|
chegirib qolingan vaqt ko’payadi. Misol tariqasida Finlyandiyani «AV Enbom»
|
bet | 10/12 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 0,49 Mb. | | #137848 |
Bog'liq 3-Laboratoriya mahg\'uloti (1)chegirib qolingan vaqt ko’payadi. Misol tariqasida Finlyandiyani «AV Enbom»
firmasi tayyorlagan, Laplandin sharoitida (330Sda) ishlaydigan biogaz qurilmasini
keltirish mumkin. Ba’zan issiqlik xarajatlarini kamaytirish va biogaz miqdorini
oshirish maqsadida metanogeneratsiyani ikki fazada: kislotogen va metanogen
fazalarida o’tkaziladi. Birinchi faza 30-350S, ikkinchisi esa 550S da olib boriladi.
Biogaz xosil bo’lish ko’rsatkichlari bu reaktorlarda 0,67 dan 2,55 m3G’m3
kun. teng bo’ladi.
Rossiyada tayyorlangan KOBOS-1 qurilmasi namligi 89-96 % bo’lgan suyuq
go’ngni sifatli, zararsizlantirilgan, dezodaratsiya (badbo’y xidi yo’qolgan) qilingan
o’g’itga aylantirish bilan birga chorvachilik kompleksini sanitar xolatini tuzatish va
biogaz olishga mo’ljallangan. Go’ngni mexanik yoki gidravlik yo’l bilan
chiqarishga mo’ljallangan chorvachilak komplekslari va fermalarida ishlatiladigan
texnologik liniya tarkibida ishlatiladi.
BF-500 biofiltrli cho’chqa axlatlarini oldindan ajratilgan suyuq fraktsiyasidan
birgaz olishga mo’ljallangan.
BGU-25, BGU-50 va BGU-100 biogaz qurilmalari, 100, 250 va 500 bosh
cho’chqa boqadigan fermalar uchun ularni sanitar xolatini yaxshilash va biogaz
olish uchun yaratilgan. Olingan biogaz ozuqa tayyorlash uchun issiqlik manbai
sifatida ishlatiladi.
Biogaz qurilmalarini samaradorligi tabiiy-iqlim sharoitiga bog’liq bo’lganligi
uchun xam keng miqyosda o’zgarib turadi. Samaradorlik bijishga tayyorlangan
moddalarni turiga, sifatiga, tarkibiga, xolatiga, xamda qurilmani texnologik va
texnik parametrllariga xamda ishlash tartibiga bog’liq. Taqqoslash uchun olingan
energiya tashuvchining baxosi qancha baland bo’lsa, biogaz qurilmasining
samaradorligi xam shuncha baland bo’ladi.
|
| |