|
CL-C 3 modelidagi uch barabanli tozalagich
|
bet | 9/9 | Sana | 26.12.2023 | Hajmi | 4,42 Mb. | | #128500 |
Bog'liq 3-Ma’ruza Mavzu Tolalarni tarashga tayyorlash. RejaCL-C 3 modelidagi uch barabanli tozalagich
Mazkur tozalagichda ignali, arratishli organlar birga qo‘llanilgan bo‘lib, tozalash tizimi qisqaligi bilan ajralib turadi. Ushbu mashina kalta va o‘rta tolali paxtani tozalashda samarali ishlatilmoqda. SLYeANOMAT sistemasidagi tozalagichlarni mahsulot bilan ta’minlashda ta’minlovchi aralashtiruvchi, bunkerli qurilma, tituvchi tozalovchi va aralashtiruvchi mashinalar ishlatilishi mumkin. Tozalagichda texnologik jarayon quyidagicha amalga oshadi.
Transportyor ustiga to‘shalgan tola bo‘lakchalaridan bir tekis qalinlikka ega bo‘lgan qatlam ezuvchi valik yordamida hosil qilinadi. Zichlangan tolali qatlam ezuvchi valik va ta’minlovchi silindrlar yordamida birinchi qabul barabaniga uzatiladi. Uning sirti ignali bo‘lib, unda dastlabki tarash (tozalash) amalga oshadi. Uning sirtidan tolalar soat strelkasi bo‘yicha aylanuvchi ikkinchi tozalovchi qabul barabaniga o‘tadi. Bu barabanning sirti arra tishli garnitura bilan qoplangan. Uchinchi barabandan chiqayotgan tola bo‘lakchalari 80% gacha alohida tolalarga ajratilganligi tufayli havo oqimi yordamida osongina garnitura tishlaridan ajratib olinadi. Birinchi va uchinchi baraban ostiga, ikkinchi barabanning ustiga tozalovchi moslama o‘rnatilgan bo‘lib, u uruvchi pichoq, yo‘naltiruvchi parrak va so‘ruvchi qurilmadan iborat. Ushbu moslama titilgan va maydalangan tola bo‘lakchalaridan nuqsonlarni ajralishiga xizmat qiladi.
Aerodinamik tozalagichlar
Aerodinamik tozalagichlarning vazifasi tolani chang va kalta tolalardan tozalashdan iborat. Aerodinamik tozalagichlarning ishlash prinsipi ikki xil bo‘lib, ularning birinchisi metall parchalari va boshqa og‘ir jismlar inersiya kuchi tola inersiyasidan farqlanishiga, ikkinchisi esa perfosirtlarning ikki tomonida havo bosimining farqlanishiga asoslangan. Aerodinamik tozalagichlar bunkerli yoki quvurli ko‘rinishda bo‘lishi mumkin.
Dunyo mamlakatlarining to‘qimachilik korxonalarida Sekuromat, Seporamat, Dustex, LT, LTB va ASTA, SP-MF, SP-F kabi aerodinamik tozalagichlar paxta tolasini tozalashda samarali ishlatilmoqda.
Aerodinamik tozalagichlar bir biridan konstruksiyasi va ishlashi bilan farq qiladi. «Tryuchler» firmasining DUSTEX DX tozalagichida texnologik jarayon quyidagicha amalga oshiriladi.
|
DUSTEX DX rusumli changsizlantiruvchi mashinaning texnologik sxemasi.
1-potrubka, 2-pnevmoo‘tkazgich, 3-yunaltirgich, 4-perfosirt, 5-kamera tubi, 6-to‘rli teshik, 7-ventilyator, 8-pnevmoo‘tkazgich, 9-chang kamerasi, 10-chiqindi kamerasi, 11- potrubka.
|
Tolali bo‘lakchalar so‘ruvchi ventilyator 1 yordamida pnevmoo‘tkazgich 2 dan o‘tib, tolalarni bir me’yorda tarqatib beruvchi moslama - zaslonka 3 orqali to‘rli sirt 4 ga urilib, tezligini yo‘qotib pastga tusha boshlaydi. Bunkerning quyi qismi 5 da joylashgan to‘rli teshik 6 dan havoni so‘rib oluvchi ventilyator 7 tolalarni pnevmoo‘tkazgich 8 ga uzatadi. Ajralgan chang va kalta tolalar perfosirt 4 teshiklaridan o‘tib chang kamera 9 ga, kalta tolalar esa kamera 10 ga tushib, pnevmoo‘tkazgich 11 da haydovchi ventilyator yordamida filtr kamerasiga yuboriladi. Changsizlantirilgan tolalar tutami ventilyator 7 orqali keyingi mashinaga uzatiladi.
Mashinaning ishlashi kompyuter yordamida boshqariladi.
|
| |