Boshlang’ich sinf o’quvchilarining fazoviy tasavvurlarini shakllantirishning metod va usullari




Download 201.17 Kb.
bet5/6
Sana16.10.2022
Hajmi201.17 Kb.
#27339
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-bob dissertatsiya
Aхборот тизимларини лойиҳалаш технологияси, 50610401-Kompyuter injiniringi (2), A.Q.T.
3.3.Boshlang’ich sinf o’quvchilarining fazoviy tasavvurlarini shakllantirishning metod va usullari.
Boshlang'ich sinflarda geometrik materiallarni o'rganishning asosiy vazifasi geometrik figuralarni, nuqta, to'g'ri chiziq, kesma, siniq chiziq, ko'pburchak, burchak, aylanalar haqida aniq tushunchalar va tasavvurlar hosil qilishdan iboratdir. Shuning uchun mashqlar sistemasi va geometrik masalalarning mazmuni fazoviy tasavvurlar to'g'risida bilim, malakalar asosida kuzatishlari, taqqoslash, abstraktlashtirish va umumlashtirishga qaratilmog'i lozim.
Eng avvalo o'quvchilarga geometrik figuralarni o'lchash va chizma chizish, shuningdek chizish va o'lchash qurollari bilan hamda ko'z, qo'l va hokazolar bilan malaka berishdir. Shuningdek, tarqatma qurollar, qog'oz, turli xil figuralarni yasash ham kiradi. Sinfda albatta chizg'ich, chizg'ich uchburchagi, sirkul bo'lishi shart. Geometrik materiallar mos holda o'qitilishi olzim. Boshlang'ich sinflardagi geometrik materialllar maktabgacha tarbiya muassasalarida o'qitiladigan materiallar bilan bog'liq bo'lib, biroz murakkablashtirlgan holidir. Hattoki, maktabgacha davrda shar , kub, aylana, kvadrat, uchburchak, to'g'ri burchakli uchburchaklar bilan tanish bo'ladilar.
Boshlang'ich sinflarda tushunchalarga aniq bilim va tasavvurni berish kerak. Bu tushunchalarni ko'rsatish, atash, chizish va hattoki, qog'oz va doskada berilgan uzunlikdagi figuralarni yasay olishi lozim.
1-sinfdayoq nuqta bilan tanishadilar. Katakli daftarda nuqtalar qo'ygan va ularni tutashtirish vazifasini beradi. Nuqtalar olib ularni tog'ri chiziq bilan tutashtirishni bajartiradi.
Shundan keyin o'quvchilr nuqtalar, to'g'ri chizq yoki yozishni va ularni kesmaalar yordamida birlashtirishni tushunib olailar. Ko'pburchaklar bilan tanishganda ularning uchlari nuqta ekanligini bilib oladilar.
1-sinfada nuqtalarni A,B,C,D,... harflar bilan belgilaydilar. Doskadagi chizilgan aylana va to'rtburchakning ichida, ustida va tashqarisida yotgan nuqtalarni yozing va o'qing degan topshiriq beriladi.
1-sinfdan boshlab to'g'ri chiziq to'g'risida tusuncha turli vazifalarni bajarishgda beriladi. U bilan bir vaqtda egri chiziq haqida tushuncha ham ipni tortib turish, bo' shatish kabi mashqlarda tushuntiriladi.
Endi chizg'ich orqali qog'oz va doskada to'g'ri chizish malakasini egallaydilar, uni atrofdagi predmetlar bilan taqqoslaydilar, qaysilari to'g'ri chiziq, egri chiziq ekanligini aytadilar.
Kesma bilan ham amaliy ishlarni bajarishda tanishtiradi. Kesma nuqta orasidagi to'g'ri chiziqning qismi ekanligi haqida ma’lumot beriladi. Undan keyin kesmalarni o'lchash to'grisida santimetr, millimeter, detsimetr, metr kabi birliklar bilan ham tanishadilar. Ko'pburchaklarning elementlari bilan tanishganda uning tomonlari kesma ekanligini bilib oladilar.
1-sinfda harflar bilan belgilanganda, nuqtalar yordamida kesmalarni ikki harf bilan belgilash kiritiladi.
Bu figuralar haqidagi tushuncha boshlang'ichning barcha sinflarida ketma-ket berib boriladi. 1-10 o'nlikda bular didaktik materiallar sifatida qo'llaniladi. Ular yordamida o'quvchilarni sanashda, sonlarni taqqoslashda, masalalar yechishda foydalanadilar. Keyinchalik aylana, uchurchak, kvadrat shakllari bilan ham tanishadilar.
Asta- sekin ko'pburchakning elementlari: tomonlari, burchaklari, uchlari kabilar bilan tanishadilar. Qog'oz, yog'och va plastmassalardan yasalgan uchburchakning 3 tomoni, 3 burchagi, 3 uchi borligini bilib oladilar, keyin ularni turli xil narsalardan o'zlari yasaydilar. Keyingi bosqichlarda uchburchak turlari, ( to'g'ri burchakli uchburchak, teng tomonli uchburchak, o'tkir burchakli uchburchak, o'tmas burchakli uchburchak) kabilar bilan tanishadilar.
Shu reja asosida to'g'ri burchak bilan tanishib chiqadi. Besh va olti burchaklarni ham o'rgandan keyin umumiy holda ularni ko'pburchak deb atash va tomonlari, uchlari va burchaklari sonlari bir xil bo'lishini keltirib chiqaradilar.
1-sinfdayoq to'g'ri burchak tushunchasi kiritiladi, uni tushuntirish quyidagicha olib boriladi. Birgalikda qog'oz olib ularning uchlarini baravarlashtirib, ikki martadan buklab teng uchburchak hosil qiladi. Har qanday qog'ozni olib shunday ikki buklaganda teng burchaklar hosil bo'lishini bilib, ularni tog'ri burchaklar deb atashni qabul qiladilar.
Shunday to'g'ri burchaklarga nisbatan atrofdagi mavjud burchaklarning undan katta yoki kichikligini taqqoslaydilar, shu asosda to'g'ri burchaklardan kichiklarini o'tkir burchaklar deb qabul qilishga ega bo'ldilar. To'g'ri to'rtburchakning barcha burchaklarining to'g'ri bo'lishini va ularning qarama-qarshi tomonlarining tengligini buklash asosida keltirib chiqaradilar. 1-2 sinflarda to'g'ri to'rtburchakni o'quvchilarga chizsh orqali yasashni o'rgatadi, 3 -sinfda esa chizg'ichi va chizg'ich uchburchagidan foydalanib to'g'ri to'rtburchak yasashni o'rgatadi.
Shu asosda to'g'ri to'rtburchakning tomonlari teng bo'la kvadrat hosil bo'lishini keltirib chiqaradi. Ko'pburchaklarga doir tushunchalar turli xil geometrik mazmundagi masalar yordamida tushuntiriladi va mustahkamlanadi.
1-sinfadan boshlab doira va aylana tushunchasi bilan tanishadilar. Sirkul yordamida chizib ularning radiusi va markazi tushunchasi kiritiladi. Radiuslarning tengligini o'lchash orqali kelitirib chiqaradilar. Ko'pburchak v a aylanani taqqoslab, ko'pburchakning chegarasi yopiq siniq chiziq, aylananing chegarasi yopiq siniq chiziq ekanligi tushunchalari hosil qilinadi.
2-sinfdan boshlab siniq chiziq, uning uzunligi, ko'pburchakning perimetri va uni o'lchash, yopiq va ochiq siniq chiziqlar tushunchalari bilan tanishadilar. Bu tushunchalar masalalar yordamida 2-3-4-sinflarda mustahkamlanadi: Masalan:
1. Kvadratning perimetri 2dm 4sm bo'lsa,. Uning tomoni qancha va chizing.
2. Bir tomoni uy va qolgan tomoni devordan iborat kvadrat berilgan. Uyning uzunligi 9 m bo'lsa, devorning uzunligi qancha?
Bunday masalarni yechganda ularning chizmalarini chizish foydali, tayyor masalalarni yechish bilan bir qatorda o'quvchilarga shunday o'xshash geometrik mazmunli masalalarni tuzishga doir topshiriqlar berish ham talab qilinadi.
Masalan, a) masala shartida tushirib qoldirilgan sonlarni tanlab o'rniga qo'ying, to'rtburchakning perimetri 25sm, 3ta tomoni 5,6,7 sm, to'rtinchi tomoni qancha? B) yechilgan masalaga teskari masala tuzing; v) formulalar bo'yicha masalalalr tuzing.
Masalan:
Boshlang’ich sinflarda geometrik material bilan tanishtirishning muhim vazifalaridan biri o’quvchilarda fazoviy tasavvurlarni taraqqiy ettirish deb hisoblasak, nima uchun kichik yoshdagi o’quvchilar bilan ishlashda ulardan tanish shakllarni ajratilgan hollardagina tanishni emas, balki ancha murakkab hollarda ham ajrata bilib, tanib olish imkonini beruvchi mashqlarni (aytaylik tanish figura murakkabroq konfiguratsiyaning elementi) kiritish mumkin emas. Bu narsa har holda olingan bilimlarni amaliy masalalar yechish uchun qo’llashda ham va o’quvchilarni geometriyani yuqori sinflarda o’rganish ishiga tayyorlashda ham juda muhimdir. Masalan: o’quvchilami uchburchak va to’rtburchaklar bilan tanishtirishda ularni sun'iy ravishda boshqa ko’p burchaklar bilan cheklamaslik kerak. Bizningcha, o’quvchilarga o’rganilayotgan figuraning nima uchun uchburchak (uchta burchagi bor), boshqasi to’rtburchak (to’rtta burchak) ekanligini aytib, olti, yetti burchakni ko’rsatib, ularni nomini so’rasak dasturni kengaytirgan bo’lmaymiz. Shuning bilan birga bu mashq ko’rilgan figuralar qandaydir figuralarning xususiy ham ekanligini, bulardan boshqa yana juda ko’p ko’pburchaklarning borligiga tushunishi imkoniyatini beradi. Bu hol o’quvchilarning tafakkurini taraqqiy ettirishi va ularning matematik bilim darajasini kengaytirish uchun muxim axamiyatga egadir.
Biz o’quvchilarda aytaylik to’g’ri to’rtburchakning yuzi haqida umumlashgan tasavvur shakllanishini istar ekanmiz, uning qarama karshi uchlarini birlashtirishda hosil bo’lgan figurani yuzini yoki to’g’ri to’rtburchak ichidan tanishib bo’lgan figurani qirqib olib qolgan qismini yuzini hisoblashga keladigan mashqlar tanlanishi maqsadga muvofiqdir.




Bu mashqlarni bajarishda o’quvchilar to’g’ri to’rtburchakni yuzini hisoblab, uning ayrim xossalari bilan tanishadilar, natijada uchburchakning yuzi haqida tushunchaga ega bo’ladilar. To’g’ri to’rtburchakni yuzidan kvadratni yuzini qirqib olish natijasida ular o’zlariga notanish bo’lgan figuralarni yuzlarini o’lchash mumkinligi haqida tasavvurga ega bo’ladilar. Ana shunday mashqlarni ishlab chiqish va ularni sistemaga solish, ularni o’tkazishning eng qulay metodikasini topish hozirgi kunda matematikaning boshlang’ich o’qitish metodikasining oldida turgan eng muhim vazifalardan biridir.
“To’rtburchak va beshburchak” tushunchalari bilan tanishtirish.
O’qituvchi o’quvchilarning diqqatini qizil rangda bo’lgan to’rtburchaklarga qaratadi. Lekin bu figuralar ixtiyoriy joylashgan, gruppalarga ajratilmagan hal xil uzunliklarda va har xil materiallardan yasalgan bo’lishi mumkin. Masalan, birinchi rasmdagi tasvirga o’xshash kartina doskaga osib qo’yilishi ham mumkin.





O’qituvchi hamma qizil rangdagi figuralarni to’rtburchak deb atalishini o’quvchilarga aytadi. Ko’k rangdagi figuralarni esa beshburchak ekanliginio’quvchilarga aytadi.
Shundan keyin o’quvchilar oldiga savol tashlanadi: “sizlar qanday fikrdasizlar, nima uchun qilil figuralarni to’rtburchak, ko’klarini beshburchak deymiz?”
Bu savol o’quvchilar oldiga qo’yilgan muammo bo’lib, bu ularni kuzatishga, taqqoslashga majbur qiladi va ularni mantiqan fikr yuritib, to’rtburchak va beshburchak amallarini o’zlariga ma'lum bo’lgan to’rt va beshburchak so’zlariga ajratish kabi mantiqiy operatsiyalar bajarishga olib keladi.
Xulosa qilib aytganda, maktab boshlang’ich sinflarida geometrik materialni o’rganishda hozirgi vaqtda asosan amaliy maqsadlar ko’zda tutiladi, chunki figuralarning xossalarini o’rganish, kerakli tassavurlarni barpo etish, o’quvchilarni yuzalar yoki hajmlarni hisoblashga doir amaliy masalalarni yechish uchun zarur bo’lgan amaliy o’quv va malakalar bilan qurollantirishga qaratilgan bo’lishi lozim.

XULOSA
Boshlang'ich sinf matematika darsligida geometrik materiallarni o'rgatish uchun alohida mavzu ajratilmagan. Shunga qaramasdan boshlang'ich sinf matematika dasturida geometrik material katta o'rinni oladi. Ko'pchilik hollarda bu material arifmetik materiallar bilan uzviy bog'lanadi.
Geometrik materialni o’rganish vazifalarini hisobga olgan holda o’qitishning har xil vositalaridan keng foydalanish kerak. Bular geometrik figuralarning rangli kartondan yoki qalin qog’ozdan tayyorlangan butun sinf uchun mo’ljallangan modellari, figuralari va diafilmlardan iborat. Doskadagi chizmalarni bajarish uchun sinfda chizma o’lchov asboblarining jamlamasi: chizg’ich, chizmachilik burchagi, sirkul bo’lishi zarur.
O’quvchilarni yangi matematik tushunchalarni o'zlashtirishga tayyorlashning yana bir muhim jihati shundan iboratki, o’quvchilarda aqliy operasiyalar; analiz, sintez, taqqoslash nomuhim narsalarni oddiygina chetlab o’tib, muhim umumiylikni his eta olishidir. Bunday aqliy operasiyalarni shakllantirish o’qitishning birinchi kunlaridan boshlashni nazarda tutadi.
Shu yuqorida o’rganish kerak bo’lgan, geometrik figuralar va geometriya elementlarini o’rgatishda o’qituvchi ilg’or pedagogik texnologiyadan foydalansa maqsadga muvofiq bo’lar edi.


Download 201.17 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 201.17 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Boshlang’ich sinf o’quvchilarining fazoviy tasavvurlarini shakllantirishning metod va usullari

Download 201.17 Kb.