsa, u shuncha ulug’ qudratli bo‘ladi” [2, 256].