|
va Shveytsariyada psixrofil sharoitida bijg’itish jarayonini olib borish ustida
|
bet | 9/12 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 0,49 Mb. | | #137848 |
Bog'liq 3-Laboratoriya mahg\'uloti (1)va Shveytsariyada psixrofil sharoitida bijg’itish jarayonini olib borish ustida
izlanishlar olib borilmoqda.
Bu esa xech qanday aralashishsiz (isitmasdan) atrof muxit xaroratida biogaz
tayyorlash imkoniyatini yaratadi (8.7-jadval).
G’arb mamlakatlari ekspertlarining fikrlaricha bu yo’nalish iqtisodiy va
istiqbolli yo’nalishlardan biridir. G’arb mamlakatlarida go’ngni bijg’itish uchun
termofil jarayonlardan (50-550S) foydalanilmaydi.
Yuqorida ko’rib o’tilgan materiallar asosida bijg’ish qanday xaroratda olib
borilgani iqtisodiy samaraliroq ekanligi xaqida ma’lumot olish qiyinroq. Xatto
Rossiyada ishlab turgan qurilmalar xam xar-xil rejimda, masalan Istra-350S da;
KOBOS-400S va BF-500-550S da (8.8-jadval) faoliyat ko’rsatadilar.
8.8-jadval
Rossiyadagi biogaz qurilmalarini texnik tavsifi.
Biogaz qurilmalar go’nga ishlov berish davri va sutkalik yuklash miqdori
bo’yicha xam bir-birlaridan farqlanadilar (5dan 30 sutkagacha ishlov berish vaqti
va 3,3 dan 20%gacha bir sutkalik yuklash miqdori). Metanteklarni solishtirma
xajmi bir shartli boshga Vengriyada 2,57m3 bo’lsa, Rossiyada (KOBOS) 0,625m3
; biogazni miqdori xam 0,5 m3G’bosh dan 2,0m3G’boshgacha.
Shuni xam ta’kidlab o’tish lozimki, metanogenez jarayni anchagina issiqlik
energiyasini talab qiladi. Xarorat qancha baland bo’lsa, qo’shimcha issiqlikka
ketadigan xarajat shuncha baland bo’ladi. Shuning uchun xam metanogenez
tezligini xarorat ta’sirida ko’tarishni salbiy tomonlari xam mavjud. Biogaz
qurilmalarini iqtisodiy samarasi muayyan region yoki xo’jalikni sharoitlari bilan
uzviy bog’liqdir.
Shimoliy mintaqalarda issiqlikni iqtisod qilish maqsadida mezofil rejimdan
foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bunday sharoitda reaktorni ishchi xajmi va
|
| |