|
3 (79) 2021 pedagogik mahoratBog'liq Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil3 (79) 2021
PEDAGOGIK MAHORAT
39
berish, inson tayanch-harakat aʼzolarining oʻzgarishi, ish oʻrni komponovkasi, ishonchlilik va salomatlik;
tashkiliy ergonomika ijtimoiy texnik tizimlar va ularning tashkiliy tuzilmalari va boshqarish jarayonlarini oʻz
ichiga olgan holda optimallashtirish bilan bogʼliq masalalarni hal etish va boshqalarni nazarda tutiladi.
Shuningdek, individlararo aloqalar tizimi, inson resurslarini boshqarish, loyihalar ishlab chiqish, koperatsiya,
jamoa ishi oqilona tashkil etish va boshqarish masalalari oʻrganiladi; kognitiv ergonomika ruhiy
jarayonlararo aloqalarni (idrok, xotira, qaror qabul qilish va boshqalar) topish, tizimning boshqa elementlari
bilan insonning aloqadorlik masalalarini oʻrganiladi. Аqliy mehnat, qaror qabul qilish, malakali bajarish,
inson va kompyuter hamkorligi kabi muammolar koʻrib chiqiladi, bu jarayonda ijtimoiy texnik tizimlarni
loyihalashda insonga uzluksiz taʼlim berish va uni kasbiy tayyorlash masalasiga eʼtibor qaratiladi va
tushunchalar beriladi. Pedagogik ergonomika talabalarni taʼlim tizimi muammolarini oqilona bartaraf etish
faoliyatiga tayyorlashda oʻziga xos ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, pedagogika nazariyasi va tarixi fanining oʻquv dasturida keltirilgan tarbiya maqsadi,
tarbiya vazifalari va mazmuni, shaxsning intellektual, fuqarolik, maʼnaviy-axloqiy, jismoniy, mehnat,
iqtisodiy, ekologik, estetik tarbiyasi haqida tushunchalar berishda ergonomik tarbiya va uning oʻziga xos
xususiyatlari boʻyicha tushunchalar berish; taʼlim natijalarini tekshirish va baholashga qoʻyiladigan talablar,
taʼlim natijalarini nazorat qilish va baholash samaradorligining psixologik-pedagogik shart-sharoitlari
yoʻnalishlarida tushunchalar berishda, ergonomik rejalashtirish, tashkiliy-ijrochilik, nazorat-tashxis
funksiyalarining oʻziga xos xususiyatlari, nazoratning oʻziga xosligi haqida tushunchalar berilishi; oʻqituvchi
va uning shaxsiga qoʻyiladigan talablar, oʻqituvchining kasbiy va ergonomik sifatlari, oʻqituvchining
ergonomik madaniyati tushunchalarini oʻqituvchi shaxsi va uning kasbiy, maʼnaviy va shaxsiy sifatlari
hamda fazilatlari bilan bogʼlab oʻqitilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Yuqorida keltirganimizdek, pedagogika nazariyasi va tarixi hamda pedagogik ergonomika fanlarini
oʻqitish jarayonida fanlararo aloqalarni taʼminlash, yaʼni mavzularni taʼlim tizimi muammolarini oqilona
bartaraf etish yoʻnalishidagi tushunchalar bilan bogʼlab oʻrgatilishi talabalarni mazkur faoliyatga
tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu oʻz navbatida, talabalarning ergonomik madaniyatini
rivojlantirish maqsadida, pedagogika nazariyasi va tarixi hamda pedagogik ergonomika fanlarini oʻqitishda
taʼlim tizimi muammolarini oqilona bartaraf etish yoʻnalishida tushunchalar berish, mavzularning oʻzaro
aloqadorligi va bogʼliqligini taʼminlash, yaʼni mazkur fanlar boʻyicha taʼlim jarayonini integrativ va
androgogik yondashuv asosida tashkil etish zaruriyatini belgilaydi.
Yuqorida keltirilgan fikrlarga asoslanib aytish mumkinki, talabalar ergonomik madaniyatini
rivojlantirish yoʻnalishlari, integrativ va androgogik yondashuv fanlar boʻyicha ishchi dasturlar tuzishda,
mavzularning mazmun-mohiyatiga koʻra soatlar taqsimlashda, shuningdek, taʼlim jarayonini loyihalashtirish
va tashkil etishda mavzularning oʻzaro aloqadorligi va bogʼliqligi taʼminlanishi, fanlarning maqsad va
vazifalarini oʻzaro muvofiqlashtirilishini nazarda tutadi va oʻz navbatida oʻquv rejasida fanlar boʻyicha
ajratilgan soatlardan unumli foydalanishga, mavzularning ahamiyatini kengroq yoritib berishga,
talabalarning dunyoqarashi va fanlar boʻyicha tushunchalarini kengaytirishga, ularning oʻzi tanlagan kasbga
boʻlgan qiziqishlarini rivojlantirishga, ularni amaliy faoliyatga tayyorlashda taʼlim jarayoni sifati va
samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Demak, taʼlim tizimi muammolarini oqilona bartaraf etish ergonomik faoliyatiga oliy pedagogik taʼlim
muassasalari talabalarni maхsus tayyorlash jarayoni tashkil etilmaganligini inobatga olgan holda biz malaka
oshirish va qayta tayyorlash muassasalarida oʻqituvchilarni ergonomik faoliyatga tayyorlash jarayonini
tashkillashtirish va ularning tayyorgarlik darajasiga, pedagogik ergonomika boʻyicha shakllanishi zarur
boʻlgan malaka va koʻnikmalarga, oʻzlashtirishi zarur boʻlgan bilimlar mazmuniga va taʼlim dasturlarining
mazmuniga belgilangan talablarning yoʻnalishini ifodalovchi va taʼlim-tarbiya jarayonida koʻzlangan
natijalarga erishishni, oʻqituvchilarda ergonomik madaniyatni rivojlanishini taʼminlovchi oʻzaro bogʼliq
boʻlgan va bir-birini oʻzaro toʻldiruvchi komponentlardan iborat boʻlgan texnologiya va tizimni tavsiya
etamiz (1-rasm).
Texnologiya va tizimni tashkil etuvchi komponentlarning oʻzaro aloqadorligi va bogʼliqligi kabi qator
xususiyatlar inobatga olinadi, sababi mazkur xususiyatlar ergonomik madaniyatning shakllanishi va
rivojlanishida oʻziga xos ahamiyat kasb etadi.
|
| |