Muhokamalar va natijalar. Umuman olganda, Sharq mumtoz adabiyotini ko‘ngil timsolisiz tasavvur
etib bo‘lmaydi. Alisher Navoiy o‘zining “Hayratul abror” dostonining “Ko‘ngul ta’rifida” deb nomlagan 17-
https://buxdu.uz
3 (79) 2021
PEDAGOGIK MAHORAT
159
bobida faqatgina Allohning yodi bilan yashaydigan insondagina haqiqiy ko‘ngul bo‘lishini va ugina “ahli
dil” sanalishi mumkinligini ta’kidlaydi.
Ko‘ngul timsoli mumtoz she’riyatimizda keng qamrovli, katta tadqiqotlarga manba bo‘lgulik
mavzudir.
G’aribiy g’azallarida bundan tashqari dunyo, insoniy munosabatlarga shoirning munosabati o‘zgacha
qiyofada namoyon bo‘ladi, shunga bog’liq holda yor, boda, ishq kabi ko‘plab so‘zlar keng ma’noda, ya’ni bir
o‘rinda o‘z ma’nosida, boshqa o‘rinda esa majoziy ma’noda qo‘llanilgan. G’aribiy g’azallaridagi timsollar
ma’nosini anglash uchun masalaga o‘sha davr nuqtayi nazaridan yondashish lozim bo‘ladi. Ma’lumki, Shoh
G’arib Mirzo shoir bo‘lish barobarida islom dini qonun-qoidalari, tasavvuf ta’limotiga doir ilmiy-nazariy
manbalardan yaxshi xabardor bo‘lgan. Jumladan, G’aribiyning
Bodadin parhez, ey sarvi gulandom aylama,
Bazm aro hardam meni xunoba oshom aylama,
– bayti bilan boshlanuvchi g’azalida shoirning voqelikni qay darajada idrok qilishi, badiiy tafakkuri,
o‘ziga xos falsafiy dunyoqarashi, olamga va o‘zi sevgan yorga munosabati, yor va may timsollarining asl
mohiyati aniq o‘z aksini topgan:
Lolaruxsorim, kel, oltun jomdin gulgun may ich,
Bu sarig’ ruxsor uza ashkimni gulfom aylama.
Senki kofir ko‘z bila toroj qilding aqlu din,
Boda ichmon deb, o‘zungni ahli islom aylama.
Tavba maydin ayla deb, har necha desa ahli zuhd,
Aylama zinhor, ey sarvi gulandom, aylama.
Juz g’amu anduh hosil yo‘qturur davron aro,
Kelu ichkil jomu yodi davri ayyom aylama.
Necha desam, boda ichmas vah netay yorab bu nav',
Ishq ahlin zoru husn ahlini xudkom aylama.
Ey G’aribiy jahd qilkim bo‘lg’ay ul oy bodano‘sh,
Yo‘q esa sen dog’i fikri bodayu jom aylama.
Devon adabiyotida “may”, “sharob”, “boda”, “jom”, “qadah”, “kosa”, “yor” , “lab” kabi so‘zlarning
ÿz irfoniy lug’ati, o‘z ko‘chma ma’nolari bor. Shuning uchun hazrat Navoiy: “Sen gumon qilg’ondin o‘zga
jomu may mavjud erur” deydi. Yana:
Jahon g’amiyu uzum bodasi gumon qilmang,
Ki zohir ahliga bu ma'ni etti bo‘yla zuhur.
Va lek ahli haqiqatqa may erur vahdat”, deydi. Ya’ni, haqiqat ahliga may Haq taoloning yakkayu
yagonaligi fikri, ishqi va shavqidir. Ma’lumki, may mumtoz she’riyatda hayot zavqi va muhabbat ramzi
bo‘lib keladi. Agar g’azalda ifodalangan fikrlarni o‘z ma’nosida tushuniladigan bo‘lsa, go‘yo mantiqsizdek
bo‘lib qoladi. Chunki Shoh G’arib Mirzo o‘zi taqvodor bo‘lgani holda islom dini gullagan davrda yashab
ijod qildi, shunday ekan uning o‘z sevgilisiga Lolaruxsorim, kel, oltun jomdin gulgun may ich, Bu sarig’
ruxsor uza ashkimni gulfom aylama.
Senki kofir ko‘z bila toroj qilding aqlu din, Boda ichmon deb, o‘zungni ahli islom aylama” deb
murojaat qilishi o‘sha davr mezonlariga, diniy cheklovlarga ham to‘g’ri kelmasligi tabiiy edi. Shuning uchun
g’azal talqiniga tasavvufiy nuqtayi nazardan yondashilsa, uning mohiyatini orisha boradi. Tasavvufda qadah-
ko‘ngil, yor-olloh, may-ilohiy ishq sifatida tushuniladi. Ushbu izohlar vositasidagina g’azaldagi baytlar
mohiyatini anglash mumkin bo‘ladi. Quyidagi g’azalda esa ishq ta’rifi, uning oshiq ko‘ngliga ozor berishi
go‘zal tarzda ifodalanganligi ko‘zga tashlanadi:
Qayda, ey badxo‘, vafo xurdig’a mendek topilur,
Kim jafo ko‘p chekkan el, ko‘proq vafo qadrin bilur.
Xalq bori ayb etarlar bevafodur deb seni,
Qaysi bir majlisdakim husn ahlidin so‘z aytilur.
Shoirning fikricha, ishq yo‘liga kirgan oshiq qanchalik jafo ko‘rsa, shunchalik vafo qadrini anglay
boradi. Go‘zallik egalari esa majlislarda mavzu sababi, bevafo degan tavsifga loyiq. Shoir ko‘nglidagi ohu
fig’onlar qachonki yor yuziga ko‘z tushgandagina ozodlikka chiqadi. Yor esa ishq yo‘lida uning bandini
qabul ham qilmaydi, yoki undan ayrilmaydi va ko‘ngulni telbalik darajasiga yetkazadi:
Parda olg’ach orazingdin chiqti ko‘nglum nolasi,
Bulbul afg’oni ne tong, har qaydakim, gul ochilur.
Jong’a yetgim telba ko‘nglum ilkidinkim ishq aro,
Ne mening bandim qabul aylar, na mendin ayrilur.
Ne ko‘ngul xushluq bila gasht aylayin bog’ ichrakim,
https://buxdu.uz
|