• 3 (79) 2021 PEDAGOGIK MAHORAT
  • -rasm. “Baliq skeleti” usulining amaliy mashg’ulotni oʻtkazish jarayonida qoʻllanishi




    Download 3,37 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet55/344
    Sana07.12.2023
    Hajmi3,37 Mb.
    #113345
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   344
    Bog'liq
    Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil

    1-rasm. “Baliq skeleti” usulining amaliy mashg’ulotni oʻtkazish jarayonida qoʻllanishi 
    “Baliq skeleti” usulida (α1, α2 va α3) variantdagi savollar berildi. Tekshirish natijalarining 
    koʻrsatishicha “Baliq skeleti” va “Uch pogʼonali intervyu” usuli talabalarning bilim darajasining 
    shakllanishiga har xil taʼsir qildi. Bu haqida akademik guruhlarda olingan nazorat ishi natijalari tahlili dalolat 
    https://buxdu.uz


    3 (79) 2021 
     PEDAGOGIK MAHORAT 
    43 
    berdi (rasm “Baliq skeleti” usulining amaliy mashgʼulotni oʻtkazish jarayonida qoʻllanishi. Olingan dalillar 
    asosida koʻrinadiki, “Baliq skeleti” usuli talabalarning ogʼzaki va tezkor fikrlashini rivojlantirishi egallangan 
    bilim nazorati tahlilida namoyon boʻldi. “Baliq skeleti” interfaol usulida dars oʻtilgan 14 holatda (66,7%) 
    klinik bilim egallashda ogʼzaki nutq, 6 holatda (28,6%) esa klinik mushohada koʻnikmalari shakllandi
    bundan anglash mumkinki, usul mashgʼulotning faqat nazariy qismi uchun muhim boʻlib, amaliyot 
    koʻnikmalarini egallash uchun yetarli darajada ahamiyatga ega boʻlmaydi. 
    0
    10
    20
    30
    40
    50
    60
    70
    80
    nazariy
    amaliy
    I guruh
    II guruh
    2-rasm. “Baliq skeleti” va “Uch pogʼonali intervyu” usulining amaliy mashg’ulotni oʻtkazish 
    jarayonida qoʻllanishi 
    Dars jarayonida oʻzlashtirish natijalari boʻyicha 2-guruhdagi talabalarda 1-guruhdagi talabalarga 
    nisbatan sezilarli ijobiy oʻzgarishlar kuzatildi. “Bemor” rolini ijro qiladigan talabalar kasallikning belgilarini 
    imkon qadar chuqur oʻrganishga, subyektiv maʼlumotlarni oʻzlashtirishi 75% ga yetganligi aniqlandi, bu 
    rolni ijro qilmagan talabalardan ishonarli darajada 48% farq kuzatildi (r<0,005), “vrach” rolini bajaruvchi 
    talabalarda esa subyektiv maʼlumotlar bilan bir qatorda obyektiv maʼlumotlar - palpatsiya. perkussiya, 
    auskultatsiya koʻnikmalarini puxta oʻrgandilar va amaliy koʻnikmani bajarish 78% ga yetdi, fizikaviy 
    tekshirish usuli boʻyicha oradagi farq 50%ni tashkil qildi (r<0,005). 
    “Shifokor” rolini ijro qilgan talabalarning amaliy koʻnikmani bajarish jarayonida oʻzaro faollashuvi 
    yaqqol sezildi. Shuningdek, laborator-instrumental tekshirishlarning natijalarini oʻzlashtirishi talabalarda 
    27% ga ortganligi, bemorning oldida oʻzini tutishni oʻrganishiga yordam berdi (2-rasm).
    “Ekspert” rolini ijro qiluvchi talabalar ijobiy yutuqlar bilan birgalikda yoʻl qoʻyilgan xato-
    kamchiliklarni oʻz vaqtida payqab, buning oldini olish yoki bartaraf qilishning tezkor choralarini nisbatan 
    puxta oʻrgandilar. Usulning kamchilik tomoni shundaki, hamma ishtirokchilar dars jarayoniga faol qatnasha 
    olmadi. Bundan kelib chikadiki, “Uch pogʼonali intervyu” usuli talabalarni erkin fikr yuritishiga imkon 
    berib, klinik tafakkurini va amaliy koʻnikmalarini oʻzlashtirish koʻrsatkichini oshiradi. 
    I guruhdagi talabalarda klinik holatlarni tahlil qilishda tezkorlik 21% ga ishonarli darajada ortdi 
    (r<0,05), dars davomida oʻzlarini nisbatan erkin his qilishdi, yutuq va kamchiliklarni oʻzaro tahlil qilishni, 
    mustaqil fikrlashni oʻrgandilar, amaliy bilimlarni oʻzlashtirish koʻrsatkichi II guruhdagi talabalardan sezilarli 
    ortda qolganligi aniqlandi (r<0,005).
    Yuqoridagi olingan natijalar tahlili dalolat beradiki, “Baliq skeleti” usuli talabalarning nazariy bilimini 
    mustahkamlashga, tezkorlikka oʻrgatadi, “Uch pog‘onali intervyu” usuli esa klinik mushohada qilishga va 
    amaliy koʻnikmalarni egallashiga yordam beradi. 
    Bundan kelib chiqadiki, “Baliq skeleti” usuli amaliy mashg‘ulotlarning nazariy qismini, “Uch 
    pog‘onali intervyu” usuli esa amaliy qismini oʻtish uchun qulay. 

    Download 3,37 Mb.
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   344




    Download 3,37 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. “Baliq skeleti” usulining amaliy mashg’ulotni oʻtkazish jarayonida qoʻllanishi

    Download 3,37 Mb.
    Pdf ko'rish