|
PEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021Bog'liq Pedagogik mahorat 3-son 2021 yilPEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021
42
zamonaviy oliy taʼlimda iqtidorli kasb egalarini yetishtirib berish uchun oʻqitishning uslublarini qayta
shakllantirish talab qilinadi [1].
“Baliq skeleti” (“Fishboun”, “Fish skeleton”) usuli orqali talabalar mustaqil, keng, ijodiy, tanqidiy
fikrlashga oʻrganadilar. Ushbu texnologiya baliq modeli chizmasi yoki videorolik orqali namoyish etilib,
bunda talabalar oʻrtaga tashlangan muammoni har tomonlama ochib berishga harakat qiladilar. “Baliq
skeleti” chizmasi vatmanga chizilib uning tepa qimiga muammoni hal etilish yoʻllari yozib boriladi. “Baliq
skeleti” chizmasi bir qator muammolarni tasvirlash va uni yechish imkonini beradi. Tizimli fikrlash,
tuzilmaga keltirish, tahlil qilish koʻnikmalarini rivojlantiradi. Chizmani tuzish qoidasi bilan tanishadilar.
Аlohida kichik guruhlarda “Baliq skeleti”ning yuqori tomonidagi suyaklarida kichik muammoni ifodalaydi,
pastda esa ushbu kichik muammoni tasdiqlovchi dalillar yoziladi. Talabalar kichik guruhlarga birlashib
natijalarni taqqoslaydilar, oʻzlarining chizmalarini toʻldiradilar, umumiy chizmaga keltiradilar.
Oʻqituvchi keltirilgan gʼoyalar orasidan amaliyot uchun ahamiyatli boʻlganlarini saralab oladi. Bunda
oʻqituvchida avvaldan tayyorlab qoʻyilgan darsga oid muammoli vaziyat amaliy mashgʼulotni oʻtkazish
jarayonida qoʻllanishi mumkin. Oʻquv jarayonini optimallashtirishda yangi pedagogik texnologiyalarni va
interfaol usullarni qoʻllash talabaning klinik bilimini baholashni takomillashtirishga olib keladi [1, 2, 3].
Tibbiyot oliy oʻquv yurtlarida amaliy koʻnikmalarni oʻrgatish va uning bajarilishini baholash alohida
yondoshuvni talab qiladi [7]. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni, oʻqitishning yangi turlari va
takomillashgan usullarini tadbiq qilmasdan, tibbiy taʼlimni har tomonlama rivojlantirib boʻlmaydi [4, 5, 6].
Taklif qilingan “Baliq skeleti” va “Uch pogʼonali intervyu” usuli talabalarning nazariy va klinik bilimini
takomillashtirish uchun muhim sanaladi [8, 9].
|
| |