• Nazorat savollari
  • 3– amaliy mashg‘ulot. Pzr amplifikatsiya usuli Darsning maqsadi




    Download 15.99 Kb.
    Sana25.10.2023
    Hajmi15.99 Kb.
    #90481
    Bog'liq
    3-amaliy mashg`ulot
    6-mavzu.Флаг Республики Узбекистан, kimyo-o-qituvchisi-kasbiy-kompetentligini-shakllantirishda-modulli-o-qitishning-ahamiyati, Ergasheva D, Документ Microsoft Word, Dasturlash II topshiriq, 5-Маъруза, New DOCX Document, E Conf.105 137 CRP.137 14 Romanization System ENGLISH, Amaliyi topshiriq-3, мустаыил иш №3,4, New DOC Document (4), hujjatlarni qayta ishlash texnologiyalari va matn muharriri, Tarmoq xavfsizligi fanidan mustaqil ish mavzulari (3), Axborot xavfsizligi protokollari-fayllar.org

    3– amaliy mashg‘ulot. PZR amplifikatsiya usuli
    Darsning maqsadi: mavzu bilan talabalarni yaqindan tanishtirish. Mavzuga doir namutaqdimotlar bilan talabalarni tanishtirish, tushincha hosil qilish
    Darsning o‘tkazish tartibi: dars o‘qituvchi bilan talabalar o‘rtasidagi muloqat asosida olib borilib, barcha ma’lumotlar yozib tushintirib beriladi.
    Kjell KLeppe va H. Gobind Xorana lobratoriysidagi hamkasblari bilan 1971 — yilda Journal of molecular biology jurnalida chop etkan maqolasida birinchi marta in vitro praymerlari bilan DNKni replikatsiya qilish uchun fermentativ tahlilda foydalanishgan. Amerikalik olim Kerri Mullisom 1983 — yili polimeraza zanjir reaksiyasini kashf qiladi. Kerri Mullisom bu haqidagi ilimiy ishini 1985 — yili Science jurnalida chop etadi. Unga 1993 — yili kimyo yoʻnalishi boʻyicha Nobel mukofati beriladi.
    Polimer zanjir reaksiyasi (PZR) — molekulyar biologiyaning tadqiqot usullaridan biri hisoblanib, nuklein (DNK yoki RNK) kislotalarning maʼlum bir fragmentlarni million — milliard marotaba koʻpaytirib beradi. Bundan tashqari PZR mutatsiyalarni kiritish, DNK boʻlaklarini birlashtirish va tibbiy — biologik amaliyotida kengdan qoʻllaniladi. PZR jarayoni maxsus PZR mashinasida olib boriladi. U har bir jarayon bosqichi uchun zarur boʻlgan haroratni boshqarib turadi.
    PZRda DNK molekulasining yangi zanjirlari sintezlanadi. Bu Dnk polimeraza fermenti yordamida amalga oshadi. Bu ferment Dnk zanjirining 5'-3' yoʻnalishi boʻyicha harakatlanib erkin nukleotidalr yordamida ikkinchi DNK zanjirini sizntezlaydi.
    Denaturatsiya (parchalanish) — ikki zanjirli DNK molekulasi 0.5 −2 min davomida 94 — 96 °C (termstabil polimeraza ishlatilsa 98 ° C) gacha qizdiriladi. Ikki zanjir DNK molekulasi oʻrtasidagi vadarod bogʻlari uziladi.
    Praymerlarning DNK dagi kerakli joyga birikishi (otjig) — bu bosqichda praymerlar DNK ga oʻranish olishi uchun harorat 55 −65 °C pasaytiriladi. Harorat har bir praymer turi uchun maxsus boʻlib PZR boshlanmasdan oldin tadqiqotchi oʻzi kiritadi.
    Elongatsiya — bu DNK molekulasining uzayishi hisoblanin yangi DNK zanjiri sintezlanadi. Bu 72 °C da yuz beradi. Buning uchun Taq polimeraza fermenti parymerlar yordamida DNK ning 3’ dan 5’ ga qarab harakatlanib sintez qiladi.
    PZR jarayoni
    PZRning uchta bosqichi tugagannan soʻng bitta davr (tsikl) tugaydi va mana shu davr yana takrorlanadi. Odatta davrlar soni 65 ta boʻlishi mumkin.
    PZR reaktivlari
    Taq polimeraza fermenti
    Praymer F (F — forward)
    Praymer R (R — Riverse)
    dNTP — deoxsinukleotid trifasfat (A, T, S, G)
    DNK namunasi
    Taq polimeraza
    Taq polimeraza fermenti — termifilik eubacterial mikroorganizm Thermus aquaticusdan ajratib olinadi. Bunga sabab bu bakteriyadan jaratib olingan polimeraza fermenti haroratga chidamli hisoblanadi.[3]
    PZRning qoʻllanilish sohalari
    PZR juda koʻp sohalarda qoʻllaniladi: sud ekspertizada, irsiy kasalliklarni aniqlashda va otalikni aniqlashda ham qoʻllaniladi. Quyidagi rasmdan otalikni aniqlashning sodda koʻrinishini koʻrsangiz boʻladi.
    Kriminalistika — PZR genetik barmoq izlarini aniqlashda ishlatiladi. Jinoyat joyidan genetik material namunasi — qon, soch, sperma, tuprik va boshqalarni olish mumkin. Olingan namunalardan DNK ajratib olinadi va PCR moshinasida reaksiya jaroyoni kechadi. Olingan mahsulotni gel elektroforezi yordamida DNK boʻlaklarining joyloshuv tartibini koʻrishimiz mumkin. Bu oʻsha shaxs namunasining genetik barmoq izi dep nomlanadi.
    Tibbiy diagnostika — PZR irsiy va virusli kasalliklarning taxshisini sezilarli darajada tezlashtirib bera oladi. Kerakli gen praymerlar yordamida koʻpaytiriladi va mutatsiyalarni aniqlash uchun sekvens qilinadi.


    Nazorat savollari
    1. PZR usulininng bosqichlari
    2. Genetik injeneriyaning muammolari
    3. PZR ning ishlatilish sohalari
    Download 15.99 Kb.




    Download 15.99 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    3– amaliy mashg‘ulot. Pzr amplifikatsiya usuli Darsning maqsadi

    Download 15.99 Kb.