• Muhokamalar va natijalar.
  • 2. Koptok bilan bog’liq o‘yinlar.
  • PEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021




    Download 3,37 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet208/344
    Sana07.12.2023
    Hajmi3,37 Mb.
    #113345
    1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   344
    Bog'liq
    Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil

    PEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021 
    154 
    tarzida kechganda esa, og’ir mehnat tufayli horg’in va alamli tuyg’ularini g’amgin shaklada ifoda etganlar 
    [7, 273].
    Abu Nasr Farobiy, Mahmud Qoshg’ariy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy, 
    Bobur, Zayniddin Vasofiy, Kaykovus singari ulug’ allomalar asarlarida ham bolalar hamda folklor 
    o‘yinlarga doir juda ko‘p ma’lumotlar uchraydi [5, 249]. 
    X-XII asrlarga taalluqli bolalar o‘yinlari qanday bo‘lganligini bilish uchun biz shu davrga yaqin 
    zamonda yashab o‘tgan Mahmud Qoshg’ariy asarida keltirilgan ma’lumotlardan foydalanishni lozim ko‘rdik. 
    Zero , ular yashagan davrlari borsa bir asrgina farq qilgan holda bolalar o‘yinlari ham bir-biridan deyarli farq 
    qilmagan bo‘lsa kerak. Chunonchi, turkiy xalqlardagi bolalar o‘yinlariga doir tadqiqotlar shuni 
    ko‘rsatmoqdaki, asrlar o‘tsa-da, o‘yinlarning ayrimlari deyarli o‘zgarishga uchramay saqlaninb qolgan [5, 
    106].
    Folklorshunos olim G’.Jahongirov ta‘kidlashicha, “Devonu lug’otit turk” asarida150 ga yaqin milliy 
    o‘yinlar haqida ma’lumot keltirilgan bo‘lib 20 dan ortiq bolalar o‘yini tavsif qilingan [8]. 
    Muhokamalar va natijalar. Maxmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’otit turk” asarida keltirilgan 
    bolalar o‘yinini ijro uslubi, vaqti undagi o‘yin ashyolarining turiga k o‘ra quyidagicha tasniflash mumkin. 
    1. Yog’och bilan bog’liq o‘yinlar. Bandal - bosh qismi cho‘moqdan yog’och. Uning uchini yondirib, 
    kechasi bolalar bir-birlariga o‘qtalib o‘ynaydilar. Buni “ot bandal” deydilar. Cholgan o‘yinida o‘ynaladi. 
    2. Koptok bilan bog’liq o‘yinlar. Maxmud Qoshg’ariyga ko‘ra, pishitilgan ip koptogi arg’uchada 
    tushrum deb atalgan [1, 447]. Koptok bilan bog’liq o‘yin to‘risida u shunday yozadi: “Tuldi-urdi, o‘ynadi. Er 
    tobiqni azri bilan tuldi - Er koptokni ayri bilan urdi. Bu turklarga xos o‘yinning bir turi bo‘lib, o‘yinchilar 
    oldin o‘zdan boshlashini istasa, u koptokni shunday ayri bilan uradi. Koptokni kim qattiq ursa, o‘yin o‘sha 
    kishidan boshlanadi. 

    Download 3,37 Mb.
    1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   344




    Download 3,37 Mb.
    Pdf ko'rish