3 (79) 2021 pedagogik mahorat




Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet226/344
Sana07.12.2023
Hajmi3,37 Mb.
#113345
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   344
Bog'liq
Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil

Asosiy qism. Yaqin oʻtmishda ingliz tilini oʻqitishda asosan grammatikaga e’tibor berilardi. Oʻqish va 
matnlar tarjimasiga, ba’zan esa bir xillikni biroz boʻlsada jonlashtirish uchun “topik”larni yod olish hamda 
diktant yozishga juda koʻp vaqt ajratilardi va mazkur jarayon mashaqqatli mehnatni talab qiladi. Bugun til 
bozorida asosiy taklif iste'molchining talabiga qarab shakllantirilmoqda. Lingvistika va xorij tillarini oʻqitish 
metodikasi boʻyicha yetuk mutaxassis S.G.Ter-Minasovaning fikricha, “Bugungi kunda tilni oʻqitish 
funksionnallashib, integratsiya jarayonlarining kuchayishi natijasida xorij tillari, xususan, ingliz tilini 
oʻrganish yanada dolzarb ahamiyat kasb etdi. Ammo zamonaviy til oʻrganuvchilarni tilning tarixi yoki uning 
nazariyasi qiziqtirmaydi. Ingliz tili ular uchun hayotiy ehtiyojlarini qondirish uchun zarur boʻlib qoldi” [1]. 
Ta’lim muassasasi oʻquv jarayonida oʻqitishning zamonaviy metodlari keng qoʻllanilmoqda. 
Oʻqitishning zamonaviy metodlarini qoʻllash oʻqitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib 
keladi. Ta’lim metodlarini tanlashda har bir darsni didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga 
muvofiqdir [2]. 
Barkamol avlodga ta’lim–tarbiya berish va malakali kadrlarni tayyorlash koʻp jihatdan oʻqituvchi-
pedagogga bog‘liq. Malakali pedagog yuksak kasbiy mahorat, bilim–koʻnikmalar, axborot kommunikasion 
texnologiyalardan foydalana oladigan, ta'lim texnologiyalarini oʻquv mashg‘ulotlarida maqsadli 
qoʻllaydigan, oʻquv mashg‘ulotining mazmuniga, sifatiga javob beradigan ma'sul shaxsdir. Ta’lim 
oluvchilarni faollashtiradigan metodlar bilan oʻquv mashg‘ulotlarni boyitish ularni oʻzlashtirish darajasining 
koʻtarilishiga olib keladi. Buning uchun dars jarayonining oqilona tashkil qilinishini, ta’lim beruvchi 
tomonidan ta’lim oluvchining qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonidagi faolligini muttasil 
rag‘batlantirib borish talab qilinadi [3]. 
Muallif oʻz ishida, zamonaviy darsda oʻqituvchi – hukmron, axborot beruvchi yagona manba emas, 
balki K.Rojeres (AQSh) ta’kidlaganidek fasilitator, ya’ni talabalarni mustaqil oʻqib-oʻrganishlarini 
osonlashtiruvchi, ularga qulay sharoit yaratuvchi shart boʻlishi lozim deb ta’kidlagan [4]. 
Muallif, ingliz tilining Britaniya va AQSh variantlaridagi grammatik farq fonetik, leksik va boshqa 
jihatdan qaralganda juda oz va sezilarsiz darajada ekanligini oʻrgangan. Britaniya tadqiqotchilari 400 yil 
avval “Yangi dunyolarga ingliz tili” deb nomlanuvchi kulguli tilni olib kirganidan soʻng koʻp narsa oʻzgarib 
ketdi. Odamni chalg‘ituvchi qism lug‘at boyligi boʻlib, ayni inglizcha soʻzlar AQShda oʻzgacha ma’noni 
anglatadi [5]. 
Ushbu adabiyotda respublikamiz oliy oʻquv yurtlari, nodavlat oʻquv muassasalarida bugungi kunda 
keng qoʻllanilayotgan ingliz tilini oʻqitishning zamonaviy metodlari aniqlanib, fundamental, 
lingvososiomadaniy, kommunikativ metodlar qiyosiy tahlil etilgan, ularning ta’lim jarayonidagi oʻrni va 
ahamiyati koʻrsatilgan [6]. 
https://buxdu.uz



Download 3,37 Mb.
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   344




Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish