|
Key words: pereonyms, carriers, lexical system, linguoculturological, etymological, onomastic,
lexical-semantic, morphological Pdf ko'rish
|
bet | 217/344 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 3,37 Mb. | | #113345 |
Bog'liq Pedagogik mahorat 3-son 2021 yilKey words: pereonyms, carriers, lexical system, linguoculturological, etymological, onomastic,
lexical-semantic, morphological.
Kirish. Dunyo tilshunosligida turli tizimdagi tillarning leksikoni, onamastikasini qiyosiy aspektda
oʻrganishga bag‘ishlanayotgan tadqiqotlar salmog‘i ortib bormoqda. Turli onomastik birliklar qatorida
pereyonimlarning tilda leksik-semantik, milliy-madaniy, badiiy matnda esa lingvostilistik, poetonimlik
xususiyatlarini, bir tildan boshqa bir tizimdagi tilga oʻzlashish omillarini, tarjimada oʻz asliyatini saqlab
qolish sabablarini aniqlash hozirgi tilshunoslik ilmi oldida turgan dolzarb vazifalardan biridir.
Oʻzbekiston milliy yuksalish yoʻlida dadil qadamlar bilan oldinlab borayotgan “Bugungi globallashuv
davrida har bir mustaqil davlat oʻz milliy manfaatini ta’minlash, bu borada, avvalo, oʻz madaniyatini, azaliy
qadriyatlarini, ona tilini asrab-avaylash va rivojlantirish masalasiga ustuvor ahamiyat qaratishi tabiiy” [1]
ekani tufayli mamlakatimizda til siyosati bilan bog‘liq keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu esa
oʻzbek tilshunosligi va chog‘ishtirma tilshunoslik sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarining ham yangi bosqichga
koʻtarilishiga sabab boʻldi, tilni antroposentrik nuqtayi shazardan oʻrganish zururiyati kuchaydi. Oldimizga
qator vazifalar bilan birga oʻzbek tilida paydo boʻlayotgan oʻzlashma soʻzlar tarkibida pereyonimlarni ham
aniqlash vazifasini qoʻydi. Oʻzbek tilshunosligida ayni paytgacha pereyonimlarning leksik-semantik,
lingvokulturologik xususiyatlari, etimologiyasi monografik tadqiq obyekti boʻlmaganligi tanlangan
mavzuning dolzarbligi va zaruratini belgilaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktyabrdagi “Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi
nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻg‘risida”gi PF-5850-sonli Farmoni, 2017-yil 12-
yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik
madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish boʻyicha komissiya tuzish toʻg‘risida”gi Farmoyishi, 2012-yil 10-
dekabrdagi “Chet tillarni oʻrganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻg‘risida”gi PQ-1875-
sonli, 2017-yil 17-fevraldagi “Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va
moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻg‘risida”gi PQ-2789-son Qarorlari, Vazirlar
Mahkamasining 2019-yil 12-dekabrdagi 984-sonli “Davlat tilini rivojlantirish departamenti toʻg‘risida nizomni
tasdiqlash haqidagi”, 2020-yil 29-yanvardagi 40-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
huzuridagi Atamalar komissiyasining faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻg‘risida”gi Qarorlari hamda
boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu dissertatsiya ilmiy
natijalari ma’lum darajada xizmat qiladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Key words: pereonyms, carriers, lexical system, linguoculturological, etymological, onomastic,
lexical-semantic, morphological
|