|
3 (79) 2021 pedagogik mahorat Pdf ko'rish
|
bet | 222/344 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 3,37 Mb. | | #113345 |
Bog'liq Pedagogik mahorat 3-son 2021 yilKey words: communicative culture, interactivity, future specialists, non-philological universities,
interactive methods.
Kirish. Barcha zamonlarda til bilish muhim boʻlib hisoblangan. Ayniqsa, hozirgi, ilm-ma’rifat, raqamli
iqtisodiyotni rivojlantirish, axborot va innovatsion texnologiyalar asrida uning ahamiyati yanada oshib
bormoqda. Ilm-u fan yutuqlaridan boxabar boʻlish, turli sohalarda qoʻllaniladigan zamonaviy texnika va
texnologiyalarni oʻzlashtirish, xorijiy hamkor tashkilotlar bilan oʻzaro tajriba almashish, davlat va
jamiyatning ijtimoiy buyurtmasidan kelib chiqib, turli soha mutaxassislarining xorijiy tillarda oʻz kasbiy
sohalarida erkin muloqot yurita olishlari kabi jihatlarga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Asosiy qism. Mamlakatimizda kechayotgan globallashuv sharoitida ilg‘or pedagogikani rivojlantirish,
OTMning nofilologik yoʻnalishlarida xorijiy tillarni oʻqitish metodikasini takomillashtirish, fan-texnika va
uning ishlash texnologiyasini mukammal egallagan mutaxassislarni tayyorlash masalalari alohida oʻrin
egallaydi. “Kelgusi yilda fizika va chet tillarini oʻrganishning ustuvor yoʻnalish etib belgilanishi, shu
maqsadda kelgusi yilda ta’limning barcha boʻg‘inlarida ushbu fanlarni oʻqitish sifatini tubdan oshirish
lozimligi” boʻlajak mutaxassislarning kasbiy va madaniy aspektda kommunikativ kompetentligini
rivojlantirish modelini interaktivlik, lisoniy tafakkur va kommunikativlik mezonlari integrallashuvi asosida
takomillashtirish kabi muhim vazifalarni belgilaydi.
Ta’lim tizimida olib borilgan islohotlar natijasida uzluksiz ta’limda chet tillarni samarali oʻqitish tizimi
joriy etildi. Amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda bugungi kunda ingliz tilini samarali va tizimli oʻqitish
sifatini oshirish zarurati mavjud. Binobarin, xalqaro ta’limiy dasturlar qamrovining jadallik bilan ortib
borishi ham zamonaviy sharoitda talabadan ingliz tilini nafaqat kasbiy nuqtayi nazardan, balki muloqotning
akademik sohasi sifatida foydalanish koʻnikmasiga ega boʻlishni talab etadi.
Nofilologik yoʻnalishlarda ishlashning amaliy tajribasi bizni yuqoridagi fikrlarni hisobga olishga va
lingvodidaktika masalalarini koʻrib chiqishga undaydi. Ma’lumki, lingvodidaktika til oʻrganishning umumiy
nazariyasidir [5, 118]. U didaktik maqsadlar, vazifalar va oʻrganilayotgan materialning xususiyatiga qarab
tillarni oʻqitishning umumiy qonuniyatlarini, ma’lum bir tilni oʻqitishning mazmuni, uslubi va vositalarini
oʻrganadi. D.V.Bulatovaning fikriga koʻra, didaktika chet tillarini oʻqitish nazariyasining metodologik asosi
sifatida namoyon boʻladi [4, 48]. Shundan kelib chiqib, talablar asosida, kasbiy ehtiyojlar va ijtimoiy
ta’limni hisobga olgan holda chet tillarni oʻqitish metodikamizni takomillashtirishimiz kerak.
|
| |