|
3 (79) 2021 pedagogik mahorat Pdf ko'rish
|
bet | 207/344 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 3,37 Mb. | | #113345 |
Bog'liq Pedagogik mahorat 3-son 2021 yilKey words: children’s games, spiritual nourishment, physical nourishment, independence, confidence,
independent thinking, solidarity, health, style, objects.
Kirish. Har bir inson umri o‘tib borgan sari bolaligini qumsar ekan, ko‘z oldiga bolalik davrida
mashhur bo‘lgan o‘yinlarni keltiradi. “Bo‘ladigan bola boshidan ma’lum” deganlaridek, kelgusida ulug’lik
darajasiga erishgan buyuk zotlarning aksariyati bolalik davridagi o‘yinlardayoq o‘zining iste’dodi va o‘ziga
xosligi bilan ajralib turgan. Ko‘p hollarda ular tengdoshlari orasida barcha o‘yinlarga bosh-qosh bo‘lganlar.
Bunday paytlarda o‘yinlar ularni aqliy va jismoniy jihatdan yetuk bo‘lib ulg’ayishlarida muhim ahamiyat
kasb etgan. Bu haqda Mahmud Sattor shunday yozadi : “O‘zingizga ma’lumki, bolalarni kattalar, yerga ursa
ko‘kka sapchiydigan koptokka o‘xshatishadi. Chunki siz biror daqiqa ham harakatsiz, jim o‘tirolmaysiz.
O‘yin ishqibozi, o‘yinqaroqsizlar. Hayotingizni ko‘chasiz, o‘yinlarsiz tasavvur qilolmaysiz. Aslida
bolalikning eng aziz, o‘ziga xos tomonlari ham shunda-da!
Asosiy qism. Jamiyatga, odamlarga foydasi tegadigan, dunyoga mashhur olim-u yozuvchilarning,
shoirlarning bolalikda yerga ursa ko‘kka sapchiydigan o‘yinqaroq bo‘lganliklari bejiz emas. Bu hol ularda
ijodiy tafakkurning o‘sishi uchun benihoya katta ahamiyatga ega” [9, 23-24].
Darhaqiqat, bolalar o‘yinlarining jismoniy jihatdan bergan ozuqasidan tashqari uning ma’naviy
ozuqligi ham mavjud bo‘lib, bular o‘zbek bolalarining eng yosh paytlaridan e’tiboran bolalarda mustaqillik,
o‘ziga bo‘lgan ishonchni, mustaqil fikrlashni va o‘z kuchiga, uquviga ishonchning ortib borishiga
ko‘maklashgan. Ana shular ichida, ta’sirida o‘sgan bolalarda kuch-quvvat, bardamlik, salomatlik ancha
yuqori bo‘lganligi barchaga ayon [5, 66].
Bolalar o‘yinlari qaysi shakl, mavzu, yo‘nalishga ega bo‘lmasin, loy-tuproq bilanmi, yog’och-u
kaltakmi, ip-u arqon bilanmi, qaysisini bo‘lsa ham bolani turmush ikir-chikirlari, umuman, katta hayotga
tayyorlashda o‘ziga xos hunar maktabi rolini o‘ynagan [6, 249]. Chunki, bolalar ham o‘z ota-onalari qatorida
turib, ijtimoiy-mayishiy hayotda, xususan, ishlab chiqarishning talay jabhalarida o‘z imkoniyatlari va
iqtidorlari doirasida qadim zamonlardan beri qatnashib keladilar. Kattalar imorat qursa, ular g’isht, loy
yetkazib turganlar, kattalar xirmon yanchsa, ular ho‘p haydaganlar. Xullas, kattalar uyushtirgan turli-tuman
marosimda qatnashganlar, ular qo‘shiq kuylasa, jo‘r bo‘lganlar, birgalikda raqs tushganlar. Bunday aralashuv
bolalarning hayot voqealariga o‘z munosabatlarini ifodalash yo‘sinini ham ola boshlagan. Bu jarayon bolalar
uchun goh o‘yin tarzida ketsa, goh majburiy mehnat shaklida kechgan: o‘yin tarzida kechganida bolalar
ehtiroslarga to‘lib-toshib, o‘z zavqlarini jo‘shqin va samimiy ohanglarda kuylaganlar, majburiy mehnat
https://buxdu.uz
|
| |