|
3-Laboratoriya ishi Mavzu: Chiqindisiz texnologiya yaratish. Laboratoriya ishining maqsadi
|
bet | 1/12 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 0,49 Mb. | | #137848 |
Bog'liq 3-Laboratoriya mahg\'uloti (1)
3-Laboratoriya ishi
Mavzu: Chiqindisiz texnologiya yaratish.
Laboratoriya ishining maqsadi: 1.Talabalar biotexnologik laboratoriyasini
tashkil etish va unda ishlash qoidalari bilan tanishtirish.
2.Talabalarni shiqindisiz texnologiya yaratish usuli bilan tanishtirish.
Zarur jihozlar: metantenk (go’ngni anaerob bijg’ishi uchun maxsus
qurilma) sxemasi, qalam, o’chirg’ich, Go’ng sharbatini biogaz usqurmasida qayta ishlashni texnologik chizmasi aks etgan rasm.
Kutilayotgan natija: talabalar biogaz olish texnologiyasi bilan tanishish bilan
bir qatorda o’zlarining g’oyalari bilan Respublikamizda biogas olish
teznologiyasini mukamallashtirishda o’zlarinig munosib xissalarini qo’shadilar.
Biotexnologiya laboratoriyasiga kuyiladigan talablar: Biotexnologiya laboratoriyasi uchun ajratilgan xona yorug‘, keng, uning tabiiy yoritilganligi 110 lk dan kam bo‘lmasligi kerak. Laboratoriya xonasining poli kafellangan, stollarning sirti plastik materiallar bilan qoplangan bo‘lishi kerak. Xona devorlarini erdan 170 sm balandlikgacha kafel bilan qoplash yoki moy bo‘yoq bilan bo‘yash zarur. Biotexnologiya xonasidagi stollar laboratoriya tipida va u erda reaktiv hamda idishlarni qo‘yish uchun shkaf va peshtaxtalar bo‘lishi kerak. Stollar elektr va gaz tarmog‘iga ulangan manbaga ega bo‘lishi talab etiladi.
Biotexnologiya laboatoriyasi asosiy xonadan tashqari avtoklav va quritish
shkafi qo‘yiladigan xona, sterilizatsiya xonasi, boks, idish yuvadigan xona,
sovutkich va termostat qo‘yiladigan, kulturalarni saqlaydigan xonalardan iborat
bo‘lishi kerak. Boks-kulturalar ekiladigan unchalik katta bo‘lmagan xona bo‘lib, u
ikkiga ajratilgan bo‘lishi zarur. Boksdagi asosiy ishlash xonasiga kichik xona,
ya’ni tamburdan eshik orqali kiriladi. Bu holat eshik ochilganda tashqaridagi havo
orqali mikroorganizmlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirib kelishini ma’lum darajada oldini
oladi. Boks ichida bakteritsid lampa bo‘lishi kerak. Hozirgi vaqtda stolga
joylashtiriladigan turli kattalikdagi, ichida steril havosi almashib turadigan laminar
bokslar ham keng ishlatilmoqda. Biotexnologiya laboratoriyalarida o‘simlik kulturalari va mikroorganizmlar bilan ish olib boriladi. Qishloq xo‘jalik oliy o‘quv yurtlarining biologiya yo‘nalishlarida biotexnologik tadqiqotlar asosan o‘simliklar va mikroorganizmlar ustida olib boriladi, lekin mikroorganizmlar, orasida insonlarda kasallik qo‘zg‘atuvchi turlari ham bo‘lishi mumkin. SHuning uchun laboratoriyada xodim va talabalar o‘zlariga ayrim kasalliklarni yuqtirmasliklari uchun ichki tartib
qoidalariga qat’iy rioya qilishlari zarur.
|
| |