|
PEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021 Pdf ko'rish
|
bet | 201/344 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 3,37 Mb. | | #113345 |
Bog'liq Pedagogik mahorat 3-son 2021 yilPEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021
150
shoir jahon adabiyoti tarixida kamdan-kam topiladi. Ona tiliga muhabbat, uning beqiyos boyligi va
buyukligini anglash tuyg‘usi ham bizning ong-u shuurimiz, yuragimizga, avvalo, Navoiy asarlari bilan kirib
keladi. Biz bu bebaho merosdan xalqimizni, ayniqsa, yoshlarimizni qanchalik koʻp bahramand etsak, milliy
ma’naviyatimizni yuksaltirishda, jamiyatimizda ezgu insoniy fazilatlarni kamol toptirishda shunchalik
qudratli ma’rifiy qurolga ega boʻlamiz.
Navoiy oʻz ijodida 26 035 dan ortiq soʻzni ishlatganligi bizga ma’lum. Bunday katta hajmdagi
ma’naviy xazina korpusga jamlansa, nazmiy asarlarda bugungi zamon g‘azalxoni uchun tushinish qiyin
boʻlgan soʻzlarga osonlik bilan javob topiladi. Bu esa mumtoz adabiyotimizga aholining juda keng qatlamini
tushunishi va qiziqishini yanada kuchaytiradi.
Nаvоiy shе’riyatining аsоsiy qismini g‘аzаllаr tаshkil qilаdi. G‘аzаlchilikdаgi bu dаvr oʻzbеk
аdаbiyotining hаqiqiy bоshlаng‘ich dаvri, koʻtаrilish dаvri edi. Nаvоiy g‘аzаllаridа Shаrq аdаbiyoti
аn’аnаlаridаn ijоdiy fоydаlаnаdi, oʻzi hаm g‘аzаlchilikdа yangichа oʻzgаrish kаshf etаdi. Nаvоiy lirikаsi u
yashаb ijоd etgаn tаrixiy dаvr vа shаrоit bilаn chаmbаrchаs bоg‘liq. Shu jihatdan ham aniq aytishimiz
mumkinki, Navoiyning ijodiy merosidagi soʻz gavharlarini mazmunan anglash juda ham muhim masaladir.
Alisher Navoiyning “Badoy’e ul-vasat” devonida uchraydigan izohtalab soʻzlar korpusga jamlanishi
milliy tilshunosligimizning yanada rivojlanishida muhim vosita boʻladi. Devondagi soʻzlarni tahlil qilish
jarayonida bir soʻzning oʻnlab ma’nolarda kelishiga guvoh boʻlamiz, bunday noyob hodisa Navoiyning soʻz
mulkining sultoni ekanligidan dalolat bersa, ikkinchi tomondan soʻz imkoniyatlarimizning naqadar keng
koʻlamli ekanligini belgilaydi. Devonda uchraydigan ahl, dahr, mehr, la’l, lutf, quyosh, jins, jism, jola, jom,
jon, bahra, mavzun, majma’, mazbut, mamlu, mezon, misol, nazar, nasm, na’l, naql, noʻsh, naqsh, nesh,
nigor, ovuch, odat, ozoda, ozor, oy, oyin, savod, sarv, safo, safha, saqat, siym, sin, sipah, sifat, timsol, tig‘
kabi soʻzlarning oʻnlab ma’nolari mavjudki, g‘azallar ma’nosini tahlil qilishda mazkur soʻzlarning asl
ma’nolarini topish uchun Alisher Navoiy asarlari tilining 4 jildlik izohli lug‘atidan izlab topish ancha vaqtni
egallaydi. Masalan, la’l soʻzining tahlilini oʻrganadigan boʻlsak quyidagi jadvalda berilgani kabi qator
ma’nolarni anglashiga muayassar boʻlamiz.
|
| |