|
3 (79) 2021 pedagogik mahorat Pdf ko'rish
|
bet | 227/344 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 3,37 Mb. | | #113345 |
Bog'liq Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil3 (79) 2021
PEDAGOGIK MAHORAT
167
Muhokamalar va natijalar. Umumta’lim maktablarida olib borilgan tadqiqot ishimizning birinchi
bosqichida tizimli dastur materiallarini oʻrganish davrida oʻquvchilarning ingliz tili faniga qiziqishlarini
orttirish samarali natijalar berishi aniqlandi.
2010-2020-oʻquv yillari davomida pedagogik tajriba–sinov bosqichlari va uning yakunlovchi turi
oʻtkazildi. Oʻtkazilgan pedagogik tajriba–sinovlar Termiz shaxridagi 11- hamda 13 - sonli umumta’lim
maktablarida 5 “A”, 6 “A”, 7 “A” sinflari tajriba, 5 “B”, 6 “B”, 7 “B” sinflari nazorat sinflari qilib tanlandi.
Tajribali oʻqitish olib borilgan umumta’lim maktablarining tayanch tajriba (5 “A”, 6 “A”, 7 “A” sinflari
tajriba, 5 “B”, 6 “B”, 7 “B” sinflari nazorat) sinflaridagi natijalar, nazorat sinflardan olingan natijalar bilan
solishtirilib borildi.
Tajriba-sinov ishlarida 366 nafar oʻquvchi ishtirok etdi: shundan tajriba sinflarida 180 nafar va nazorat
sinflarida 186 nafar oʻquvchi.
Mashg‘ulotlar dissertatsiyaning metodik ishlanmalari asosida umumiy oʻrta ta’lim maktablarining ingliz
tili fani oʻqituvchilari tomonidan olib borildi.
Tajriba va nazorat sinfi oʻquvchilarining faoliyatini yakuniy darajasini oʻrganish uchun asoslovchi va
yakunlovchi bosqich natijalari qiyosiy tahlil etildi.
Oʻtkazilgan tajriba-sinov ishlari va olingan natijalar asosida quyidagicha xulosaga keldik:
1. Ingliz tili fanini rivojlantirish maqsadida ishlab chiqilgan model biz ilgari surgan farazni toʻliq
tasdiqlaydi.
2. Ishlab chiqilgan model va didaktik shart-sharoitlarga muvofiq ingliz tili fanini rivojlantirishning
samaradorlik mezonlari belgilandi.
3. Oʻtkazilgan shakllantiruvchi tajriba-sinov ishlari asosida mezonlar boʻyicha quyidagi natijalar qayd
etildi:
a) kognitiv mezon – ingliz tili boʻyicha oʻquvchilarning bilim darajasi quyidagi: tajriba sinflarida: sifat
koʻrsatgichi – 28,75 % dan 36,45% gacha;
oʻzlashtirish koʻrsatgichi - 70,84% dan 100% gacha; oʻrtacha ball – 3,2 dan 4,05 gacha oʻsdi; nazorat
sinflarida: sifat koʻrsatgichi – 24,55 % dan 30,28% gacha; oʻzlashtirish koʻrsatgichi – 69,25% dan 98%
gacha; oʻrtacha ball – 3,00 dan 3,95 gacha oʻsdi (1-jadval).
|
| |