|
bosqichli, to’liq aralashadigan oqish tipida qurilgan. Ammo bunday qurilmalarni
|
bet | 7/12 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 0,49 Mb. | | #137848 |
Bog'liq 3-Laboratoriya mahg\'uloti (1)bosqichli, to’liq aralashadigan oqish tipida qurilgan. Ammo bunday qurilmalarni
salbiy tomoni shundan iboratki, bularda go’ngni to’liq bijishi amalga oshirilmaydi
(ba’zida bijimagan go’ng xam o’tib ketadi va shu sababli biogaz miqdori past
bo’ladi. Oquvchi metanteklar boshqalariga qaraganda yaxshiroq bo’lib, unda suyuq yoki yarim suyuq go’ngdan (namlik 91-96%) biogaz olinadi.
Ammo, go’ng oqovalaridan, o’ta yuqori faollikka ega bo’lganligidan,
fugablardan, va tozalash inshoatlarini qoldiqlarini anaerob sharoitda biogaz
tayyorlashda bunday qurilmalarning samaradorligi juda xam past, shu tufayli xam
ulardan foydalanilmaydi yoki juda xam kam foydalaniladi
Quruq moddasi kam bo’lgan suyuqliklardan (organik modda miqdori 2% dan
kam) biogaz tayyorlanganda anaerob sharoitda o’sib, rivojlanayotgan
bakteriyalarni biomassasini ushlab qolishga mo’ljallangan metantenklardan
foydalaniladi.
Bunday reaktorlarda suzib yuruvchi yoki bir joyga o’rnatilgan nasatkalar
bo’lib, ular biomassani qayta aylantirishga xizmat qiladilar yoki shu maqsadda bir
necha sektsiyalarga bo’lingan reaktorlar ishlatiladi. Bunday reaktorlarni bazida
biofiltrlar deb yuritiladi.
Odatda ,suyuq chiqindilarni ishlatishda ko’proq maxkamlangan yoki xosil
bo’ladigan biomassani cho’ktiruvchi biofiltrlardan foydalaniladi.
Biofiltrda go’ngni suvi sizib tepaga ko’tariladi va mikroorganizmlar
metabolitidan tashkil topgan yupqa plyonka xosil qiladi. Bu plyonka go’ng suvi
bilan kontaktga kirishganda undagi organik modalarni parchalaydi va oqibatda
biogaz xosil bo’ladi.
1967 yilda Yang va Makkarte tomonidan taklif etilgan pasdan tepaga
ko’tariladigan biofiltr biomassani yig’ib oladigan birinchi aerob reaktor
xisoblanadi. Bu inshoatda oqova suv inshoat tagidagi taqsimlovchi tizim orqali
|
| |