|
3 (79) 2021 pedagogik mahoratBog'liq Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil3 (79) 2021
PEDAGOGIK MAHORAT
37
yondashuvdan foydalanishdir” [6, 141]. “Аsosan antropotexnik tizimlar dizayni bilan shugʼullanadigan
anʼanaviy yondashuvdan farqli oʻlaroq, kasb-hunar taʼlimi ergonomikasi yangi oʻqitish uslublarini, tizimli va
kompleks yondashuvga asoslangan texnik oʻquv vositalarini asoslash bilan bogʼliq boʻlishi kerak” [6, 141].
“Ergonomik talablarni hisobga olgan holda, ushbu fanning tavsiyalaridan foydalangan holda maktab
jihozlari, koʻrgazmali qurollarni loyihalashda, sinfda kerakli qulaylikni yaratish, shubhasiz, oʻquvchilar
tomonidan bilim, qobiliyat va koʻnikmalarni egallash jarayoniga ijobiy taʼsir koʻrsatadi, oʻquv tizimini
umuman yaxshilaydi” [10, 273].
Taʼlim ergonomikasi esa kognitiv ergonomika (bilish ergonomikasi) gʼoyalariga tayanadi va ularni
taʼlim sohasida qoʻllashga harakat qiladi. Kognitiv ergonomika – bu aqliy mehnatni qanday yaxshilash va
yengillashtirish haqidagi fan. Taʼlim ergonomikasi – bu oʻquv faoliyatini qanday yaxshilash va
yengillashtirish haqidagi fan [9, 200].
Tashkiliy ergonomika taʼlim jarayonini tashkil etishda taʼlim muassasalari faoliyati samaradorligini
oshirish, oʻquv-tarbiyaviy jarayonning tashkiliy tuzilmalari va boshqarish jarayonlarini oʻz ichiga olgan
holda optimallashtirish bilan bogʼliq masalalarni hal etish va individlararo aloqalar tizimi, inson resurslarini
boshqarish, loyihalar ishlab chiqish, kooperatsiya, jamoa ishini oqilona tashkil etish va boshqarish
masalalarini oʻrganadi.
Oliy taʼlimdagi oʻquv-tarbiyaviy jarayon oʻz ichiga quyidagi jarayonlarni oladi: tarbiya, taʼlim,
malakali kadrlar shaxsini shakllantirish va rivojlantirish, va shu kabilar. Bularning hammasi yuqori malakali
raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga qaratilgan boʻlib, talaba va professor-oʻqituvchilar faoliyati, talabalar va
professor-oʻqituvchilar orasidagi ijtimoiy muhit va uning sogʼlomligi, oʻquv yurtining moddiy-texnik
ta’minoti, oʻrnatilgan hamkorlik aloqalari va bir qator boshqa omillar tufayli erishiladi.
Shuningdek, zamonaviy taʼlim jarayonini tashkil etishda quyidagi omillarni eʼtiborga olish zarur
boʻladi:
-bilim olish usullarining oʻzgarib borayotganligi;
-zamonaviy taʼlim texnologiyalarining joriy etilishi, oʻqitish usullari va mazmunini oʻzgarish
imkoniyatlarining ochilayotganligi;
-oʻquv jarayonida oʻqituvchi rolining oʻzgarib borishi;
-masofaviy taʼlim va taʼlim olishga keng imkoniyatlarning ochilishi.
Hozirgi davrda yuqori sifatli bilim berish va taʼlim jarayonini tashkil etish talab etiladi. Bu jarayonda
quyidagi ishtirok etuvchi subyektlarni alohida ajratib koʻrsatish mumkin: har qanday ishlab chiqarish
jarayonining ishlab chiqaruvchilari va iste’molchilari boʻlganidek, birinchisi bilim olish jarayoni uchun
manbalarni tayyorlovchilar (professor-oʻqituvchilar, olimlar), ikkinchisi tayyorlangan manbalarni isteʼmol
qiluvchilar (talabalar, malaka oshiruvchilar, tadqiqotchilar) hamda taʼlim jarayonini tashkil etuvchi va
boshqaruvchi subektlardir (rahbar xodimlar).
Bilim olish manbalari koʻpayib borishi bilan bilim olishning yangi konsepsiyasi paydo boʻldi: butun
hayot davomida taʼlim olish, uzluksiz taʼlim olish va boshqalar. Shu munosabat bilan zamonaviy talablardan
biri taʼlim olish jarayoni sifat va samaradorligini tubdan oshirish, taʼlim jarayonining ergonomik jihatlarini
oʻrganish, taʼlim jarayoni subyektlari va oliy taʼlim muassasalari faoliyati sifat va samaradorligini oshirish
masalalariga tizimli integrativ yondashish kerak boʻladi. Natijada, pedagogika oliy taʼlim muassasalarida
oʻrganiladigan “Pedagogika” turkumidagi fanlar ergonomika (xavfsiz va qulay taʼlim muhitini tashkil etish),
ekonomika (taʼlimni rivojlantirishni loyihalash jarayonida iqtisodiy ehtiyojlar va resurslarni aniqlash),
psixologiya (oʻquvchilarning ruhiy holatlarini hisobga olish), sotsiologiya (taʼlimda ijtimoiy ehtiyojlarni
aniqlash), meditsina (oʻquvchilar salomatligi holatini oʻrganish, jismoniy rivojlanishi va sogʼligʼida nuqsoni
boʻlgan oʻquvchilarga maxsus sharoitlar yaratish), fiziologiya (oʻquvchilarning fiziologik va yosh
xususiyatlarini hisobga olish), filosofiya (umumilmiy yondashuv va falsafiy konsepsiyalardan foydalanish),
matematika (pedagogik diagnostika va pedagogik tadqiqotlarda matematik hisoblash usullarini qoʻllash),
tarix (taʼlimning tarixiy tajribalarini oʻrganish va qoʻllash), antropologiya (tarbiya predmeti sifatida insonga
kompleks yondashuv) fanlari bilan uzviy bogʼliq holda oʻrganilishi maqsadga muvofiqligi yaqqol nomoyon
boʻlmoqda.
Аyrim pedagogik fanlar dasturida mazkur fanlar qisman boʻlsada inobatga olingan hamda fanlarning
maqsadi va vazifalarini yoritishda ularning oʻzaro aloqalari keltirilgan.
Bizning fikrimizcha, mazkur fanlarni oʻqitishda koʻzda tutilgan fanlararo aloqalar taʼminlanishida oliy
taʼlim pedagogika taʼlim sohasi talabalari uchun “Pedagogika nazariyasi va tarixi” fanidan ishlab chiqilgan
dasturda taʼlim ergonomikasi boʻyicha talabalarga tushunchalar berish uchun alohida boʻlim
keltirilmaganligi va mazkur boʻlimda bakalavrlarga taʼlim tizimi muammolarini bartaraf etishning
psixologik-pedagogik asoslarini oʻrgatish belgilanmaganligini, shuningdek, “Pedagogik ergonomika”
fanidan mashgʼulotlar tashkil etilishi nazarda tutilmaganligini inobatga olishimiz mumkin.
https://buxdu.uz
|
| |