• Adabiyotlar
  • 3-laboratoriya mashg'uloti: 3D grafik muharrirda sahnani boshqarish. 3D grafik muharrirda mesh obyektlar bilan ishlash. 3D grafik muharrirda materiallar bilan ishlash. Reja




    Download 0,81 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet22/22
    Sana07.02.2024
    Hajmi0,81 Mb.
    #152756
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
    Bog'liq
    3-laboratoriya

    boshlash Qopqoqning oxiri(Oxirida yopiq sirt) (2.32-rasm). 
    Shakl: 2.32.360 ° ga teng aylanish sektori bilan tayyorlangan krujka (chapda),va uning 
    nusxasi 270 ° aylanish sektori bilan (o'ngda) 


     
    Zamonaviy 3D modellashtirish dasturiy paketlari tahlili 
     
    3D-modellashtirish o‘zida maxsuslashtirilgan dasturiy ta’minotdan foydalanib, 3D-modelni 
    (yoki uch o‘lchovli obyekt ko‘rinishidagi karkas model) ishlab chiqish tartibini ifodalaydi. Uch 
    o‘lchovli model chiziqlar va egri sirtlar bilan o‘zaro bog‘langan ko‘pgina nuqtalar yordamida 
    yaratiladi. Uch o‘lchovli modellashtirish qo‘llaniladigan sohalar doimo kengayib bormoqda. U 
    quyidagi: o‘yinlar, ya’ni realistik personajlarning modellashtirilishi amalga oshirilishi; tibbiyot — 
    inson tanasi organlarining alohida modellarining yaratilishi; muhandislik — transport vositalari, 
    yangi qurilma va inshootlar modeli ishlab chiqilishi; kinomatografiya — turlicha maxsus effektlar 
    va xayoliy personajlar yaratilishi kabi sohalarni qamrab olmoqda. Shuningdek, reklama sohasida 
    ham 3D-modellashtirishdan yetarlicha foydalanib kelinmoqda. 
     
    Autodesk 3D Studio Max dasturlari interfeysi 


    Bugungi kunda o‘yinlarga haddan tashqari qiziqish kuchayishi shu narsaga olib keldiki, 3D-
    dasturiy vositalarini ishlab chiquvchilar ancha takomillashgan ilovalarni yaratishga majbur 
    bo‘lmoqdalar. Uch o‘lchovli modellashtirishning yangi imkoniyatlari multfilm qahramonlarini 
    yaratishga ketadigan vaqtni sezilarli darajada kamaytirdi. Dasturiy vosita obyektga harakatni oson 
    berish va bunga minimum vaqt sarf etish imkonini beradi. Tajribali foydalanuvchi o‘zining 
    loyihasini yaratish uchun ko‘p hollarda bir qancha uch o‘lchovli modellashtirish dasturlaridan 
    foydalanadi. Yuqorida nomlari keltirilgan dasturlardan birgalikda foydalanish realistik o‘yinli 
    sahnalar yaratish va mahsulotni mukammal ko‘rinishga olib kelish imkonini beradi. Amalda 
    barcha 3D-dasturiy vositalari nisbatan bir-biriga o‘xshash interfeys va modellashtirish uchun 
    uskunalarga ega, ammo dasturlar o‘ziga xos xususiyatlari bilan, shuningdek, yoritishdagi 
    hisoblash algoritmlari, animatsiyalarni yaratish va tasvirni vizuallashtirish bo‘yicha ham 
    farqlanadi. 
     
    Autodesk Maya dasturlari interfeysi 
    3D-dasturiy vositalarining qay biri yaxshi yoki yomonligi bo‘yicha omma tomonidan qabul 
    qilingan javobning o‘zi yo‘q. Har bir foydalanuvchi ushbu savolga o‘zi uchun ma’qul bo‘lgan 3D-
    dasturiy vositani muhim deb biladi. Foydalanuvchi o‘zi ishlaydigan 3D-dasturiy vosita bilan 
    qanchalik darajada yaxshi ishlay olishi va uning ijodiy (asboblarni bilishdan tashqari badiiy 
    ko‘nikmalarni egallash, ranglar uyg‘unligi, kompozitsiyani bilish maqsadga muvofiq) 
    imkoniyatlariga juda ham bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun dizayner qanday dasturni afzal ko‘rishni 
    o‘zi hal qiladi. Uch o‘lchovli modellashtirish dasturiy vositalari imkoniyatlarini batafsil o‘rganish 
    uchun uch o‘lchovli elementlardan tarkib topgan 3D-sahna yaratish kerak bo‘ladi. 3D-dasturiy 
    vositalarning har biri o‘zining muayyan sohadagi afzalliklariga ega. Uch o‘lchovli 
    modellashtirishga mo‘ljallangan asosiy dasturlarning qisqacha tavsifi: 
    1. Autodesk 3D Studio Max — ancha keng tarqalgan, shuningdek, grafik paketni 
    o‘zlashtirish nisbatan oson. Qo‘shiladigan modul VRay real obyektlar va interyerlarni yaratish 
    imkonini 
    beradi. 


    2. Autodesk Maya — boshqa dasturlar bilan taqqoslaganda bir qator afzalliklarga ega bo‘lgan 
    jiddiy grafik paket hisoblanadi. Unga quyidagilar: subdiv primitives yordamida modellashtirish, 
    materiallar bilan qulay ishlash, modellashtirilgan obyektga turli effektlarni chizish imkoniyati, 
    animatsiyalarning rivojlangan tizimi va boshqalar tegishli bo‘ladi. Realistik interyerlar, 
    personajlar, shuningdek, kinofilmlar va kompyuter o‘yinlari sanoatida vizual effektlar yaratishda 
    keng 
    ishlatiladi. 
    3. Maxon Cinema 4D — qulay interfeysga ega bo‘lgan nemis grafik paketi. Tezkor xotiraning 
    kichik yuklanishida murakkab sahna uchun soyalarni hisoblash bo‘yicha o‘zining noyob 
    algoritmiga ega. Modul Body Paint 3D modelni bevosita ko‘rinadigan ekranga bo‘yash imkonini 
    beradi. 
    4. NewTek LightWave 3D — juda ham qulay animatsion asboblar va yuqori sifatli renderingga 
    ega bo‘lgan grafik paket. Televizion formatda uch o‘lchovli grafika yaratish uchun qulay. 
    Mukammal dasturlardan tashqari, amaliy paketlar deb ataluvchi dasturlar ham mavjud. Ular 
    tor ixtisosli funksiyalarni yaratishga yo‘naltirilgan bo‘lib, yuqorida keltirilgan muharrirlardan 
    birida mukammal sahnani yaratishga yordam beradi. Masalan, Curios Labs Poser dasturi 
    allaqachon tayyorlangan personajlar bilan ishlashga va boshqa grafik muharrirga import qilishga 
    yo‘naltirilgan. DAZ Bryce — virtual tabiiy landshaftlarni yaratishga mo‘ljallangan grafik paket. 
    Tajribali foydalanuvchi o‘zining loyihasini yaratish uchun ko‘p hollarda bir qancha uch o‘lchovli 
    modellashtirish dasturlaridan foydalanadi. Xususan, ZBrush dasturi juda qulay hisoblanadi. Ushbu 
    dastur grafik planshetlardan foydalanib, obyektlarga turli xil cho‘tkalar bilan chizish orqali ularni 
    modellashtirish imkonini beradi. Personaj modelini uch o‘lchovli modellashtirish dasturlaridan 
    birida yaratib, so‘ngra Zbrush dasturiga import qilish va ishni oxirigi yetkazish (ajinlar, burushgan 
    joylarni qo‘shish va boshqalarni amalga oshirish) mumkin. 
    Adabiyotlar: 
    1. Гайдамащук А. В. Исследование программных сред 3D-моделирования [Текст]/А. В. 
    Гайдамащук/XVII международный молодежный форум «Радиотехника и молодежь в XXI 
    вeкe». Сб. материалов форума. Т. 7. — Харьков: ХНУРЭ, 2013. 
    2. Silverman D. 3D Primer for Game Developers: An Overview of 3D Modeling in Games 
    /David Silverman. 
    http://gamedevelopment. tutsplus.com/articles/3d-primer-for-game-
    developers-an-overview-of-3d-modeling-in-games-gamedev-5704


    Download 0,81 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




    Download 0,81 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    3-laboratoriya mashg'uloti: 3D grafik muharrirda sahnani boshqarish. 3D grafik muharrirda mesh obyektlar bilan ishlash. 3D grafik muharrirda materiallar bilan ishlash. Reja

    Download 0,81 Mb.
    Pdf ko'rish