|
3 (79) 2021 pedagogik mahorat Pdf ko'rish
|
bet | 220/344 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 3,37 Mb. | | #113345 |
Bog'liq Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil3 (79) 2021
PEDAGOGIK MAHORAT
163
hissa qoʻshadi. Aviatsiya turli mintaqalar oʻrtasidagi aloqalarini amalga oshirish uchun ishlab chiqilgan eng
yosh va tezyurar yoʻnalish hisoblanadi. Shu bilan birga, bu eng qimmat sanoat.
Havo transporti Rossiya mamlakatning milliy iqtisodiyotining muhim qismidir. U bilan dori-
darmonlar va pochta, sanoat va oziq-ovqat mahsulotlari eng qiyin burchaklarda yetkazib beriladi.
Aviatsiya aviakompaniyaning eng mukammal rejimi ekanligini aytishga arziydi. Aviatsiya tufayli
insoniyat turli makonlarga kirishga muvaffaq boʻldi.
Havo transporti, shubhasizki, bir qator afzalliklarga ega. Birinchidan, u yuqori tezlikka ega. Shu bilan
birga, yoʻlovchilarni tashishda muhim manevrorliklarga erishiladi. Bundan tashqari, zamonaviy
aviakompaniyalar ancha uzoq masofalarda toʻxtovsiz parvozlarni ta’minlaydi. Havoda harakatlanuvchi
transport vositalari (samolyot, vertolyot, havo sharlari va h.z.) nomlari: “A – 310 samolyoti”, “Il – z86
samolyoti”, “Il – 76 samolyoti” kabilar.
Pereyonimlar turiga shartli ravishda, qishloq xoʻjaligi, qurilish texnikasiga berilgan atoqli otlarni ham
kiritish mumkin: “Keys”, “Belorus'”, “Altay” kabi.
Aytib oʻtish joizki, pereyonimlar jahon tilshunosligida ham, oʻzbek tilshunosligida ham kam tadqiq
qilingan mavzulardan hisoblanadi.
Ingliz, rus va oʻzbek pereyonimlarining leksik tizimi, etimologiyasi, nominatsion-motivatsion,
lingvomadaniy, semantik-grammatik, yasalish va tarjima xususiyatlari aniqlangan. Pereyonimlarning til
birligi sifatida nutqda qoʻllanish xususiyatlari jahon tilshunosligining eng soʻnggi yutuqlari asosida
dalillangan.
Ingliz, rus va oʻzbek pereyonimlari boʻyicha toʻplangan materiallar, umumlashma va xulosalar hozirgi
qiyosiy tilshunosligimiz uchun muhim ilmiy-nazariy ma’lumotlar berishi, “Leksikologiya”, “Matn
lingvistikasi”, “Hozirgi oʻzbek tili”, “Qiyosiy tilshunoslik” kabi fanlardan yaratilajak yangi darslik va
qoʻllanmalarning mukammallashuviga xizmat qilishi asoslangan.
Ingliz, rus va oʻzbek tilidagi pereyonimlarga xos leksik-semantik va dingvokulturologik xususiyatlari,
yasalish turlari, oʻzlashish omillarining aniqlanganligi turli tizimdagi tillarga aloqador boshqa onomastik
birliklarni ham qiyosiy-tipologik, lingvomadaniy aspektda oʻrganish imkonini berishi bilan belgilanadi.
Oliy va oʻrta maxsus, umumta’lim tizimida onomastik birliklar tizimining til va nutqdagi oʻrnini
anglash boʻyicha maxsus kurs va seminarlar oʻtish, “Hozirgi oʻzbek adabiy tili”, “Ingliz tili”, “Rus tili”
fanlarining onomastika, leksikologiya qismlari va “Qiyosiy tilshunoslik” fanlaridan darslik va oʻquv
qoʻllanmalar yaratish, shuningdek, ommaviy axborot vositalarida xorijiy tillarni oʻrganishga tashviqni
kuchaytirish uchun xizmat qilishi bilan izohlanadi.
Xulosa. Keltirilgan fikrlar va tahlillar asosida shuni aytish mumkinki, pereyonimlar masalasi
tilshunoslikda zamonaviy onomastikaning yoʻnalishi sifatida til va nutq sathini belgilab beradi. Qolaversa,
pereyonimlar tadqiqi nafaqat tilshunoslikning, balki, ishlab chiqarish bilan bog‘liq boʻlgan jarayondir.
Kelajakda pereyonimlarga oid izlanishlarning soni ortishi onomastikaning rivojlanishi bilan bir qatorda
jamiyat iqtisodiyotida tilning oʻrnini belgilab beradi.
|
| |