PEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021




Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet214/344
Sana07.12.2023
Hajmi3,37 Mb.
#113345
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   344
Bog'liq
Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil

PEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021 
158 
Bir nafas qayg’udin ozod aylang. 
Shoxlap nodiri, atvor ichra, 
Nuktayu diqqati ash’or ichra. 
Qildi chun tangri muloyim oni,
Asragay hifzida doim oni. 
Ruxparvar so‘zi bo‘lsun o‘zidek, 
Ruhgustar o‘zi bo‘lsun so‘zidek . 
Uning o‘zbekcha va forsiy tilda yozilgan g’azallari o‘ziga xos ravon ifoda uslubi, lafziy va ma'naviy 
qusurlardan xoliligi, badiiy vositalarga boyligi, poetik ohangdorligi bilan ajralib turadi. 
Shu o‘rinda yana bir holatni qayd etib o‘tish lozim. G’aribiy ijodida ko‘ngul timsoli muhim o‘rin 
tutadi. Shoir devonida ko‘ngilga murojaat tarzida yozilgan beshta g’azal mavjud. Bu g’azallarning deyarli 
barchasi ahli zamondan ozor ko‘rgan, vafo istagan shoirning iztiroblari aks etgan misralar bilaan boshlangan: 
Bir zamonliq hajr, holing qildi darham, ey ko‘ngul, 
Hajr ko‘proq bo‘lsa vah, netkungdur ul dam, ey ko‘ngul. 
Shoirning fikricha, odam avlodiga jon berish bilan undan vafo talab qilib bo‘lmaydi. Odam nasli 
baribir vafo qilmaydi.Ul pariruxsor sening hamdamligingni istamasa ham unga hamdam bo‘lishga 
intilishingdan ma'ni qani, biror zamon shod-xurram ko‘rmadim deb ko‘ngilga tanbeh beradi: 
Odam avlodig’a jon berma tama' aylab vafo,
Kim vafo qilmaskishiga nasli odam, ey ko‘ngul. 
Ul pariruxsorachun hamdamlig’ingni istamas,
Istamak ne sudo‘zingni anga hamdam, ey ko‘ngul. 
Go‘yi g’am chekmakuchun maxluk, o‘lubsenkim seni,
Ko‘rmadim har zamone shodu xurram, ey ko‘ngul. 
G’azalning keyingi baytlarida shoir ul go‘zalning begonaga aylanganligi, buning uchun g’am 
yemaslikni, zero, dahr aro husn ahli ko‘pligini, sanam qanchalik zulm o‘tkazmasin, uni tark etmaganligini 
ta'kidlaydi: 
Tarki mehr aylabagar begona bo‘ldi ul pari, 
Husn axli dahr aro ko‘ptur, yema g’am, ey ko‘ngul. 
Har necha zulm ayladi ul sho‘x, tarkin tutmading, 
Ishq atvori sengabordur musallam, ey ko‘ngul. 
Tinmading ishq ichra birdam to G’aribiydek meni,
Qilmading ushshoq, aro rasvoi olam, ey ko‘ngul. 
Shoirning ko‘ngil timsoli aks etgan boshqa g’azallari ham mavzu ko‘lami, fikr ifodalash uslubiga 
ko‘ra bir-biridan deyarli farq qilmaydi.Shoirning “Forig’ erdi bir necha kun ishqidin shaydo ko‘ngul,Qaydin 
etti sen pari savdosini paydo, ko‘ngul?” matla'li g’azalida ham ko‘ngilga murojaat qilish bilan oshiq ichki 
kechinmalari, ruhiy holati hamda buing sababchisi bo‘lgan yor tasviri aks etgan: 
Bedilu devona bo‘lsam do‘stlar, ne aybkim, 
Oldi mendin bir paripaykar malaksiymo, ko‘ngul. 
Xo‘blarg’a boqmayu bermay ko‘ngulkim, ishq apo,
Muncha kelturgan balo boshimg’a ko‘zdur, yo ko‘ngul. 
Keyingi misralarda o‘z ahvolini, ishq tufayli shu ahvolga tushib qolganligini tavsiflagan shoir 
o‘quvchiga murojaat qiladi, o‘zini ibrat qilib ko‘rsatish bilan kitobxonni bu holga tushib qolishdan ehtiyot 
bo‘lishga chaqiradi: 
Desangizkim bo‘lmag’aysiz men kibi rasvoi xalk, 
Har vafosiz dilrabog’a bermangiz aslo ko‘ngul. 
Mushk ila teng etmangiz zulfinki hargiz qilmag’ay,
Ikki olamg’a aning bir torini savdo, ko‘ngul. 
Mehnatingdin qong’a evrulgay teshilib, la'ldin,
Gar meni bedilg’a bo‘lsa, filmasal, xoro, ko‘ngul. 
G’azalning oxirgi baytida shoir o‘ziga murojaat qiladi, hayotida qanchalik balolarga duch kelgan 
bo‘lsa, ularning barchasi ko‘ngil amriga quloq tutganligi tufayli sodir bo‘lganligini, ishq yo‘lida biror oshiqni 
ko‘ngil o‘zichalik rasvo qilmaganligini ta'kidlaydi: 
Ey G’aribiy, ne balolarkim ko‘nguldin ko‘rmading?
Hech oshiqni bu yanglig’ qilmadi rasvo, ko‘ngul. 

Download 3,37 Mb.
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   344




Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish