|
Yong’oq va tosh bilan bog’liq o‘yinlar Pdf ko'rish
|
bet | 209/344 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 3,37 Mb. | | #113345 |
Bog'liq Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil3. Yong’oq va tosh bilan bog’liq o‘yinlar. Maxmud Qoshg’ariyga ko‘ra, turkiy xalqlarda yong’oq va
tosh bilan bilan bog’liq bolalar o‘yini keng tarqalgan bo‘lib, u bu haqida shunday yozadi: “Kochurma oiun” -
o‘n to‘r degan o‘yindir”. Yerga qo‘rg’onga o‘xshatib to‘rt chiziq chizib, unga o‘nta eshik qilinadi-da,
yumaloq tosh, yong’oq tashlab o‘ynaladi”. Unga ko‘ra, bolalar yong’oq o‘ynaydigan chuqur joy - atich deb
atalgan [2, 31].
4. Kech tushganda o‘ynaladigan o‘yin. Bolalar o‘yinlari orasida kunduzgidan tashqari kechasi
o‘ynaladigan o‘yinlar ham bo‘lganligini Mahmud Qoshg’ariy quyidagicha izohlaydi: “Qaranguni–
bolalarnig kechasi o‘ynaydigan bir xil o‘yinning nomi” [1, 452].
5. Suyak bilan bog’liq o‘yinlar. Mahmud Qoshg’ariyga ko‘ra, bolalar o‘yinlari orasida suyak bilan
bog’liq o‘yinlar keng tarqalgan. Bu o‘rinda to‘piq o‘yini haqida yozar ekan: “U men bilan otishda
bahslashdi”, degan misolni keltiradi. Bunday to‘piq o‘yini keyingi davrlarda ham bo‘lgan. Ma’lumotlarga
ko‘ra, to‘piq o‘ynalganda suyak berkituvchi kishi to‘piqni hamma vaqt yonida olib yurishi shart bo‘lib, bir
necha oydan keyin bo‘lsa ham, hammomga o‘xshash nozik joyda bo‘lsa ham so‘ralgan hamon mana deb
ko‘rsatib berishi lozim bo‘lgan. Shuning uchun to‘pq osib yurish odat bo‘lgan bo‘lishi mumkin [3, 261].
To‘piq o‘yini xususida o‘zbek tilining izohli lug’atida - so‘ralganda, darhol ko‘rsatish sharti bilan, berib
o‘ynaladigan pisandali o‘yin. To‘piq o‘ynab bitta o‘tirishga tushdim” [1, 198].
Shuningdek Mahmud Qoshg’ariy odatda qo‘y oshig’i vositasida o‘ynaladigan oshiq otish o‘yini
haqida ham ma’lumot keltiradi: “Po‘k - o‘yinda oshiqning orqasi bilan tutishi. Buni chik-po‘k deyiladi” [10,
251]. Qizig’i shundaki, Mahmud Qoshg’ariy davridagi mazkur so‘z ham va oshiq otish ham o‘zgarishga
uchramagan. O‘zbek tilining izohli lug’atida bu haqida quyidagicha izoh berilgan: “Chikka - oshiqning ichi
chuqur tomoni sirtiga qaragan vaziyati; pukkaning aksi. Oshiq dumalaydi pukkami, chikka. S. Akbariy” [3.
144].
Umumiy olganda, Markaziy Osiyo xalqlarida qadimdan oshiq bilan bog’liq o‘yinlar keng tarqalganligi
ilmiy adabiyotlarda ham ko‘p bor ta’kidlab o‘tilgan [11].
Farg’ona vodiysining qadimgi poytaxt shaharlaridan biri bo‘lgan Qubo (Quva) shahristonida 1996-
2008-yillarda olib borilgan arxeologik qazishmalar chog’ida IX-XII asrga mansub madaniy qatlamlarda turli
xil sopol buyumlar bilan bir qatorda qo‘y suyaklaridan o‘ynash uchun ishlangan oshiqlar ham ko‘p topilgan
edi. Albatta, bunday topilmalar sopollardek tarixiy ahamiyatga ega bo‘lmasada, biroq elshunoslik nuqtayi
nazaridan qaraydigan bo‘lsak, o‘sha davrlarda bolalar o‘yinlari orasida oshiq bilan bog’liq o‘yinlarni keng
tarqalganligini ko‘rsatadi.
|
| |