PEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021
162
Pereyonimlar – yunoncha – “periov” soʻzidan olingan boʻlib, “harakatlanish vositasi” degan ma’noni
bildiradi. Onomastik birliklarning ushbu turiga har qanday transport vositalarining alohida donasiga berilgan
atoqli otlar kiradi.
Transport (lot. transporto — tashiyman) — ijtimoiy moddiy ishlab chiqarish tarmog‘i, yuklarni va
yoʻlovchilarni bir joydan
ikkinchi joyga eltishni, mamlakat viloyat va tumanlari, korxonalari, xalq xoʻjalik
tarmoqlari oʻrtasida,
shuningdek, mamlakat ichida ayirboshlash va aloqani ta’minlaydi.
Quyidagi transportlar mavjud: yer usti transporti (temir yoʻl, avtomobil, quvur yoʻllari), suv transporti
(dengiz va daryo), havo transporti (aviasiya). Vazifasiga koʻra ichki ishlab chiqarish (sanoat) transportiga va
umumiy foydalaniladigan transportga boʻlinadi. Bu transport turlari bilan bir qatorda shaxsiy
foydalaniladigan avtotransportlar ham mavjud. Vazifasi xususiyatiga koʻra yoʻlovchilar va yuk tashuvchi
transportiga boʻlinadi. Ichki ishlab chiqarish transporti bevosita moddiy ne’matlar
ishlab chiqarish
jarayoniga xizmat qiladi va korxona ishlab chiqarish vositalarining tarkibiy qismi hisoblanadi. Umumiy
foydalaniladigan transport (yer usti, suv va havo) ijtimoiy ishlab chiqarishda muhim sohani tashkil etadi.
Umumiy foydalaniladigan transportining moddiy ishlab chiqarish tarmog‘i sifatida paydo boʻlishi sanoat
toʻntarishi bilan bog‘liq.
Mamlakatlar oʻrtasida tashqi savdoning oʻsishi dengiz kemachiligining rivojlanishiga turtki berdi.
Avtotransport 19-asrning oxirida paydo boʻldi, 20-asrning 20-yillarida qisqa masofaga yuk va yoʻlovchilar
tashishni amalga oshirib, temiryoʻl va daryo transport bilan raqobat qila boshladi. Fuqaro havo transporti 20-
asrning 1-choragida vujudga keldi.