PEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021




Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/344
Sana07.12.2023
Hajmi3,37 Mb.
#113345
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   344
Bog'liq
Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil

PEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021 
36 
talablar darajasida boʻlishi, hamda uning xolislik, oshkoralik, shaxsiy va kasbiy kompetentlik, amaliy tajriba, 
boshqaruv mahoratlari, masʼuliyatlilik, tashabbuskorlik kabi sifatlari ularning ergonomik madaniyatlari 
darajasiga bogʼliq boʻladi. 
Taʼlim muassasalari oʻqituvchilari taʼlim va tarbiya samaradorligini oshirish borasida pedagogik 
ergonomika talablariga asosan oqilona faoliyat yuritishlari, taʼlim muassasasining haqiqiy egasi boʻlish, 
xavfsiz va qulay oʻquv jarayonini tashkil etishning barcha jabhalarini mukammal egallash, oʻz lavozim 
vazifalariga nisbatan oʻta masʼuliyatli boʻlish, taʼlim jarayoni xavfsizligi va qulayligini taʼminlay olish 
sifatlarining ularda mavjudligi muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, taʼlim muassasasi oʻqituvchilaridan 
ergonomik kompetentlik negizida rivojlanuvchi ergonomik madaniyati, tashabbuskorligi, shaxsiy sifatlari, 
tizimli tahlil va qaror qabul qilish malakasi, lavozim vazifalarni, eng avvalo, davlat siyosati talablaridan kelib 
chiqqan holda bajarishning maqbul, samarali yoʻllarini amalga oshirish talab etiladi. 
Bugungi kun taʼlim tizimini modernizatsiya qilinishi, uni tarkibiy jihatdan qayta qurish, taʼlim, fan, 
texnika va texnologiyaning, iqtisodiyot va madaniyatning jahon miqyosidagi zamonaviy yutuqlarini hisobga 
olgan holda taʼlim dasturlarini oʻzgartirib, yangilab borishni koʻzda tutadi. 
Ilgʼor texnologiyalarning keng oʻzlashtirilishi, iqtisodiyotdagi ijobiy oʻzgarishlar, chet el 
investitsiyalari koʻlamining kengayishi, tadbirkorlik, kichik va xususiy biznesning rivojlanishi, shuningdek, 
uzluksiz taʼlimni fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyalashuvi, taʼlim oluvchilarning qobiliyatlari va 
imkoniyatlariga muvofiq ravishda taʼlimga integrativ yondashuvni joriy etilishi taʼlim berishning ilgʼor 
pedagogik texnologiyalarini, zamonaviy oʻquv-uslubiy majmualarning yaratilishini, pedagogik jarayonlarni 
tashkil etish va boshqarish tizimini pedagogik ergonomika talablariga muvofiq ravishda takomillashtirishga 
asos boʻladi. 
Bu oʻz navbatida, malaka oshirish va qayta tayyorlash muassasalari oʻqituvchilari zimmasiga umumiy 
oʻrta taʼlim muassasalari oʻqituvchilarining ergonomik madaniyatini takomillashtirish borasida taʼlim, fan, 
texnika va texnologiyalarning jahon miqiyosidagi yutuqlarini, ilmiy asoslangan innovatsiyalarni tatbiq etgan 
holda pedagogik jarayonlarni pedagogik erganomika talablari asosida tashkil etish va boshqarish, 
shuningdek, pedagogik jarayonlarning samaradorligini taʼminlash yoʻnalishidagi mavjud muammolarni 
ijobiy hal etish masalalari yuzasidan yangi vazifalarni yuklaydi. Malaka oshirish va qayta tayyorlash 
muassasalarida oʻqituvchilarni ergonomik faoliyatiga tayyorlash yoʻnalishida taʼlim mazmuniga, 
tinglovchilarning tayyorgarlik darajasi va oʻzlashtirishi zarur boʻlgan bilimlar darajasiga hamda oliy taʼlim 
muassasalari bitiruvchilariga qoʻyiladigan umumiy malakaviy talablar ergonomik faoliyatga tayyorlash 
jarayoni mazmunini yaratish, taʼlim mazmuni va taʼlim berish usullarini yanada takomillashtirish, ilgʼor 
pedagogik texnologiya, innovatsion taʼlimning eng samarali texnologiyalarini qoʻllashni taqozo etmoqda. 
Malaka oshirish va qayta tayyorlash muassasalarida tahsil olayotgan oʻqituvchilarning tayyorgarlik 
darajasiga, fanlar boʻyicha oʻqituvchi-tinglovchilarda shakllanishi zarur boʻlgan malaka va koʻnikmalarga, 
oʻzlashtirishi zarur boʻlgan bilimlar mazmuniga va taʼlim dasturlarining mazmuni hamda komponentlariga 
qoʻyilayotgan talablarda oʻqituvchilarda pedagogik ergonomika yoʻnalishida zaruriy bilim, koʻnikma va 
malakalarni shakllantirish zaruriyati dolzarb boʻlib qolmoqda.
“Ergonomika” atamasi birinchi marta polshalik tabiatshunos V.Yastshembovskiy tomonidan 1857-
yilda ishlatilgan boʻlib, u tabiat toʻgʼrisidagi qonuniyatlarga asoslanib, mehnat haqidagi fanni nazarda tutgan 
[4, 343]. Ergonomika taʼlimining kelib chiqishiga B.G.Аnaniyev [2, 288], V.P.Zinchenko [4, 343],
А.N. Leontiyev [5, 304], B.F.Lomovlar asos solganlar [7, 465]. Umuman olganda, ergonomika “insonni 
zamonaviy ishlab chiqarishdagi faoliyatining oʻziga xos sharoitlarida har tomonlama oʻrganadigan ilmiy fan 
sohasidir” [3, 230]. 
1986-yildan boshlab “Ergonomics Abstfacts” jurnalida taʼlimning erganomik muammolariga 
bagʼishlangan yangi fan sohasi paydo boʻldi. Education (Taʼlim) - deb rus tadqiqotchisi А.А.Kuligina 
oʻzining “Taʼlim dunyosida ergodizayn” nomli asarida dastlab yoritib berdi [8, 356]. 
Lekin taʼlim muammolarini hal etishga boʻlgan qiziqish ergonomistlarda avvalroq paydo boʻlgan edi. 
1980-yili inson omillari jamiyatida ergonomikaning istiqbolli yoʻnalishlarini aniqlash uchun maxsus guruh 
tuziladi. Guruh tomonidan tavsiya etilgan 8 ta yoʻnalishning bittasi taʼlim va mashgʼulotlar tizimini yaratish 
boʻladi. Shuni taʼkidlash lozimki, oʻtgan davr ichida ergonomikaning bu yoʻnalishi faqat operatorlar kasbi 
bilan bogʼliq (insonning texnika bilan bogʼliq), mehnat faoliyatini oʻrganishga qaratilgan holda rivojlandi. 
Bir qator mualliflar ergonomikaning tamoyillari va tavsiyalarini ishlab chiqarish jarayonidan 
pedagogik jarayonga oʻtkazish mumkin deb hisoblashadi. Jumladan, V.P. Zinchenko “pedagogik 
ergonomika yaratishga ehtiyoj bor” deb juda toʻgʼri taʼkidlaydi [4, 343]. “Ergonomika” odam - mashina 
“tizimini tekshirsa ham, uning koʻplab xulosalari va tavsiyalari maktabdagi oʻquv jarayonini yaxshilash 
uchun ishlatilishi mumkin”, deydi А.А.Chensov [10, 273]. “Bir qator mehnat faoliyati toʻgʼrisidagi fanlar va 
texnik fanlarning yutuqlarini sintez qilish orqali ergonomika tegishli fanlararo aloqalarni oʻrnatishga va 
oʻquv jarayonining oʻzini yaxshi tashkil etishga hissa qoʻshishi mumkin” [4, 343]. “Murakkab zamonaviy 
texnologiyalar bilan ishlash muammolarini har tomonlama hal qilish usullaridan biri bu ergonomik 
https://buxdu.uz



Download 3,37 Mb.
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   344




Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish