|
PEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021 Pdf ko'rish
|
bet | 216/344 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 3,37 Mb. | | #113345 |
Bog'liq Pedagogik mahorat 3-son 2021 yilPEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021
160
Ko‘ngluma bir gul firoqidin tikonlar sanchilur.
Shoirning ta’rifida ul yomon fe’lli yorning oshiqqa qiynoqlarni kamaytirish o‘rniga tobora
oshirganligi, natijada oshiq ko‘z yoshlaridan har yoqqa muhabbat urug’lari sochilganligi o‘z badiiy ifodasini
topgan:
Hech bilmasmen netay ul sho‘xi badxo‘ birlakim,
Har necha desam jafo oz qil, menga ko‘proq qilur.
Juz giyohi g’ussa ko‘yidin G’aribiy butmagay,
Garchi ashkingdin muhabbat tuxmi har yon sochilur.
Xulosa, qilib aytganda, mumtoz adabiyotimiz tarixida temuriy ijodkorlar orasida Shoh G’arib Mirzo
G’aribiy ijodining o‘ziga xos o‘rganilmagan xususiyatlari bor ekanligi muhim ahamitga egadir.
Adabiyotlar
1. Alisher Navoiy. Xazoyin ul-maoniy. 6-tom. -Toshkent, 1990. 475-bet.
2. Adizova I. O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi (XVI-XIX asr I yarmi). -Toshkent: “Fan”, 2009. -B.31.
3. Kulliyot [Matn] / B.Mashrab. - Toshkent: “Muharrir nashriyoti”, 2017. -B.14.
4. Ochilov E. Barhayot siymolar. -T.: “O‘zbekiston”, 2012. -B.20.
https://buxdu.uz
3 (79) 2021
PEDAGOGIK MAHORAT
161
Nozgul SIDIQOVA
Buxoro muhandislik – texnologiya
instituti oʻqituvchisi
TILSHUNOSLIKDA PEREYONIMLARNING SHAKLLANISH ASOSLARI
Ushbu maqola pereyonimlar quruqlikda yurishga, suvda suzishga, havoda uchishga moslab
yaratilgan harakatlanuvchi transport vositalarining atoqli nomlariga bag‘ishlangan.
Kalit soʻzlar: pereyonimlar, transport vositalari, leksik tizimi, lingvokulturologik, etimologiya,
onomastik, leksik-semantik, morfologik.
Статья посвящена всем известным перийонимам - названиям мобильных транспортных
средств, которые предназначены для ходьбы по суше, плавания в воде, полета в воздухе.
Ключевые слова: переонимы, носители, лексическая система, лингвокультурологический,
этимологический, ономастический, лексико-семантический, морфологический.
This article is devoted to the well-known names of mobile vehicles, which are designed for walking on
land, swimming in water, flying in the air.
|
| |