3 (79) 2021 pedagogik mahorat




Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/344
Sana07.12.2023
Hajmi3,37 Mb.
#113345
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   344
Bog'liq
Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil

Ishning maqsadi. Talabalarga oʻtkazilgan amaliy mashgʼulotlarda “Baliq skeleti” va “Uch pogʼonali 
intervyu” interfaol usulining samaradorligini oʻrganish. 
Muhokamalar va natijalar. Buxoro davlat tibbiyot institutining “Ichki kasalliklar propedevtikasi” 
kafedrasida va Toshkent davlat farmatsevtika institutining “Tibbiy va biologik fanlar” kafedrasi xodimlari 
hamkorligida ikkinchi kursda oʻqitiladigan “ichki kasalliklar” fanidan talabalarga oʻtkazilgan amaliy 
mashgʼulotlarda interfaol usulning samaradorligi koʻrsatkichlar boʻyicha tahlil qilindi. Qoʻyilgan maqsadni 
amalga oshirish uchun reyting koʻrsatkichlari boʻyicha deyarli teng va oʻtiladigan mavzular aynan oʻxshash 
ikkita reprezentativ guruhlarda interfaol va anʼanaviy usullarda oʻtilgan mashgʼulotlar samaradorlik 
koʻrsatkichlari baholandi. Nafas aʼzolarining xastaliklariga oid 4 ta amaliy mashgʼulot natijalari qiyoslandi. 
Hamma talabalar bilim darajasi boʻyicha, reyting koʻrsatkichlari boʻyicha guruh fan oʻqituvchisi va 
kafedraning mazkur boʻlim boʻyicha yetakchi mutaxassislari tomonidan baholab borildi. Talabalar ikkita 
guruhga ajratildi: birinchi guruhda 4 ta mavzuda (21 talaba) “Baliq skeleti” usuli, ikkinchi guruhda (22 
talaba) –“Uch pogʼonali intervyu” interfaol usuli texnologiyasi qoʻllandi. 
“Baliq skeleti” usulida muammolar talabalar diqqatiga havola qilinadi, tezda birgalikda tahlil qilishib 
1-1,5 daqiqada javob qaytarishadi. “Baliq skeleti”ning yuqori tomonidagi suyaklarga muammolar nomi
kasallik misolida uning sababchi omillari koʻrsatiladi. Masalan, bronxial astma kasalligining klinik 
belgilarini oʻrganish mavzusini oʻtishda kasallikning sababchi omillarini bartaraf qilish yoʻllari pastki 
suyaklarda belgilab qoʻyiladi. “Baliq skeleti” usuli fanning umumiy qismi mavzularini, “Uch pogʼonali 
intervyu” usuli maxsus boʻlimlarini oʻrgatishda qoʻllanildi. Talabalarning bilim darajasi va uning 
mustahkamligi savol-javoblarda, yozma ishlar, test natijalari, oraliq va yakuniy baholash natijalari boʻyicha 
oʻrganildi. 
“Uch pogʼonali intervyu” usulida har guruhda uch kishidan iborat talabalar guruhi “vrach”, “bemor”, 
“ekspert-UАSH” rolini bajarishdi, 10-15 daqiqa vaqt ajratildi. “Ekspert” shifokor harakatlariga baho berdi, 
bunda “nima toʻgʼri bajarildi?”, “nima xatolik boʻldi?”, “qanday bajarish lozim?” tahlil qildi, soʻngra 
oʻqituvchi tomonidan muhokama qilindi. 

Download 3,37 Mb.
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   344




Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish