|
Biotexnologiya laboratoriyasida ishlaydigan xodimga kuyiladigan
|
bet | 2/12 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 0,49 Mb. | | #137848 |
Bog'liq 3-Laboratoriya mahg\'uloti (1)Biotexnologiya laboratoriyasida ishlaydigan xodimga kuyiladigan talablar:
1.Sterillangan ok xalatda ishlash.
2.Bakteretsid lampa yokilgan xonaga lampa uchirilgach 2 soatdan keyin kirish.
3.Ish jarayonida fakat sterillangan idish va asboblardan foydalanish.
3.Manipulyasiya jarayonida spirt bilan ishlashda extiyot bulish.
4.Usimlik materiallarini sterillash jarayonida sterillovchi moddalar (zaxarli,
masalan, temurosal ) bilan ishlashda juda extiyot bulish.
5.YArokliylik muddati utib ketgan reaktivlardan foydalanmaslik.
6.Katta kuchlanish bilan ishlaydigan asbob-uskunalar, jixozlar bilan ishlashda
koidalarga rioya kilish.
Man etiladigan xolatlar:
1.Biotexnologiya laboratoriyasiga begonalarni kiritish.
2.Laboratoriyada ozik-ovkat maxsulotlarini saklash, ovkatlanish.
3.Kimyoviy moddalarni laboratoriyadan tashkariga chikarish, boshkalarga berish.
4.Reaktiv saklanadigan idish ogzini ochik koldirish.
5.Sterillanmagan idish, asbob-uskunalardan foydalanish.
Nazariy tushuncha.
Biomassadan energiya manbai sifatida foydalanishga qiziqish eng avvalo,
biomassani xar yili qaytadan paydo bo’lishi; biogazda yig’ilgan energiyani
saqlanishi va uzoq muddat davomida xoxlagan xolatda ishlatilishi mumkinligi; bu
energiyani boshqa turdagi energiyaga o’tkaza olish mumkinligi; ba’zi mintaqalarda
esa issiqlikni bu manbai,tabiiy issiqlik manbalaridan arzonroq turishi; biogazni
ekalogik toza issiqlik manbai bo’lganligi; undan foydalanganda atrof-muxitga
oltingugurtni zaxarli oksidlari paydo bo’lmasligi; atmosferadagi karbonat angidridi
balansi o’zgarmasligi va boshqa qator sabablar bilan uzviy bog’liqdir.
Yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, biogaz ishlab chiqarishni tannarxi biogaz
qurilmasi, muayyan firmada paydo bo’ladigan chiqindilarni qayta ishlash
texnologiyasining bir qismi sifatida qabul qilingan, bu jarayonda biogazdan
tashqari qimmatbaxo, samarador biologik o’g’it xosil bo’lishi va boshqa bir qator
ijobiy tomonlarni xisobga olinganda bu biotexnologiyaning istiqbollari namoyon
bo’ladi. Nima uchun AQShda go’ngdan biogaz tayyorlashga aloxida e’tibor beriladi?,
chunki, birinchidan energetika nuqtai-nazaridan, ikkinchidan- barcha chorvachilik
fermalarida xar yili paydo bo’ladigan chiqindilarni biogazga aylantirilishini
iqtisodiy ma’qul bo’lgan qismini yarmiga yaqini yirik chorvachilik
komplekslarida, (yirik shoxli xayvonlar, cho’chqalar va parranda boquvchi
komplekslarda) to’planishidir. Germaniyani chorvachiligida xar yili 200 mln.t. shu jumladan, 70 mln.t. suyuq xolatda go’ng to’planadi. Bu mamlakatda qishloq xo’jaligi uchun ajratilgan maydonlarni chegaralanganligi, atrof-muxit muxofazasi talablarini tobora oshib borishi, mutaxassislar oldiga, chiqindilardan samaraliroq foydalanish yo’llarini izlab topishdek muammoni ko’ndalang qo’ygan. Olim va mutaxassislarni xisobkitobiga qaraganda, yuqorida ko’rsatilgan miqdordagi go’ng biogaz qurulmalarida
qayta ishlanganda energiyaga bo’lgan umummilliy talablarni 4% ga teng bo’lgan
miqdorda energiya olish mumkin bo’lar ekan. Buyuk Britaniyada mamlakatni tabiiy gazga bo’lgan talabini 3,2% biogaz orqali qondirilar ekan. Umumiy yirik shoxli xayvonlar, cho’chqalar va parrandalar go’nggini qayta ishlanganda xar yili 2,3 mln.t. neftga ekvivalent bo’lgangaz ishlab chiqarish mumkin ekan.
Yaponiyani qishloq xo’jaligida xar yili 56,5 mln.t. go’ng oqavalari xosil bo’ladi. Bu miqdordagi go’ngni to’lig’icha qayta ishlanganda, 1,7 mlrd.m3 gaz yoki 1 mln. tonna neft o’rnini bosa oladigan energiya to’planar ekan. Bu mamlakatda chorvachilik maxsulotlari etishtirishni jadal rivojlantirish dasturi asosida faoliyat olib borilib, bu texnologiyaga aloxida e’tibor berilmoqda. Rossiyada xam biogaz ishlab chiqarish bo’yicha katta potentsial mavjud. Xar yili chorvachilik fermalarida 665 mln. t go’ng xosil bo’ladi, buni xar bir tonnasidan anaerob sharoitda bijg’itish orqali issiqlik chiqarishi 5600-6300 KkalG’m3ga teng bo’lgan 15-20 m3 biogaz ishlab chiqarish mumkin. Xindistonni energetika siyosatini asosiy printsiplaridan biri- qishloq
rayonlarida biogaz ishlab chiqarishdir. Bu soxaga oid fundamental va amaliy
izlanishlar ko’proq Xindiston texnologiya institutining biokimyoviy muxandislik
markazida olib boriladi. Bu mamlakat olimlarining fikricha xar yili to’planadigan
300 mln.t qoramol go’ngini biogazga aylantirilganda, 33 mln.t neft energiyasiga
teng bo’lgan energiya to’plash mumkin (0,11 t. neft energiyasi 1 tonna go’ngdan
olinadigan energiyaga teng). Bugungi kunda Xindistonda 1 mlndan ko’proq kichik
biogaz ishlab chiqaradigan qurulmalar (daydjestrlar) ishlab turibdi.
Bu texnologiya Xitoyda juda xam rivojlangan. Bu mamlakatda 200 mln.dan
ko’proq qurilmalar ishlaydi. Shunisi e’tiborga sazovorki, mamlakatda
daydjestrlardan foydalanishni nazorat qilish organlari tashkil etilgan. Aloxida
yashovchi xar bir oilada daydjestrlar o’rnatilgan, ayniqsa shaxar joylardan uzoq
joylarda, chorvachilik va parrandachilik fermalarida, kichik ishlab chiqarish
korxonalarida va xokazo. Biogaz tayyorlash texnologiyasi Fillipinda,
Gvatemaleda, Isroilda keng tarqalgan. Doimiy (to’xtovsiz) metanizatsiya jarayoni chorva mollari va parrandalari chiqindilaridan tashqari, organik modda saqlovchi xilma-xil chiqindilarda xam amalga oshirilsa bo’ladi. O’zbekistonda xar yili 4 mln tonnaga yaqin
g’o’zapoya,shuncha somon, 150 ming tonna sholi poyasi, million tonnalab xar-xil
boshqa chiqindilar (kanalizatsiya, ishlab-chiqarish, chorvachilik va parrandachilik
axlatlari va xokazo) to’planadi. Mana shularni biogazga aylantirilganda qanchalik iqtisodiy samara olishni xisoblab chiqish qiyin emas. Ko’plab miqdordagi mablag’ sarflab, temir quvurlar tortib, uzoq qishloqlarga gaz o’tkazgandan ko’ra, biogaz tayyorlashni yo’lgaqo’yilsa, maqsadga muvofiq bo’lar edi. Afsuski, xozircha bu biotexnologiya e’tibordan chetda qolib turibdi.
|
| |