• Tolali mahsulotlarni titishning zaruriyligi
  • Titish usullari
  • Titish vositalari
  • 3-Ma’ruza Mavzu: Tolalarni tarashga tayyorlash. Reja




    Download 4,42 Mb.
    bet3/9
    Sana26.12.2023
    Hajmi4,42 Mb.
    #128500
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    3-Ma’ruza Mavzu Tolalarni tarashga tayyorlash. Reja

    Titish jarayoni
    Titish jarayonining maqsadi, tolali mahsulotni tozalashga va aralashtirishga tayyorlashdan iboratdir.
    Titish jarayonining mohiyati esa, toylangan tolalarni mayda bo‘lakchalarga ajratib, ularning o‘rtacha og‘irligi va zichligini kamaytirish orqali aralashtirish va nuqsonlardan tozalash uchun qo‘lay imkoniyat yaratishdan iboratdir.


    Tolali mahsulotlarni titishning zaruriyligi
    Tolali mahsulotlarni titishning zaruriyligini qo‘yidagi sabablar bilan izohlash mumkin:
    1. Aralashma komponentlari yaxshi aralashishi uchun kerakli sharoit titish natijasida yaratiladi.
    2. Tolali mahsulotni nuqsonlardan tozalash jarayonini amalga oshirishda titish zaruriy shart bo‘lib, mahsulot kichik bo‘lakchalarga ajratilib nuqson bilan tolali massaning ilashish kuchi kamayadi va buning natijasida nuqsonlar mexaniq tarzda ajratib tashlanadi.
    3. Tolalarning to‘g‘rilanishi va chigalliklarning tarqalishida mahsulotni ketma-ket titish katta ahamiyatga ega.
    4. Tolali mahsulotni mayda bo‘lakchalarga ajratishda titish zarur tadbir hisoblanadi.


    Titish usullari
    Tolali mahsulotlarni mayda bo‘lakchalarga ajratishda qo‘yidagi titish usullari ishlatiladi:

    • chimdib titish;

    • takroriy zarbiy kuchlar ta’sirida;

    • kuchli havo oqimi ta’sirida;

    • kombinatsiyalashgan vositalar ta’siri.



    Titish vositalari
    Tolali mahsulotni titish igna sirtli, pichoqli va arrali ishchi organlarga ega bo‘lgan mashinalarda amalga oshiriladi.
    Igna sirtli mashinalarda titish dastlab qo‘lda, so‘ngra kamera ichidagi ignali panjaralar vositasida bajariladi. Avtotitgichlar esa toyning pastki yoki ustki qismidan qoziqli, pichoqli va arrali diskli ishchi organlar vositasida paxta qatlamining kerakli bo‘lakchasini ajratib olish orqali titishni amalga oshiradi. Paxta tolasining shikastlanmasligi uchun ishchi organlarning shakli, o‘lchami va tezligini to‘g‘ri tanlash katta ahamiyatga ega.

    Download 4,42 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 4,42 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    3-Ma’ruza Mavzu: Tolalarni tarashga tayyorlash. Reja

    Download 4,42 Mb.