• 3 (79) 2021 PEDAGOGIK MAHORAT
  • Developing of communicative culture technology (DCCT)
  • Portfolio of pedagogical ideas of professional development (PPIPD)
  • Developing language skills strategy (DLSS)
  • 3 (79) 2021 pedagogik mahorat




    Download 3,37 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet223/344
    Sana07.12.2023
    Hajmi3,37 Mb.
    #113345
    1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   344
    Bog'liq
    Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil

    Muhokamalar va natijalar. Boʻlajak mutaxassislarning kommunikativ madaniyatini rivojlantirishda 
    ingliz tili darslarining imkoniyatlari juda keng hisoblanadi. Ayniqsa, ingliz tili darslarida, boʻlajak oliy 
    ma’lumotli mutaxassis kadrlarning kasbiy faoliyatiga oid ingliz tilidagi kommunikativ madaniyatni 
    rivojlantirishga qaratilgan interfaol metodlardan foydalanish yuqori natija beradi. Quyida ana shunday 
    interfaol metodlardan ingliz tili darslarida qoʻllash boʻyicha tavsiyalar berilgan [8, 66]. 
    Darsning texnologik xaritasi oldindan loyihalashtirilgan boʻlib, darsning turli bosqichlarida har xil 
    interfaol metodlardan foydalanish yoʻriqnomasi shakllantiriladi. 
    Interfaollik asosida darsni tashkil etish shunday kechadiki, bu jarayonda birorta ham talaba chetda 
    qolmaydi, ya’ni ular koʻrgan, bilgan, oʻylagan fikrlarini ochiq-oydin bildirish imkoniyatiga ega boʻladilar. 
    Talabalar hamkorlikda ishlashda, mavzu mazmunini bilish, oʻzlashtirishda oʻzlarining shaxsiy hissasini 
    qoʻshish imkoniyatiga ega boʻladilar [6, 109]. Oʻzaro bilimlar, g‘oyalar, fikrlarni almashish jarayoni sodir 
    boʻladi. Bunday holatlar oʻzaro samimiylikni ta’minlaydi, yangi bilimlar olish, oʻzlashtirishga havas ortadi, 
    https://buxdu.uz


    3 (79) 2021 
     PEDAGOGIK MAHORAT 
    165 
    shu jarayonda bir-birlarini qoʻllab-quvvatlash, oʻzaro doʻstona munosabatlar vujudga keladi [7, 8-12]. 
    Buning tarbiyaviy ahamiyati katta. Demak, interfaol darslarni tashkil qilishda oʻquv jarayonida yakka 
    tartibda va juft boʻlib ishlash, guruhlarda ishlash, izlanishga asoslangan loyihalar, rolli oʻyinlar, axborot 
    manbalari bilan ishlash, ijodiy ishlashdan foydalanish mumkin. 
    Ingliz tili fanini oʻqitish jarayonida talabalarda kommunikativ madaniyatni rivojlantirish boʻyicha 
    quyidagi metodlardan foydalanish tavsiya etiladi: 
    1. Developing of communicative culture technology (DCCT) – kommunikativ madaniyat 
    texnologiyasini rivojlantirish. Bu metod murakkab, koʻp tarmoqli boʻlib, mumkin qadar muammoli 
    mavzularni qisqa vaqtda sifatli va tizimli oʻzlashtirishga qaratilgan. Metodni qoʻllash texnologiyasining 
    mohiyati shundan iboratki, bunda boʻlajak oliy ma’lumotli, mutaxassis kadrlarning, kasbiy faoliyatiga oid 
    ingliz tilidagi kommunikativ madaniyatini rivojlantirishning turli tarmoqlari boʻyicha innovatsin axborotga 
    ega boʻladi. Ayni paytda ularning alohida elementlari muhokama etiladi. Masalan, ijobiy va salbiy tomonlari, 
    afzallik va kamchiliklari belgilanib, guruhning jamoaviy muzokara mobaynidagi fikrlar asosida qaror qabul 
    qilinadi. Bu esa boʻlajak oliy ma’lumotli mutaxassis kadrlarning kasbiy faoliyatiga oid ingliz tilidagi 
    kommunikativ madaniyatini rivojlantirishga muhim omil boʻlib xizmat qiladi. 
    2. Portfolio of pedagogical ideas of professional development (PPIPD) – mutaxassislarni 
    rivojlantirishning pedagogik fikrlar portfoliosi. Bunda, fikrlash jarayonida ma’lumotni oliy ma’lumotli 
    mutaxassis kadrlar idrok qilish uchun qulay shaklda – mantiqiy va assosiativ sxemalarda aks ettirishning 
    grafik usuli boʻlib, murakkab mavzularni maksimal oʻzlashtirish va tushunish, loyihalar yaratish va oʻquv 
    nazoratlarga a’lo darajada tayyorlanishga yordam beradi. Ushbu metod mutaxassislarning kommunikativ 
    madaniyatini rivojlantirish jarayonida mustaqil fikrlashiga, oʻz fikrlarini erkin bayon etishga, hamda ularda 
    kasbiy faoliyatiga oid ingliz tilidagi kommunikativ madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan boʻlib, odatda, 
    bunday metodlar, oʻquv mashg‘ulotlarda boʻlajak mutaxassislarni kichik guruhlarga ajratgan holda 
    oʻtkaziladi. 
    3. Developing language skills strategy (DLSS) – tilni bilish strategiyasini rivojlantirish. Ushbu metod, 
    tilni bilish strategiyasini rivojlantirish, og‘zaki bayon qilishning interfaol metodi boʻlib, boʻlajak oliy 
    ma’lumotli, mutaxassis kadrlarning kasbiy faoliyatiga oid, ingliz tilidagi kommunikativ madaniyatini 
    rivojlantirishdan kelib chiqqan holda bilimlarni asta-sekin oʻzaro fikrlashib oʻzlashtirishlariga olib keluvchi 
    puxta oʻylangan savollar tizimidir. Takrorlash, mustahkamlash va yangi bilimlarni bayon qilishda 
    qoʻllaniladi. Bu savollarni qoʻllash jarayonida pedagogning bitta savoliga talabalar bitta aniq toʻg‘ri javob 
    berishlari kerakligi nazarda tutiladi [9, 1416-1421]. 

    Download 3,37 Mb.
    1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   344




    Download 3,37 Mb.
    Pdf ko'rish